Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə35/53
tarix22.05.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#119611
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
жахон тарихи

Madaniyati


Mahalliy falastinliklar dastlab mixxat, so‘ngra Misr yozuvlaridan xo‘jalik va iqtisodiy ishlarda keng foydalanishgan. Keyinchalik yahudiy qabilalalari kirib kelgach oromiy yozuvi keng tarqala boshlandi. Yozuvlar asosan teriga yoki papirusga ham bitilgan. Qadimgi yahudiylar Xanaan o‘lkasiga kirib kelganlarida o‘z ilohlari va madaniyatini olib kirishdi. Xanaan xalqining ayrim ilohlari (Baal – momaqaldiroq ilohi, El yoki Elaxim, Ashira – xonadon o‘chog‘i ilohasi va b.) umumiy bo‘lgan. Ammo, keyinchalik monoteistik tasavvurlar asoslari paydo bo‘ladi. Mil. avv. X asrga kelib monoteizm Isroil-Yahudiy davlatida ustunlikni qo‘lga kirita boshlaydi va Yaxve ilohi asosiy xudo sifatida ko‘tariladi. Qadimgi Axdda xabar berilishicha Isroil-Yahudiya hududidagi payg‘ambarlar podsholarga maslahat berganliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ierusalim shahrida podsho Sulaymon tomonidan Yaxve uchun ibodatxona qurdiriladi. Ammo, mamlakatda ichki nizolarni oldini olish maqsadida boshqa ilohlarga sig‘inish rasman ma’n etilmagan.
Isroil-Yahudiyda hunarmandchilikning metallurgiya, zargarlik, to‘qimachilik, kulolchilik, toshga va fil suyagiga ishlov berish hamda parfyumeriya (attorlik mollari) sohalari rivojlangan edi. Esion-Geber metallurgiya, Eyn-Gedi parfyumeriya, Debir bo‘yoqchilik markazlari bo‘lgan. Isroil-Yahudiy hududlariga ellin dunyosidan sharob va zaytun yog‘i keltirilgan. Mol ayriboshlashda “shekil” deb nomlangan yagona tosh o‘lchov birligi ham mavjud edi. Bu yerdagi o‘rtacha 1 gektar maydonga ega bo‘lgan shaharlar va 2.5-4 gektar maydonga ega shaharlar bo‘lgan, ularda o‘rtacha 2-4 mingga yaqin aholi yashagan. Eng yirik shaharlardan Ierusalim va Samariya muhim ahamiyatiga ega bshlib, Ierusalimda o‘rtacha 10-20 ming kishi yashagan.

QADIMGI ERON




Qadimgi Elam davlati


Qadimgi Elam hududi tog‘li Karuna va Kerxe daryolari vodiysida yuzaga kelgan. Hozirgi Eronning janubi-g‘arbiy qismini o‘z ichiga oladi. Afsonalarga ko‘ra, mil. avv. 2700 yilda Elam davlatiga tarixda “noma’lum podsho” deb nom qoldirgan hukmdor asos solgan, deyiladi. Elam tarixini, mutaxassislar to‘rt davrga, ya’ni, protoelam davri (mil. avv. 3200-2700 yillar), qadimgi Elam davri (mil. avv. 2700-1600 yillar), yaqin Elam davri (mil. avv.1500-1100 yillar) va neoelam yoki yangi Elam davr (mil. avv.1100-539 yil)lariga bo‘lib o‘rganadilar.


Qadimgi Elam aholisi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan. Elam tilini kelib chiqishi noma’lum bo‘lib, ammo dravid yoki afraosiyo tiliga qarindoshligi hozigi kunda xorij olimlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Mesopotamiya shahar dalatlariga yaqin bo‘lganligi tufayli ularning ma’daniy ta’siri juda yuqori bo‘lgan. Mil. avv. III ming yillikka oid Shumer-Akkad manbalarida Shushen (Suza), Anshan (Anchan), Simashki, Adamdun va Paraxse (Marxashi) kabi shahar-davlatlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mil. avv. XXVI asrda Elamning Avan shahridan kelib chiqqan Mesilim Kish lugali maqomini ham olishga muvaffaq bo‘lgan. Aynan u Avan sulolasiga asos solgan. Avanliklar protoelam piktografik chiziqli yozuvdan davlat ishlarida keng foydalanganlar. Elam garchand siyosiy jihatdan kichik shahar davlatlardan iborat bo‘lsada, yagona o‘lka hisoblangan. Podsho Lixxishshan, Akkad hukmdori Sargon I qo‘shinlaridan engilib asir tushadi. Lekin Elam erlari Shumer-Akkad davlatining viloyatlaridan biriga aylanib qolmay, balki vaqtincha qaram mamlakat maqomida qoladi. Mil. avv. 2190 yili Kutik-Inshushinak (akkadcha Puzur-Inshushinak) Elamda hokimiyat tepasiga keladi. Uning otasi SHimpixishxuk podsholar naslidan bo‘lmasada, ammo ona tomondan oldingi hukmdor Xitaga qarindosh bo‘lgan. Bu sulola mil. avv. 2190 yilga qadar Elamda hukmronlik qiladi. Kutik-Inshushinak Elamni akkadliklarning xukmronligidan xalos qiladi. Chunki bu payt ko‘chmanchi guteylar Mesopotamiya
shahar-davlatlarini bosib olib, Shumer-Akkad podsholigini tugatadilar. Natijada Elam ozod mamlakatga aylanadi. Kutik-Inshushinak Anshanni bosib olib, Elamning katta qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Akkadliklar bilan ittifoqda guteylar bilan ham urush olib boradi. Suzada iloh Inshushinak uchun ibodathona bunyod etadi va kanallar qazdirib dehqonchilikni rivojlanishiga e’tibor qaratadi. Uning vafotidan so‘ng guteylar Elamni talon-taroj qiladi va Avan sulolasi barham topib Elam kichik davlatchalarga bo‘linib ketadi. Natijada, ko‘p o‘tmay Ur podshosi SHulgi tomonidan bosib olinadi. Mamlakat bir asrdan ko‘proq shumerlik amaldorlar tomonidan boshqariladi.
Ur podshosi Shu-Suen davrida Elamning Simashki shahar-davlati poshosi Girnamme (mil. avv.2030 yil) Shumerdan ma’lum erkinliklarga erishadi. III-Ur sulolasi amoriylarning doimiy hujumlaridan Shumerni mudofaa etib turgan paytda, Elam qariyib ikki yuz yillik qaramlikdan chiqa boshlaydi. Simashki (Mil. avv. 2015 yil) sulolasidan Enpiluxan davrida Elam Shumerga bo‘ysunmay qo‘yadi. Garchand Ur podshosi Ibbi-Suen Elamga yurish qilib, Enpiluxanni asir olib qaytsada, mamlakat mustaqil bo‘lib qolavergan. Podsho Xutran-tempti (mil. avv.2010-1990 yillar) davrida Elam qo‘shini Ur shahrini egallab, III-Ur sulolasining so‘nggi podshosi Ibbi-Suenni taxtdan tushiradi. Simashki sulolasidan podsho Idattu I butun Elamni birlashtiradi. Birlashgan Elam yarim asr mobaynida yuksaladi. Mil. avv.XIX asrda siyosiy inqiroz boshlanib hokimiyatga Sukkalь- max(yoki Epartidlar)lar sulolasi keladi. Elam amalda uchga bo‘lib boshqarilgan. Mil. avv. XV asr boshlariga kelib Sukkalь-maxlar sulolasi ham barham topadi. Olimlarning fikricha ko‘chmanchi kassitlar hujumi bunga sabab bo‘lgan. So‘ngra Elam Anshana va Suza sulolalari tomonidan idora qilinadi. Mil. avv. 760 yili podsho Xumban-tax-rax YAngi Elam sulolasiga asos soladi. Ushbu sulola Elamni Ossuriya podshosi Ashshurbanipal boqiniga qadar boshqardi. So‘nggi Elam podshosi sifatida Xumban Xaltash III tan olinadi. Shundan so‘ng Elam o‘z mustaqilligini butunlay yo‘qotadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin