I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə32/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

18-§. Buxoro Amirligi madaniyati

Ashtarxoniylar davridan boshlab ijtimoiy-madaniy hayotga to`siq bo`lgan diniy muttassiblik Mang`itlar davrida yanada kuchaydi va birinchi navbatda aniq tabiiy fanlar rivojiga imkon bermadi. Diniy muttassiblik bu fanlardagi kashfiyotlarni Xudoga shak keltirish deb hisoblardi, shuning uchun 3 xonlikda, jumladan Amirlikda ham aniq tabiiy fanlar rivojlanmadi. Bu darda asosan tarix, adabiyot, san`at va me`morchilik rivojlandi.


Tarixchi Muhammad Ya`qub ibn Doniyol Buxoriy (1771-1831) XIX asr 1-yarmida ijod qilib, "Gulshan ul-muluk" (Podshohlar gulshani) asarini yozgan. Bu asar 2 qismdan iborat bo`lib, 1-qismida Buxoroning qadimgi tarixi va hukmdorlari shajarasi. 2-qismida Markaziy Osiyoning XVIII-XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan. XIX asrda Mirzo Shams Buxoriyning "Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xo`qand va Qoshg`ar" (Buxoro, Qo`qon va Qashg`arning ayrim voqealari bayoni) kitobi, Mir Olim Buxoriyning “Fathnomayi sultoniy”, Muhammad Hakimxonning “Yilnomalar to`plami” asarlari muhim tarixiy manba hisoblanadi.
Adabiyot sohasida XVIII asrda ijod qilgan o`ziga xos iste`dod egasi Muhammadniyoz Nishotiy edi, u o`rtacha, ba`zan kambag`al va sargordanlikda yashagan. M.Nishotiy 1778 yil o`zbek adabiyotining katta yutug`i sanalgan majoziy shaklda ajoyib "Xusni Dil" dostonini yozgan. Doston qahramonlari: Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq g`oyat go`zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fasod, Nafs obrazlari yomon sifatlar va yovuzliklar timsoli.
Nishotiyning adabiy ijodidagi yana bir o`ziga xoslik adabiyotda munozara janri taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligidir. Nishotiy "Qushlar munozarasi" majmuasida o`sha davrga xos illatlar majoziy shaklda tanqid qilingan, mehnat ahlining kamtarligi ulug`langan. Asarda laylak, g`oz, bulbul, tovus, to`ti, xumo kabi 14 ta qush o`rtasida bo`lib o`tgan bahs tasvirlangan. Nishotiy qushlar bahsi orqali takabburlik, xudbinlik, maqtanchoqlik kabi illatlarni qoralagan.
Shoir Mujrim-Obid (1748-1818) asarlarida jamiyatdagi nomukammallik, ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, odamlar fe`lidagi illatlar tanqid qilinadi. Buxoroda yana Shavqiy, Joniy, Hiromiy, Vola, Junaydulloh Hoziq kabi iste`dodli shoirlar ham ijod qilgan. O`z she`rlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlarni kuylagan shoir Vola (1770-1842) ko`zi tug`ma ojiz, biroq kuchli iroda, aql, xotira, qobiliyat, yoqimli ovoz sohibi bo`lgan. U 2 ta devon tuzgan, 3 ming misra she`rlari etib kelgan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin