O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-bob. ISBOT QILIShNING UMUMIY ShARTLARI



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə35/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143
22.09.1994 ЖПК

9-bob. ISBOT QILIShNING UMUMIY ShARTLARI
85-modda. Isbot qilish
Isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir.
86-modda. Isbot qilish ishtirokchilari
Isbot qilishni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud amalga oshiradi.
Isbot qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Isbot qilishda ishtirok etishga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislar, shuningdek boshqa fuqarolar va mansabdor shaxslar jalb etiladi. Ular ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bilan bog‘liq huquqlarni amalga oshiradilar hamda majburiyatlarni bajaradilar.
87-modda. Dalillar to‘plash
Dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish: gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni so‘roq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun ko‘rsatish; ko‘rsatuvni hodisa ro‘y bergan joyda tekshirish; olib qo‘yish; tintuv; ko‘zdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment o‘tkazish; ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan to‘planadi.
Himoyachi jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etishga haqli bo‘lib, ular jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishi, shuningdek tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov o‘tkazish va jinoyat ishini sudda ko‘rish jarayonida majburiy baholanishi lozim. Ushbu dalillar: ishga taalluqli axborotga ega bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali to‘planishi mumkin.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin