Homila va chaqaloq organizmidagi fiziologik o‘zgarishlar
Kislorod homila uchun hayotiy muhim hisoblanib, u yo‘ldosh qobiqlari
orqali ona qonidan homila qoniga diffuziya yo‘li bilan o‘tadi.
Homilaning o‘pka al’veolalari homila oldi suvi bilan to‘lgan. O‘pka arteriolalari
toraygan, o‘pkada qon aylanish pasaygan va qonnning ozroq qismigina o‘pka
orqali o‘tadi. Homilada gaz almashinuvi va ona qornida kislota-ishqor almashinuvi
yo‘ldoshga bog‘liq. Qon arterial yul orqali aortaga o‘tib ketadi (1 rasm)
2 – rasm. Homila qon aylanishi.
Tug‘ruqdan so‘ng qon aylanishi va o‘pkaning holati. Tug‘ilgandan so‘ng
chaqaloq boshqa yo‘ldosh bilan bog‘lanmagan va uning o‘pkasi kislorodning
102
asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. O‘pkadagi homila oldi suvlarining 20%i tabiiy
tug‘ruq vaqtida nafas yo‘llari orqali tashqariga chiqib ketadi, 80%i esa o‘pka
to‘qimasi orqali qon tomirlar va limfa tomirlariga so‘riladi, o‘pka havoga to‘ladi va
undagi kislorodining kontsentratsiyasi 21%ni tashkil etadi.Kindik arteriyalari va
venasi yopiladi, tizimli bosim oshadi, o‘pka arteriolalari kengayadi va arterial yo‘l
yopiladi (2-rasm). O‘pkada qon aylanish ko‘payadi va shunga ko‘ra qonda
kislorodning miqdori ortadi. O‘pkada kislorodga to‘yingan qon avval yurakka
so‘ngra to‘qimalarga tarqaladi.
3 – rasm. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda qon aylanishi
Moslashuv vaqtida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar:
O‘pka ventilyatsiyasining etarlicha bo‘lmasligi o‘pka arteriolalarining
muqim torayishiga olib keladi va bu o‘z navbatida arterial qonni kislorod bilan
to‘yinishiga qarshilik qiladi.
Bola
a`zolarining
oksigenatsiyasi
va
adekvat
qon
aylanish
etishmovchiligining o‘zoq vaqt cho‘zilishi bosh miya va boshqa a`zolarning
zararlanishiga yoki o‘limga olib keladi.
103
Rasm -4. Tug‘ruq vaqtida o‘pka tomirlarining kengayishi
Homila\chaqaloqqga kislorod birlamchi tushmaganda, birlamchi apnoe kelib
chiqadi – bu yurak qisqarishlari chastotasining pasayishi bilan kechadigan
dastlabki nafas to‘htashi bo‘lib, bunda taktil stimulyatsiya orqali yordam berish
mumkin.
Kislorod etishmovchiligining uzoq vaqt cho‘zilishi natijasida ikkinchi marta
nafas to‘xtashi kelib chiqadi – bu ikkilamchi apnoe. Ikkilamchi apnoe qon bosimi
va yurak urishlari chastotasining davomli pasayishi bilan kuzatiladi, bu holatda
faqat yordamchi ventilyatsiya yordam beradi, taktil stimulyatsiya esa yordam
bermaydi.
Taktil stimulyatsiyaga javoban nafasning tiklanishi apnoening harakteri va
homiladagi (chaqaloqdagi) o‘zgarishlarni davomliligini baholashga yordam beradi.
Bu bolalarning ko‘pchiligida ventilyatsiya fonida mustaqil nafas va yurak
urishlarining chastotasi tez tiklanadi.
Patogenezi. O‘tkir asfiksiya patogenezining etakchi halqalari quyidagilar:
1. Gipoksemiya-oksidlanib ulgurmagan mahsulotlar yig‘ilishiga va
metabolik asidozga olib keladi, shuningdek “nafas” harakatlarining kuchayishi,
104
taxikardiya, suyak ko‘migidan eritrotsitlarning qo‘shimcha miqdori chiqarilishi
ko‘rinishidagi moslashish mexanizmlarini o‘z ichiga oladi. Moslashuv
jarayonlarining ro‘yobga chiqishi simpatiko-adrenal tizimning faollashuvi, buyrak
usti bezlari po‘stlog‘i gormonlari va tsitokinlar bilan ta`minlanadi. RO
2
ning simob
ustuni hisobida 40 mm dan pastga tushishi qon aylanishining markazlashuviga olib
keladigan “ishemik refleks”, ya`ni teri, o‘pka, buyraklar, jigar, hayotiy muhim
a`zolari: diafragma, miya, buyrak usti bezlari funktsiyasini ta`minlash uchun MIY
ishemiyasiga olib keladi.
2. O‘pkaning fetal holatini saqlashi, kichiq doira tomirlarining yuqori
qarshiligi qon shuntlanishiga (o‘ngdan chapga), nafas etishmovchiligi va
yurakning o‘ng bo‘limi bosimdan, chap bo‘limi esa hajmdan taranaglashadi, ya`ni
yurak etishmovchiligi rivojlanishiga, nafas va tsirqulyator gipoksiya kuchayishiga
sabab bo‘ladi.
3. Tizimli gemodinamik o‘zgarishlari gipovolemik shok 1 – fazasi
klinikasiga muvofiq keladi. Qon aylanishi markazlashuvining salbiy oqibati:
oksidlanib ulgurmagan mahsulotlar SO
2
yig‘ilishi, ishemiyalangan to‘qimalarda
asidoz hosil bo‘ladi, bu esa: tizimli gemodinamik, mikrotsirkulyatsiya,
gemoreologiya, suv elektrolit muvozanati, almashinuv jarayonlari uchun bir qator
noxush oqibatlarga olib keladi. Laktat yig‘ilishi bilan moslashgan anaerob
glikolizning faollashuvi asidozni kuchaytiradi.
4. Gipoksiya va aralash asidozning bundan keyingi avj olishi prekapillyar
sfinkterlarning ochilishiga, arterial bosim (AB) tushib ketib, qon aylanishi
markazlanishiga, ya`ni hayotiy muhim a`zolarda to‘qima perfuziyasini
pasaytiradigan gemodinamik kollapsga sabab bo‘ladi.
5. Asfiksiyada buzilishlarning muhim patogenetik halqalaridan biri
giperkatexolaminemiya, asidoz va endoteliy shikastlanishi fonida plazmali
proteazalar faollashuvi, ya`ni trombin, fibrinolitik, kinin va komplement tizimining
faollashuvi hisoblanadi, bu proteoliz mahsulotlaridan endotoksikozga va asidoz
bilan birga hujayralar membranalari, mitoxondriyalar, lizosoma, ribosoma,
gematoentsefalik to‘siqlikning shikastlanishiga, tomir o‘tkazuvchanligi oshishiga,
105
tomirlar tonusi tushib ketishiga, hujayralar destruktsiyasiga (shu jumladan
eritrotsitlarning ham), interstitsial bo‘shliq shishiga, sladj-fenomeniga, tomir ichida
ivish ishga tushishiga, tromboz, mikrotsirkulyatsiya blokadasiga, distrofik
jarayonlarga olib keladi.
6. Asfiksiya og‘ir kechganda MNS buzilishlari, nafas etishmovchiligi (NE),
yurak etishmovchiligi (YE), o‘tkir buyrak etishmovchiligi (O‘BE), jigar
shikastlanishi, buyrak usti bezi etishmovchiligi ko‘rinishidagi ko‘p a`zoli
etishmovchilik fonida trombogemorragik buzilishlar, DVS sindromi hayot uchun
eng xavfli asorat hisoblanadi.
Surunkali antenatal gipoksiyali bolada paydo bo‘lgan asfiksiya patogenezi
o‘tkir asfiksiyadan jiddiy farq qiladi, chunki antenatal pnevmopatiya,
ensefalopatiya, angiopatiya, jigar ferment tizimlarining yetilmaganligi, buyrak usti
bezlari va qalqonsimon bezning kam miqdordagi zahiralari, shuningdek patologik
asidoz va ikkilamchi immun tanqislik holati (ITH) asosida rivojlanadi.
Bunday gipoksiyaning asosiy metabolik komponenti bola tug‘ilgan paytdan
gipoksemiya, giperkapniya va metabolik asidoz birga kelishi hisoblanadi. Bu holda
perinatal gipoksiya va tug‘ruq stressi moslashuv zahiralarining kamayishi yoki
hatto tugashi sharoitlarida yuz berishini hisobga olish kerak. Antenatal
ensefalopatiya tashqi nafas qaror topishi buzilishi bilan MNS faoliyati pasayishi
sindromi ko‘rinishida yuzaga chiqadi. Miya qon oqimi intensivligi (intranatal
paydo bo‘lgan asfiksiyadan farqli ravishda) tizimli bosim va qonning kislota – asos
holati (KAH) bilan to‘liq aniqlanadi, chunki autoregulyator mexanizmlar buzilgan,
arterial gipotenziya asosida miya perfuziyasini keskin pasaytiradi. Gipoksik-
ishemik entsefolopatiya, miya ichiga qon quyilishlar va talvasa sindromi paydo
bo‘lishiga imkon beradi.
Patologik asidoz membranalarning erta shikastlanishiga sababchi bo‘lib,
gemodinamika, gemoreologiya va transkapillyar almashinuv uchun noxush
oqibatlar keltirib chiqaradi. Aspiratsiya, atelektazlar, surfaktant emirilishi,
shuntlash (o‘ngdan-chapga) NE mexanizmini, shuningdek o‘ng qorincha YUE ni
belgilaydi. AB tushib ketishi, simpatiko-adrenal etishmvovchilik asosida
106
gipovolemiya bilan bog‘liq kollaps koronar qon oqimini ham pasaytirib,
miokardning ishemik nekrozlarini keltirib chiqaradi. Qon yopishqoqligining
oshishi, hujayralar agregat holatining buzilishi (sladj) mikrotsirkulyatsiyani battar
yomonlashtiradi. Koagulyatsion parametrlarning katta o‘lchamda o‘zgarishlari va
trombotsitlar gipoagregatsiyasining fazoviy buzilishlari trombogemorragik
buzilishlar rivojlanishining yuqori xavfini keltirib chiqaradi.
Antenatal iztirobning og‘irligi, adaptatsion mexanizmlarning holati, NE,
O‘BE, YUE darajasi, miya shishi, jigar, MIY shikastlanishi va yiringli septik
asoratlar qo‘shilib kelgan gipoksiyaning kechishini va uning oqibatlarini
belgilaydi. Surunkali homila gipoksiyasi asosida rivojlangan asfiksiya va o‘tkir
intranatal asfikatsiya patogenezi sxema tarzida berilgan.
РаO
2
,
PaCO
2
,
pH
PATOFIZIOLOGIK O’ZGARISHLAR
YURAK
MIYA
МETOBOLIK
BARCHA A`ZOLARNING JAROHATLANISHI
ERTA
КЕ
CHKI
YQS,
QB
JKTda va
buyrakda qon
Miyada qon
tomirlar
kengayadi
YQS
QB
SHOK
glikoliz
Reoksigenasiya\|reperfuziya
natijasida zararlanish
Miyada qon aylanishining
kamayishi - ishimiya
glikogen,
glukoza
laktatlar,
рН,
fosfokreatin,
АТF
Феномен
“обкрадывания”
Energetikquvvat kamayishi
PERINATAL ASFIKSIYA
5-rasm. Surunkali homila ichi gipoksiyasi asosida rivojlangan
asfiksiya patogenezi
Tasnifi. 1952 yilda amerikalik akusher Virjiniya Apgar tug‘ilganda 1 va 5
daqiqa o‘tgach Yangi tug‘ilgan chaqaloq holatini klinik baholash shkalasini taklif
qilgan
107
Apgar shkalasi
Simptomlar
0
1
2
Yurak urishlar soni
(1 daqiqa ichida)
Yo‘q
100 dan kam
100 dan ko‘p
Nafas
Yo‘q
Bradipnoe, noturg‘un
Me`yoriy, qattiq
qichqiradi
Mushaklar tonusi
Qo‘l –
oyoqlari
osilgan
holatda
Qo‘l – oyoqlari bir oz
bukilgan
Faol harakat
Reflektor
qo‘zg‘aluvchanlik
E`tibori yo‘q
Grimasa
Qichqiradi, yo‘tal,
aksirish
Teri rangi
Tarqalgan
oqarish yoki
tsianoz
Badani pushti rang,
qo‘l – oyoqlari
ko‘kimtir (akrotsianoz)
Butun badani va
qo‘l – oyoqlari
pushti rangda
Hozirgi vaqtda faqat Apgar shkalasi bo‘yicha baholash asfiksiyaning birdan-
bir mezoni bo‘la olmaydi va tug‘ilgandan so‘ng 1 soat o‘tgach Apgar bo‘yicha past
baho hammavaqt asfiksiya sinonimi bo‘lmaydi, chunki kardiorespirator depressiya
holatida tug‘ilgan bolalar shu bahoni olishlari mumkin.
Tug‘ilishdagi kardiorespirator depressiya tug‘ilishda va hayotining dastlabki
daqiqalarida
asosiy
hayotiy
faoliyatlarning
pasayishi
natijasiz
nafas
(gipoventilyatsiya), susaygan mushak tonusi, MNS faoliyatining pasayib ketishi,
biroq qonda giperkapniya, aksariyat, gipoksemiya ham yo‘qligi bilan
tavsiflanadigan sindrom. Apgar bo‘yicha baholashda 1 daqiqa o‘tgach bunday
bolalar 4-6 ball, biroq 5 daqiqa o‘tgach – 7 ball va bundan yuqori baho oladilar.
Ilgari xuddi shunday bolalarga engil va o‘rtacha og‘irlikdagi asfiksiya tashxisi
qo‘yilardi va keragi bo‘lmagan suyuqlikni va farmakoterapiya tayinlanardi,
vaholanki ular uchun shart- sharoitlarini etarli darajada tashkil qilish etarli edi.
Agar kardiorespirator depressiyasining sababi aniqlansa va keyingi dinamika uni
tasdiqlasa, asfiksiya tashxisi qo‘yish maqsadga muvofiq emas.
108
Asfiksiya tashxisini qo‘yishda JSST tomonidan qabul qilingan Amerika
Pediatrlari Akademiyasining 1966 yilgi tavsiyalari eng to‘g‘ri xisoblanadi.
Asifiksiya tashxisotning mezonlari
Kindik arteriyasi qonidagi metabolik asidoz pH 7.00dan past
5 daqiqada Apgar shkalasi orqali baholash 0dan 3 ballgacha.
Nevrologik o‘zgarishlar talvasa, koma yoki gipotoniya (neonatal
ensefalopatiya).
Poliorgan etishmovchilik.
Shunday qilib, asfiksiya og‘irligini tug‘ruq xonasida emas, ilk neonatal davr
tugagandan so‘ng aniqlanadi.
Klinik ko‘rinishi. O‘rtacha og‘irlikdagi asfiksiyani tug‘ilishdan keyin 1-
daqiqa ichida me`yoriy nafas olish bo‘lmaganda, yurak urishlari soni esa
daqiqasiga 100 va ko‘proq bo‘lganda qayd etiladi. Mushak tonusi kam, ta`sirotga
reaksiyasi sust. Apgar shkalasi bo‘yicha baholash 1 va 5 daqiqa o‘tgach – 4-6 ball
(ko‘k asfiksiya). Hayotining birinchi daqiqasida MNS o‘rtacha ifodalangan
sindromi qayd qilinadi: Spontan harakat faolligi, ko‘rikka reaksiya pasayishi,
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar refleksining pasayishi (ayniqsa ko‘proq avtomatik
yurish, tayanch, Bauer emaklash refleksi), qichqirish kam emotsional. Teri
qoplamlari tsianotik, lekin qo‘shimcha oksigenatsiyada tez pushti rangga kiradi.
Aksariyat holatlarda akrotsianoz saqlanadi. Auskul’tatsiyada taxikardiya, yurak
tonlari bo‘g‘iqlashgan, nafas sustlashgan, har xil kalibrli xirillashlar borligi
aniqlanadi. CHo‘zilgan birlamchi apnoedan so‘ng nafas ritmik, entikishlar, ba`zan
qovurg‘alar va to‘shning ichiga tortilishi aniqlanadi.
Odatda hayotning birinchi soatlarida MNS faoliyatining susayish sindromi
o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik bilan almashinadi: qo‘llarning kichiq ko‘lamli tremori, bu
yig‘lash va bezovtalikda kuchayadi, jahl bilan yig‘lash, uyqu buzilishi, ovqatni tez-
tez qayt qilish, giperesteziya, spontan Moro refleksi (1 fazasi), Il’po refleksi
musbat bo‘ladi. Bunda tayanch, yurish va Bauerning emaklash reflekslarining
pasayishi yoki yo‘qolishi, mushak gipotoniyasi yoki distoniya ko‘zda tutilishi
mumkin. Tasirlangan buzilishlar funksional va o‘tib ketadigan bo‘ladi. Adekvat
109
terapiya o‘tkazilganda o‘tkir o‘rtacha og‘irlikdagi gipoksiyani boshidan kechirgan
bolalarning ahvoli tezda yaxshilanadi va ilk neonatal davr oxiriga kelib qoniqarli
bo‘lib qoladi.
Og‘ir intranatal asfiksiya quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: tug‘ilganda
pul’s – daqiqasiga 100 tadan kam, nafas yo‘q yoki keskin qiyinlashgan, teri
rangpar, mushaklar atoniyasi. Burun kateteriga reaksiya yo‘q. Apgar shkalasi
bo‘yicha baho 1 – daqiqada 0-3 ball (MKB-10, VOZ) qo‘yiladi. Bolaning
tug‘ilgandagi ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanadi.
Odatda spontan harakat faolligi, ko‘ruvda javob reaksiyasi, mushaklar
tonusi yo‘q. Fiziologik reflekslar yo‘qolgan. Teri qoplamlarining rangi tsianotik-
oqimtir yoki rangpar. Faol oksigenatsiyada sekin tiklanadi. Yurak tonlari
bo‘g‘iqlashgan. O‘pka ustidagi fizikal ma`lumuotlar – variabel. Mekoniy odatda
tug‘ruqqacha yoki tug‘ruq vaqtida chiqadi va homilada nafas harakatlari
boshlanishi natijasida mekoniy bilan aspiratsiyalanishga olib keladi.
CHaqaloqlar og‘ir asfiksiyasi ko‘p hollarda shokka olib keladi. Teri
qoplamlari ersimon tusga kiradi. Periferik gemodinamikaning buzilish belgilari
(“oq dog‘” simptomi – 3 soniyadan ortiq) va markaziy dinamika belgilari: arterial
gipotoniya, markaziy venoz bosimining pasayishi (yaqqol yurak
etishmovchiligida esa oshishi mumkin) qayd etiladi. Nevrologik statusda koma
yoki stupor belgilari bo‘ladi: ko‘ruvga va og‘riq ta`sirotiga reaksiya bo‘lmaydi,
adinamiya, arefleksiya, atoniya yuzaga chiqadi. Ko‘zlari yumuq, qorachiqlarning
yorug‘likka reaksiyasi kam yoki yo‘q, mioz ham, midriaz ham, shuningdek
gorizontal va vertikal nistagm ham bo‘lishi mumkin. Mustaqil nafas bo‘lmaydi,
nafas harakatlarida qo‘shimcha mushaklar ishtiroki ko‘rinadi. Tez-tez apnoe
xurujlari xos. Yurak tonlari bo‘g‘iq, ba`zan ularni faqat epigastral sohada
eshitishga muvaffaq bo‘linadi. Dag‘al sistolik shovqin tomirlarga va
ekstrakardial sohaga yaxshi o‘tkaziladi. Yurak etishmovchiligida nisbiy yurak
to‘mtoqligi chegaralarining ko‘payishi harakterli. O‘pkada sustlashgan nafas
fonida (atelektaz oqibati) ustida o‘tkazuvchan va nam har xil kolibrli xirillashlar
(aspiratsiya oqibati) eshitiladi.
110
Homila ichi gipoksiyasini o‘tkazgan bolalar guruhida qorin palpasiyasida
gepatomegaliya aniqlanadi, auskul’tatsiyada esa ichakning kuchsiz peristal’tikasi
aniqlandi. Ishemiya va metabolik buzilishlarda dinamik ichak tutilishi belgilari
bo‘lishi mumkin.
Bola ahvolining barqarorlashuvi asosida gipertenzion sindrom belgilari
paydo bo‘la boshlaydi: keng ko‘lamli tremor, ko‘z simptomatikasi, katta
liqildoqning bo‘rtib chiqishi; mushaklar gipotonisi, so‘rish va yutish reflekslari
bo‘lmagani holda ko‘pincha talvasa sindromi qayd etiladi. Ahvoli ijobiy
tomonga o‘zgarganda 2-3- kundan boshlab gemodinamikaning barqarorlashish
belgilari namoyon bo‘ladi, pay reflekslari, Yangi tug‘ilgan chaqaloqning
fiziologik reflekslari (Babkin, Moro-1 fazasi, yuqori va pastki ushlab olish,
Babinskiy, Galant) shuningdek, mustaqil nafas tiklanadi, yutish, so‘ngra esa
so‘rish reflekslari ham paydo bo‘ladi.
CHaqaloqlarning birlamchi reanimatsiyasi bo‘yicha dastlabki trening dasturi
1980 yilning o‘rtalarida ishlab chiqilgan. 2000 yilda dastur birinchi marta qayta
ko‘rib chiqilgan, 2005 yilda isbotlarga asoslangan tibbiyotga asoslangan holda
keyingi qayta ko‘rib chiqish o‘tkazildi, chaqaloqlar birlamchi reanimatsiyasi
kitobining beshinchi nashri 2006 yilda chop etildi va JSST tomonidan amaliy
sog‘liqni saqlashga tavsiya etildi.
Ta`riflagan ABSD reanimatsiya, deb umum qabul qilgan reanimatsion
tamoyillardan foydalanish talab etiladi:
A – airway – (nafas yo‘llari) havo o‘tkazuvchi yo‘llardan erkin o‘tishni
ta`minlab turish;
B – breath – (nafas), sun`iy (O‘SV) yoki qo‘shimcha (O‘SV) ventilyatsiyani
ta`minlash;
C – cordial, circulation –( yurak) qon aylanish faoliyatini quvvatlab turish.
D – drugs-(dori), dori–darmonli gemodinamikani tiklash
Biroq Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ruq zalida reanimatsion amallar
ko‘rsatishning qator xususiyatlari bor, bu odam hayotining bu davrida
111
organizmning o‘ziga xos reaktivligiga bog‘liq va reanimatsiyaga tayyorgarlik hatto
bolani jonlashtirish jarayonidan ham faol va davomliroq bo‘lishi kerak.
Asfiksiyada va kardiorespirator depressiyada Yangi tug‘ilgan bolaga
birlamchi yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillarini quyidagicha ta`riflash
mumkin:
•Reanimatsiyaga tayyorlik:a)xodimlarning tayyorligi, b) joy va jihozlarning
tayyorligi, v)medikamentlarning tayyorligi.
• Yangi tug‘ilgan bolaning “tana haroratining himoyasi”.
• AVSD -reanimatsiya, “qadam va qadam” davo albatta teskari aloqa va har
bir qadamning samaradorligini baholash bilan.
• Hamma tadbirlar o‘tkazilayotganda aseptika qoidalari.
• Medikamentoz davoni kamaytirishga intilish, poliprogmaziyadan qochish,
klinik natijasi aniq dori vositalarini qo‘llash.
• asfiksiyadan keyingi davrda (klinik, apparat, laborator) monitor kuzatuv.
Hozirga qadar Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni puxta parvarishlash, jumladan ularga
tug‘ruq zalida birinchi yordam ko‘rsatish bilim, ko‘nikma va shifokor san`ati bilan
bolaning holatiga baho berish, uning o‘zini yaxshi his qilishiga yordam berishni
o‘z ichiga oladi.
Xodimlarning tayyorligi.
Tibbiyot xodimlarining tayyorligini quyidagi
omillar belgilaydi:
o
Har bir tug‘ruqda eng kamida reanimatsiyani boshlay oladigan bir nafar
mutaxassis qatnashishi kerak va uning asosiy vazifasi bolaga kerakli parvarishni
tashqil etishdir. Tug‘ruqda ishtirok etuvchi ushbu, yoki boshqa bir mutaxassis
reanimatsiyani to‘liq o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Reanimatsiya
muolajasi o‘tkazilishi ko‘zda tutilayotgan tug‘ruq jarayonlarida tug‘ruq zalida
qo‘shimcha xodim bo‘lishi kerak (JSST,2006)
o
Ko‘p homilalik tug‘ruqlarda yoki boshqa yuqori xavf bo‘lgan holatlarda 4
tagacha va undan ortiq o‘qitilgan tibbiyot xodimlari talab qilinadi. Yuqori malakali
mutaxassis komanda lideri vazifasini bajaradi.
112
• akusherlar bilan doimiy ijodiy muloqot va homiladorlik, tug‘uruqning
kechish xususiyatlarini, ona farmakoterapiyasini, homiladorlik va tug‘ruq vaqtida
homilanning holatini bilish;
• asfiksiyada yoki kardiorespirator depressiyali bola tug‘ilishning yuqori
havf omillarini (antenatal va intrantal) bilish;
• asfiksiyada Yangi tug‘ilgan bolalarga yordam ko‘rsatish algoritmini
o‘rganish;
• asfiksiyada Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa yordam ko‘rsatishning amaliy
ko‘nikmalarini va apparatura bilan ishlashni mukammal egallash;
• jihozlar, joy, dori-darmonlar tayyorligini nazorat qilish;
• hamma manipulyatsiyalar va muolajalarni bajarishda aseptikaga amal
qilish;
• apparaturani sozlaydigan maxsus xodimlar borligi
• mahalliy sharoitlarni hisobga olib, bolani parvarishlash bo‘yicha hamma
muolajalar va ko‘nikmalarni bajarish uchun milliy protokol to‘plami borligi.
Dostları ilə paylaş: |