Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
Qo’riqxonalar 
Qo’riqxonalar atrof-muhitni muhofaza qilish ishida alohida ahamiyatga ega 
bo’lib, landshaftlarni, tabiat yodgorliklarini, o’simlik va hayvonot dunyosini
tuproqlarni muhofaza qilishda, ularni ilmiy jihatdan o’rganishda, ko’paytirishda, 
o’simlik va hayvonlar naslini saqlashda alohida rol ynaydi. Qo’riqxonalarning 
tabiatni muhofaza qilishdagi vazifalarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin. 
1.
Biror o’lka va tabiat mintaqasining xarakterli landshaftlarini tabiiy holda 
saqlash uchun bunyod etiladigan qo’riqxonalar. Bunday qo’riqxonalarda har bir 
tabiiy mintaqa, balandlik mintaqasida tabiiy landshaftlar namunasi va landshaft 
elementlari, masalan, xarakterli manzara, relef shakllari, tabiat yodgorliklari, ayrim 
tur simliklari va hayvonlar saqlanib qolinadi. 
2.
Soni kamayib va turi yo’qolib borayotgan o’simlik va hayvonlarni
qo’riqlash va ularni ko’paytirish uchun tashkil etiladigan qo’riqxonalar. Hozirgi 
vaqtda xalq xo’jaligining, xususan, qishloq xo’jaligining rivojlantirilishi, ko’plab 
yangi yerlar o’zlashtirib, ishga solinishi natijasida, sanoat korxonalarining ta’siri 
oqibatida tabiiy holda tarqalgan ayrim xil o’simliklar va hayvonlar turlari toboro 
kamayib, ba’zilarining yo’qolib ketishi xavfi tug’ilmoqda. Ma’lumki, inson barcha 
madaniy o’simlik va hayvonlarning tabiatdagi yovvoyi turlarini chatishtirish yo’li 
bilan vujudga keltiradi. Agar tabiiy o’simlik va hayvonlar yo’qolib ketsa, biz yangi 
turlar yaratish imkonidan mahrum bo’lamiz yoki hozircha foydasiz va hatto zararli 
hisoblangan ayrim o’simlik va hayvonlar kelajakda juda foydali bo’lib chiqar. 
Shuning uchun yo’qolib va kamayib borayotgan har qanday turni ham saqlab 
qolish zarur. 
3.
Qo’riqxona tabiatni, uning elementlarini, tabiat bilan organizmo’rtasidagi 
aloqalarni, ekologik sharoitni asl holida o’rganish uchun tabiiy laboratoriya 
vazifasini bajaradi. Qo’riqxonalarda ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Chunki 
taraqqiyot qonunlarini, tabiiy jarayonlar xarakteri va yo’nalishlarini faqat 
qo’riqxonalardagina tabiiy holda o’rganish mumkin.
4.
Qo’riqxonalar xalq xo’jaligi nuqtai nazaridan ham g’oyat katta ahamiyatga 
ega. Qo’riqxonalarda rmon vao’tloq o’simliklarini, ov hayvonlarini, ayniqsa, 
moynali hayvonlar, suv parrandalarini, baliqlarni ko’paytirish va ular yashash 
joylarini yaxshilash borasida katta ishlar amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda 


131 
mamlakatimizdagi qo’riqxonalar noyob hayvon vao’simliklar ko’paytiriladigan 
manbaga aylanib qolgan. 
5.
Qo’riqxonalar madaniy, estetik va istirohat jihatidan ham ahamiyatlidir. 
Qo’riqxonalarda tabiatning go’zal manzaralari, tabiat yodgorliklari, estetik 
ahamiyatga ega bo’lgan o’simlik va hayvonlar namoyish qilinadi. Bu esa kishilarda 
estetik zavq uyg’otadi, tabiatni muhofaza qilish ishining zarurligini his etishga va 
kishilarni ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Bu 
vazifalarni bajarishda xalq hiyobonlari alohida o’rin tutmoq kerak. Chunki xalq 
istirohat bog’larining vazifalari qo’riqxonalar vazifalariga qaraganda ancha keng
23


Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin