Ko‘krak suti bilan muvafaqiyatli ovqatlantirishning 10 ta tamoyilari
Dasturning negizini JSST va YUNISEF ekspertlari guruhi ta`riflagan
“Ko‘krak suti bilan muvaffaqiyatli ovqatlantirishning 10 ta tamoyili” tashkil qiladi:
1) ko‘krak suti bilan ovqatlantirishning belgilangan qoidalariga amal qilish
va bu qoidalarni tibbiyot xodimlari hamda tug‘ruq yoshidagi ayollarga ma`lum
qilish;
2) ko‘krak suti bilan ovqatlantirish qoidalarini amalga oshirish uchun
tibbiyot xodimlarini ko‘nikmalarga o‘rgatish;
3) hamma homilador ayollarga ko‘krak suti bilan ovqatlantirishning
afzalliklari va usullari haqida ma`lumot berish;
4) onalarga tug‘ruqdan keyin birinchi yarim soat o‘tgach emiza boshlashda
yordam berish;
5) onalarga hatto o‘z bolalaridan vaqtincha ajratilgan taqdirda ham qanday
emizish va laktatsiyani qanday qilib saqlab qolishni o‘rgatish;
6) Yangi tug‘ilgan bolalarga tibbiy ko‘rsatmalardan tashqari holatlarda
boshqa ovqat yoki suyuqliklar bermaslik;
7) ona va Yangi tug‘ilgan chaqaloqning kecha-kunduz bitta xonada
bo‘lishlariga odatlantirish;
79
8) ko‘krak berib emizishni jadval bo‘yicha emas, chaqaloqning talabiga
ko‘ra qondirish;
9) emizib boqilayotgan chaqaloqlarga hech qanday tinchlantiruvchi vositalar
va ona ko‘kragini eslatadigan vositalarni aslo bermaslik;
10) ko‘krakdan emizishni quvvatlaydigan guruhlar tuzishni ma`qullash
hamda onalarni tug‘ruqxona va kasalxonadan chiqqanlaridan so‘ng shu guruhlarga
yuborish.
Sog‘lom oy-kuni yetib tug‘ilgan chaqaloqlarni bag‘riga olish, tug‘ilgandan
keyin dastlabki yarim soatda amalga oshirilishi kerak. erta bag‘riga olish
ovqatlantirish faoliyatini bajarmaydi. Bolaga tushadigan og‘iz sutining o‘rtacha
miqdori taxminan 2 ml. Biroq hatto shu miqdor laktogenezni rag‘batlantirishda,
davomiyligini oshirishda,
immunologik
himoyani
qaror
toptirishda va
chaqaloqlarning
kasallanishini
kamaytirishda
muhim
ahamiyatga
ega.
SHuningdek, Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni homiladan tashqari sharoitlarga tezroq
moslashtiradi, ichaklar hamda teriga bifidobakteriyalarning ertaroq o‘rnashishiga
va ichak tranzitor disbakteriozi fazasini davomiyligining kamayishiga olib keladi.
Tug‘ilgandan so‘ng 30 daqiqa ichida bolaning ona bilan erta yaqin bo‘lishi
(“badani badaniga tegishi”) onaning tez tinchlanishiga va unda stress gormonal
fonining tez yo‘qolishiga, onalik mehri uyg‘onishiga, bachadonning tug‘ruqdan
keyingi involyutsiyasiga imkon beradi, ona bilan bola o‘rtasida ruhiy aloqa
o‘rnatiladi, 4 oygacha ko‘krakdan emadigan bolalar sonini ko‘paytiradi. Ona va
bola ahvoli qoniqarli bo‘lganda echintirilgan bolani yalang‘och ona qorniga
yotqiziladi, bir oz vaqt o‘tgach Yangi tug‘ilgan bola ona bag‘riga talpinadi va
ko‘kragini ema boshlaydi. Birinchi emizish taxminan 20 minut davom qilishi
kerak. Bolani ko‘krakka kechroq olishga ko‘rsatmalar 9-jadvalda keltirilgan.
10-jadval.
Bolani ko‘krakka kechroq olishga ko‘rsatmalar
Bola tomonidan
Ona tomonidan
80
1. Apgar shkalasi bo‘yicha baho
kamida 5-6 ball
1. Tug‘ruqlarda operatsiya amaliyotlari
2. Kalla suyagi miya jarohatiga gumon
2. Tug‘ruqlarda preeklampsiya
3. Qoniqarsiz umumiy holat
3. Tug‘ruq vaqtida ko‘p qon yo‘qotish
4. O‘ta muddatiga etmay tug‘ilganlik
4. Har qanday infeksiya sharoitlari
5. Ovqatni qayt qilish
6. Rivojlanish nuqsonlari
81
11 – jadval.
Ko‘krak suti bilan emizishga qarshi ko‘rsatmalar
Bolaning kasalliklari*
Onaning kasalliklari**
Modda
almashinuvining
tug‘ma
nuqsonlari
(fenilketonuriya,
galaktozemiya, leytsinoz, alaktaziya,
gipolaktaziya, mukovistsidoz)
1. Silning ochiq va faol shakllari
2. Davolangan zaxm (agar onaga
homiladorlikning 6-7 oyidan keyin
yuqqan bo‘lsa)
3. OIV infeksiyali ayollar (onani
xoxishiga ko‘ra)
4. Xavfli o‘smalar
5. Yurak, buyraklarda dekompensatsiya
holati
6. Ayrim hollarda ruhiy kasalliklar
Eslatma: * - bunday hollarda bola sutsiz ovqatlantirishga o‘tkaziladi, soya suti yoki maxsus
aralashmalar (Berlafen va b.) ishlatiladi.
** - boshqa infeksiyalarda ma`lum sharoitlarda emizish mumkin (ayol holatiga ko‘ra)
Bolani ko‘krak suti bilan va sog‘ilgan sut bilan ovqatlantirishga qarshi
ko‘rsatmalar ona va bolaning ayrim kasalliklariga taalluqli (10-jadval).
Bola hayotining dastlabki kunlarida ovqatlanishning mezonlari: sutkasiga
3% gacha tana vaznini yo‘qotishi, emizishlar oralig‘ida bolaning o‘zini tinch
tutishi, emizishdan keyin ona ko‘kragida sut borligi. Bolaning dastlabki tana
vaznining kamayishi 10%dan oshganda uni har emizishdan oldin va keyin tarozida
qiyoslab tortiladi. Onada sut etishmaganda Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa 4 kungacha
qo‘shimcha ovqat tayinlanmaslik lozim. CHunki qo‘shimcha ovqatni erta kiritish
emish faolligini va shunga muvofiq laktatsiya hajmini kamaytiradi.
Bolani ovqatlantirishda ona tomonidan bo‘ladigan (so‘rg‘ichlarning shilinish
va yoriqlari, mastit, galaktoreya, qattiq ko‘krak, ayolning kasalliklari,
gipogalaktiya), shuningdek bola tomonidan bo‘ladigan qiyinchiliklar (til oqarish,
82
lab va qattiq tanglay nuqsonlari, prognatizm va P’er Roben sindromi, tumov,
tilning qisqa yuganchasi, odatiy bo‘lib qayt qilish, qabziyatlar va b.) pediatrga
ko‘pincha qator muammolarni keltirib chiqaradi. Ularning oldini olish va
davolashga doir boshqa qo‘llanmalarda ma`lumotlar ko‘pligi tufayli to‘xtalib
o‘tmaymiz.
83
12 – jadval .
Hayotining birinchi yilini yashab kelayotgan bolalar uchun ovqat
moddalari va energiya sarfining sutkalik me`yorlari
Ovqat ingredientlari
0-2 oy
3-5 oy
6-11 oylik
Energetik ta`minot (kkal/kg)
115
115
110
Oqsil (jami), g/kg*
2,2
2,6
2,9
Hayvonot oqsili, g/kg
2,2
2,5
2,3
YOg‘ (jami), g/kg
6,5
6,0
5,5
Linolen kislota, g/kg
0,7
0,7
0,7
Uglevodlar (jami) , g/kg
13,0
13,0
13,0
Kal’tsiy, mg
400
500
600
Fosfor, mg
300
400
500
Magniy, mg
55
60
70
Temir, mg**
4
7
10
Rux, mg
3
3
4
Yod, mkg
40
40
50
Vitamin S,mg
30
35
40
Vitamin A, mg ret ekv., mkg
400
400
400
Vitamin E, tokoferal ekv., mg
3
3
4
Vitamin D, mkg
10
10
10
Vitamin V
1
, mg
0,3
0,4
0,5
Vitamin V
2
, mg
0,4
0,5
0,6
Vitamin V
6
,mg
0,4
0,5
0,6
Vitamin RR, niatsin ekv.,mg
5
6
7
Folatsin, mkg
40
40
60
Vitamin V
12
, mkg 03
0,3
0,4
0,5
Eslatma:
84
* - FAO (JSST 1987) ekspert guruhi tavsiyasi bo‘yicha ovqatlantirishning barcha shakllarida
oqsilga kunlik ehtiyoj 3 oylikkacha bo‘lgan bolalar uchun 2,0-2,3 g/kg, 4-6 oy – 1,49 g/kg, 7-9
oy-1,25 g/kg, 10-12 oy – 1,15 g/kg.
** - ozuqa temir moddasining 10% singishi hisobga olinganda.
Og‘irligi kam va yirik bolalarni ovqatlantirish muammosiga e`tibor
qaratamiz holos. So‘nggi yillarda ona sutining metabolik qiymatiga doir
tekshirishlar tufayli ovqatning zarur va etarli miqdorlarini hisoblashni uslubiy
yondoshishlari o‘zgartirilgan. (11-jadval).
YUqorida keltirilgan ovqat normativlari qat`iy emas va albatta rioya qilishni
talab etmaydi. Ayrim bolalarning har xil ovqat ingredientlariga o‘ziga xos
ehtiyojlari biokimyoviy o‘ziga xoslikni belgilaydigan genotipik xususiyatlarga
ko‘ra katta miqyosda o‘zgarib turadi.
Yirik bolalarni ovqatlantirish to‘g‘risidagi masalaga qaytib aytish lozimki,
statistika bo‘yicha taxminan 5% bolalar tug‘ilganda vazni 4200g, 0,5% esa 5000g
dan ko‘p bo‘ladi. Bu bolalarga ko‘krak suti etadimi? Sut miqdori etarlicha
bo‘lganda va ona ratsional ovqatlanishda ona suti hayotining birinchi oyi
mobaynida yirik sog‘lom bolaning hamma asosiy ehtiyojlarini qondiradi.
Bolaning ovqati ovqat ingredientlariga maksimal emas, balki optimal
qoplashga asoslanishi kerak. Hayotining birinchi yilida tana og‘irligi ortiqcha
qo‘shiladigan bolalar, og‘irligi me`yoriy bo‘lgan bolalarga nisbatan 1,5 marta
ko‘proq kasallanadilar. CHunonchi, ular O‘RVI (1,5 marta), pnevmoniya (2
marta), hazm qilishning o‘tkir buzilishlari (2 marta ko‘p) bilan kasallanadilar.
Bundan tashqari, hayotning birinchi haftalari va oylarida kaloriyasi bo‘yicha
ortiqcha ovqatlanishda yog‘ to‘qimasida adipotsitlar miqdori 4-5 martaga
ko‘payishi mumkin, bu-keyinchalik yog‘ bosish rivojlanishiga asos bo‘lib qoladi.
Ilk go‘daklik yoshida bolalarga oqsillar ko‘p berilganda ko‘pgina allergik diatez
ko‘rinishlari, buyraklar interstitsiysi zararlanishi, ruhiy rivojlanishdan orqada
qolish kuzatiladi.
Gestatsion yoshi 32 haftadan kam bolalarni nazogastral zond orqali sog‘ib
olingan sut bilan ovqatlantirish zarur, sog‘ishni tug‘ruqdan keyin dastlabki 6
85
soatda boshlash kerak. 32-34 haftalik gestatsiya yoshidagi bolalarni zond orqali
ham, shishachadan ham boqiladi. Ko‘krak sutini bevosita bola og‘ziga sog‘ish ham
mumkin. Gestatsiyaning 34 haftasidan katta bolalar ko‘krak emishlari mumkin.
Zond orqali yoki piyolachadan (chashkacha) qo‘shimcha ovqatlantirish mumkin.
Shunday qilib, hozirgi bosqichda ilk go‘daklik yoshidagi bolalar ovqati
to‘g‘risidagi nazariyaning asosiy yo‘nalishi tabiiy ovqatlantirish afzalliklariga doir
bilimlarning tarqatilishi, uni saqlab qolish yo‘llarini izlash hisoblanadi.
1.6. Yangi tug‘ilgan bolalarning chegaraviy holatlari.
Erta neonatal davrda moslashish reaksiyalarining kuchayish fazalariga quyidagilar
kiradi:
1.
O‘tkir respirator-gemodinamik moslashish (hayotining dastlabki 30 daqiqasi
davomida kuzatiladi).
2.
Autostabilizatsiya davri –asosiy funksional tizimlarni tashqi muhitga moslashib,
o‘zaro faolyatini bajarishi (1-6 soat davomida).
3.
Metabolik moslashish – hayotining dastlabki 3-4 kuni mobaynida moddalar
almashinuvining anabolik turiga o‘tishi, ovqatlanishning laktotrof turiga o‘tishi
munosabati bilan kuzatiladi
Tug‘ruqda bola to‘lg‘oq vaqtida ortib borayotgan gipoksiyani, ona qornidan
uning tug‘ruq yo‘llari orqali chiqishda katta jismoniy yuklamalarni (“og‘riq
hujumi”) boshidan kechiradi (masalan,boshi bilan kelganda to‘lg‘oq vaqtida
umurtqa pog‘onasi ko‘ndalangiga bosim hisob bo‘yicha 1sm ga 120kg va bundan
yuqoriga chiqadi) va to‘lg‘oq vaqtida uning holatini sho‘ng‘uvchining suvga
sakragandagi holati bilan taqqoslaydilar. Tug‘ilgandan keyin bolaning hayot
sharoitlari tubdan o‘zgaradi, u birdaniga harorati ancha past atrof muhitga
(bachadon ichidagi muhit bilan solishtirganda) tushib qoladi;
Gravitatsiya ko‘p sonli taktil, eshituv, ko‘ruv, vestibulyar va boshqa
ta`sirlovchilar paydo bo‘ladi, boshqa nafas turi va ozuqa moddalarni olish usuli
zarur bo‘ladi, bu organizmning deyarli barcha faoliyat tizimlari tabiiy ishini qayta
qurishni talab qiladi.
86
Yuqorida aytilganidek, bolaning tug‘ruq stressiga, Yangi yashash
sharoitlariga moslashishini (adaptatsiya) aks ettiradigan reaksiyalar Yangi
tug‘ilgan chaqaloqlarning chegaraviy (o‘tish, tranzitor, neonatal fiziologik)
holatlari deb ataladi. Bu holatlar, Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning anatomik-
fiziologik xususiyatlaridan farqli ravishda, tug‘ruq vaqtida yoki tug‘ilgandan so‘ng
paydo bo‘ladi. (rivojlanadi), so‘ngra o‘tib ketadi (yo‘qoladi). CHegaraviy holatlar,
deb aytilishining boisi ularning hayotining ikkita davri (ona qornidagi va ona
qornidan tashqaridagi) chegarasida paydo bo‘lishidan qat`iy nazar, odatda ular
Yangi tug‘ilgan bolalar uchun tabiiy bo‘lagini muayyan sharoitlarda (ayniqsa
tug‘ilishda gestatsion yoshga bog‘liq holda va homiladagi hayot davri va tug‘ruq
aktining kechish xususiyatlariga, tug‘ilgandan keyin tashqi muhit sharoitlari,
parvarish, emizish, bolada kasalliklar borligi) patologik belgilarni yuzaga
chiqarishi mumkin. CHunonchi, oy-kuni yetib tug‘ilgan chaqaloqlar uchun 170-
205 mkmol’/l fiziologik giperbilirubinemiya hisoblanib, tana vazni juda kichik va
nafas buzilish sindromi (NBS) bo‘lgan bolalarda esa bu ko‘rsatkich bilirubin
ensefalopatiyasini chaqirishi mumkin. 12 – jadvalda tug‘ruqda va darhol
tug‘ilishdan keyin organizmning asosiy faoliyat tizimlaridagi tabiiy qayta
qurishlar, neonatal davrda ularning moslashuv (chegara holatlari) va patologik
jarayonlari sanab o‘tilgan. Hamma chegaraviy holatlar har bir bolada
rivojlanavermasligini qayd etib o‘tmoq darkor.
Tug‘ruq katarsisi (grekchadan “tozalanish” degan ma`noni anglatadi). Yangi
tug‘ilgan chaqaloq hayotining birinchi soniyalarida harakatsiz. Nur, tovush va
og‘riq kabi ta`sirotlarga nisbatan javob reaksiyasi yo‘q. Mushak tonusi va
reflekslari sust. Keyingi 5-10 soniya davomida bola dastlabki chuqur nafasini
oladi, bolada fleksor holati va spontan mushak harakatlari paydo bo‘ladi.
“Hoziroq tug‘ilgan bola” sindromi. Bu sindrom asosida tug‘ruq vaqtida
bolaning
buyrak
usti
bezlari
va
paraganliyalarida
ko‘p
miqdorda
katexolaminlarning ajralishi yotadi, bu esa o‘z navbatida tug‘ruq vaqtida ichki va
87
tashqi qo‘zg‘atuvchilarning ta`siri natijasida yuzaga keladi. Bu holatlar bolani
chuqur nafas olishiga, qichqirishiga, reflekslarning ko‘zg‘alishiga, fleksor
pozasining paydo bo‘lishiga va mushak tonuslarining oshishiga olib keladi.
Hayotining keyingi 5-10 daqiqasi davomida bolada o‘ta faollik kuzatiladi.
Tranzitor giperventilyatsiya. Bola tug‘ilgandan so‘ng qichqirib yiglashi
uning dastlabki nafasidir. Nafas olish tezligi bir daqiqada 30-60 marta. Nafas olish
hajmi esa 6-8 ml/kgni tashkil etadi. Sog‘lom chaqaloqlarda dastlabki 3 soat
davomida gasp (bolada nafas olish chuqur, nafas chikarish esa biroz kiyinlashgan)
shaklida nafas olish kuzatiladi, bu o‘pkaning ochilishiga va al’veola ichidagi fetal
suyuqlikning evakuatsiyasiga yordam beradi. Moslashishi davrining dastlabki 2-3-
kunlarida o‘pkaning bir daqikadagi havo almashinuvi katta yoshdagi bolalarga
nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pdir. Mana shu holat kompensator xususiyatga ega
bulib, asidozning oldini oladi va fiziologik giperventilyatsiya, deb ataladi.
Qon aylanishidagi tranzitor o‘zgarishlar. Homilaning qon aylanishi Yangi
tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan 3 ta asosiy xususiyat bilan ajralib turadi:
1.
Platsentar qon aylanish doirasi borligi bilan.
2.
Anatomik shuntlarning ochiqligi bilan (oval teshik, botallov tarmoqchasi,
arantsiev tarmoqchasi).
3.
o‘pka orqali o‘tadigan qon miqdori minimal (yurak qisqarishi xajmining 6-
9%ning tashkil etadi).
Qon aylanishidagi tranzitor o‘zgarishlar quyidagilardan iborat: bola tug‘ilgach,
o‘pkaga
dastlabki qon kelishining miqdori 5 barobar ko‘payadi. Sistolik bosim o‘pka
arteriyasida bola tug‘ilganiga qadar aortadagi bosimga nisbatan yuqori bo‘ladi,
tug‘ilgandan so‘nggi dastlabki soatdayoq bu bosimlar tenglashadi va 2 soat utgach,
o‘pka arteriyasidagi bosim asta-sekin kamayib, 4-6 haftalarda katta kishilarnikiga
tenglashadi.
Aorta yoyi bilan o‘pka arteriyasini bog‘lab turuvchi tomir (Botallov
tarmoqchasi) faoliyati bola tug‘ilgandan keyin 15-20 daqiqa mobaynida yopila
88
boshlaydi, 24-48 soatda ham tugamaydi. Uning anatomik jihatdan yopilishi bola
hayotining 2 -8- haftasigacha yuz beradi.
Yurak bulmachalari orasidagi teshik (oval teshik) bola tug‘ilgandan so‘ng
o‘z faoliyatini tugallaydi, lekin uning ham anatomik jihatdan yopilishi bir necha
oygacha cho‘zilishi mumkin.
Tana vaznining o‘tkinchi (tranzitor) kamayishi. Tana vaznining tranzitor
kamayishi bola hayotining 3-4 kunlarida sodir bo‘lib, u 8%dan 10%gacha bo‘ladi.
Odatda vaznining bunday kamayishi 6%-dan oshmaydi. Muddatiga yetmay
tug‘ilgan bolalarda tana vaznining fiziologik kamayishi 12-14%ni tashkil etadi.
Tana vaznining fiziologik kamayishi asosan organizmdan nafas va teri orqali
suyuqlik yuqotilishi natijasida yuz beradi. Tana vaznining fiziologik kamayishi 3
darajaga ajratiladi:
I
daraja - tana vaznining 6%dan kam miqdorda kamayishida suvsizlanish
(eksikoz)ning belgilari kuzatilmaydi, lekin bolaning ochko‘zlik bilan emishini
sezish mumkin, bundan tashqari tashxisiy ko‘rsatmalardan qon zardobi tarkibida
natriy va eritrotsitlarda kaliy mikdorining ko‘payganligini aniqlash mumkin.
II
daraja - tana vazni 6-10%gacha kamayishi bilan kechadi. Tana vazni
tranzitor kamayishining II darajasida suvsizlanish belgilari: shilliq pardalarning
qizarishi, teri burmalar qayta tiklanishining buzilishi, bolaning bir xil tovush bilan
yig‘lashi, yurak urishi va nafas olishining tezlashishi kabi belgilar paydo bo‘ladi.
Laborator ko‘rsatmalardan yukorida qayd etilgan belgilardan tashqari (tana vazni
fiziologik kamayishining I darajasida) hujayra gipogidratatsiyasi belgilarining
kuchayishi va hujayra tashqarisidagi suv miqdorining kamayish belgilari
(gematokrit ko‘rsatkichning oshishi, qon zardobi tarkibidagi umumiy oqsil
miqdorining ko‘payishi va oliguriya) kuzatiladi.
III
daraja - tana vazni 10%dan ziyodga kamayishi bilan kechib, bunda
chanqash
alomatlari:
teri
va
shillik
pardalarning
quruqligi,
katta
liqildokning cho‘kishi, bezovtalanish, kuchli taxikardiya, qul va oyoqlarning
sovuq, bolganligi xosdir.
89
Yangi tug‘ilgan chakaloqni erta ko‘krakka qo‘yish onada laktatsiya jarayonini
yaxshilaydi. Natijada bola etarli miqdorda sut emadi, bu esa tana vaznini tez tiklab
olishga yordam beradi. Bunda bolani erkin (talabiga qarab) ovkatlantirish muhim
ahamiyatga ega.
Yuqotilgan tana vaznining qayta tiklanishi oy-kuni yetib tug‘ilgan
chaqaloqlarda hayotining 7-10, muddatiga yetmay tug‘ilgan bolalarda esa 15-20-
kunlariga to‘g‘ri keladi.
CHaqaloqlar fiziologik sariqligi. CHaqaloqlar fiziologik sariqligining sababi
qonda bevosita bilirubin miqdorining oshib ketishi barcha chaqaloqlarda
hayotining dastlabki 2-3- kunlarida ko‘zatilib, 60-70% hollarda u ko‘zga yaqqol
tashlanadigan sariqlikka olib keladi. Bunda teri va shilliq pardalarning sargayishi
bola
hayotining
2 - 3
kunlarida
yuzaga
kelib,
bog‘lanmagan
(kon`yugatsiyalanmagan) bilirubinning miqdori muddatida tug‘ilgan bolalarda 51-
60 mkmol’/l, muddatiga yetmay tug‘ilgan bolalarda esa 85-103 mkmol’/l-gacha
ko‘payadi. Bilirubinning qondagi maksimal miqdori 130-170 mkmol’/lni tashkil
etadi.
Tranzitor sariqlik muddatiga yetmay tug‘ilgan bolalarda nisbatan ko‘p
uchraydi va ancha yuqori giperbilirubinemiya bilan kechadi. Ammo muddatiga
yetmay tug‘ilgan bolalarda bilirubinning uncha katta bo‘lmagan miqdori ham bosh
miyaning zararlanish xavfini tug‘dirishi mumkin.
Fiziologik sariqlikka olib keluvchi omillardan biri fetal gemoglobin (HbF)
tutuvchi qizil qon tanachalarining jadal parchalanish jarayonida hosil bo‘ladigan
bilirubin almashinuvining etishmovchiligidir. Odatda jigarda erkin bilirubin
glyukuroniltransferaza fermenti vositasida glyukuron kislotasi bilan bog‘lanadi va
suvda eruvchan shaklga o‘tadi, so‘ngra organizmdan siydik bilan chiqarib
yuboriladi. CHaqaloq bolaning jigarida vaqtincha glyukuroniltransferaza fermenti
faoliyatining etishmovchiligi shu jarayonni etarli ta`minlashga qodir emas. Bundan
tashqari ularda ichakda β-glyukuronidaza fermenti ta`sirida bog‘langan
bilirubindan glyukuron kislotaning ajralishi natijasida hosil bo‘ladigan erkin
90
bilirubinning ko‘p mikdorda qonga so‘rilishi ham fiziologik sariqlikni
kuchaytiradi.
Fiziologik sariqlik maxsus davolash muolajalarini talab qilmaydi, emizish
sonini ko‘paytirish tavsiya etiladi. Bolaning umumiy ahvoli va bilirubinning
qondagi mikdori oshib borishini nazorat qilish lozim.
Jinsiy krizlar. Jinsiy krizlar 65-70% chaqaloqlarda kuzatilib, quyidagi holatlar
shaklida kechadi.
1. Fiziologik
mastopatiya
-
sut
bezlarining
kattalashishi
tug‘ilgandan so‘nggi 3-4- kunlarda paydo bo‘lib, bola hayotining 7-8- kunlarida
eng katta hajmga etadi, so‘ngra asta-sekin kichiklashib, neonatal davrning
oxiriga kelib, asli holiga qaytadi. Ko‘pchilik hollarda bunday kattalashgan
bezni
bosib
ko‘rilganda,
sutga
o‘xshash suyuqlik chiqadi. Davolash
muolajalari talab etilmaydi.
2.
Qiz chaqaloqlar hayotining 5-7 kunlarida ba`zan (5-10% hollarda) 1-2 kun
davomida kam-kamdan (0,5-1,0 ml) tashki tanosil a`zolaridan qon ajralishi
kuzatiladi. Bu hol hech qanday davoni talab qilmaydi.
3.
Toshma (miliya) teri yuzasidan ozgina ko‘tarilib turadi va asosan burun
parragi, peshona va engakda, ayrim hollarda esa butun badan terisida joylashgan
bo‘ladi. Davo talab etmaydi.
Jinsiy krizlarning sababi tug‘ruqdan oldin va tug‘ruk paytida bola
organizmidagi utgan ona estrogen gormonlarining miqdori o‘zgarishi natijasidir.
Dostları ilə paylaş: |