«O’zbеkistоn tеmir yo’llаri» aj



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə3/53
tarix15.11.2022
ölçüsü1,49 Mb.
#69192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
1TузбФизикадан топширик сиртки1 семестр

Masalalar yechish
Masalalarni tizimli ravishda yechish – fizika kursini o‘zlashtirishning zaruriy shartidir. Masala yechish hodisalarning fizik mohiyatini tushunib olishga, formulalarni eslab qolishga, nazariy bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
Masala yechishda quyidagilarni bajarish zarur:

  1. Asosiy qonunlar va formulalarni ko‘rsatish, bu qonunlarning ta’riflarini keltirish, formulalarni yozishda qo‘llanilgan har bir harfli belgiga izoh berish. Agar masala yechishda biror formulaning xususiy holidan foydalanish talab qilinsa, u holda bu formulani keltirib chiqarish lozim.

  2. Masalaning mazmunini tushuntirib beruvchi chizmani chizish (zarur hollarda); rasmni chizmachilik asboblaridan foydalanib, aniq chizish lozim.

  3. Masalani yechishda qisqa va lo‘nda tushunchalar berib borish.

  4. Masalani umumiy ko‘rinishda yechish, ya’ni izlanayotgan kattalikni masala shartida berilgan, hamda jadvaldan olingan harfli belgilar orqali ifodalash.

Fizik masalalar juda turli-tuman bo‘lib, ularni yechishning yagona yo’lini berish mumkin emas. Biroq, odatda, fizik masalalarni umumiy ko‘rinishda yechish kerak. Bu usulda oraliq kattaliklar hisoblab topilmaydi, son qiymatlari faqatgina oxirgi, izlanayotgan kattalikni ifodalovchi ishchi formulaga qo‘yiladi.

  1. Ishchi formulaga birliklarning o‘lchamlarini yoki ularning qisqartirilgan belgilarini qo‘yib, izlanayotgan kattalikning o‘lchami to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling.

  2. Ishchi formulaga kirgan barcha kattaliklarni XBS birliklaridan ifodalash va yaqqol ko‘rinishi uchun ularni ustun ko‘rinishida yozish.

  3. Masalani yechish natijasida olingan umumiy ko‘rinishdagi oxirgi formulaga bitta sistema birliklarida ifodalangan son qiymatlarini qo‘yish. Bu qoidaga rioya qilmaslik noto‘g‘ri natijaga olib keladi. Formulaning surat va maxrajiga kiradigan bir xil daraja ko‘rsatkichlariga ega ko‘paytuvchilar bundan mustasno bo‘lishi mumkin. Bunday kattaliklarni masala yechishda qo‘llaniladigan birliklarda ifodalash shart emas. Ularni ixtiyoriy, lekin bir xil birliklarda ifodalash mumkin.

  4. Formulaga qo‘yilgan kattaliklarni taqribiy hisoblash qoidalariga asosan hisoblash, javobida son qiymatini hamda izlanayotgan kattalikning o‘lchov birligining qisqartirilgan nomini yozish.

  5. Ishchi formulaga qiymatlarni qo‘yishda, hamda javobni yozishda kattaliklarning son qiymatini bir xonali o‘nli kasrning o‘n asosli daraja ko‘rsatkichiga ko‘paytmasi ko‘rinishida yozish. Masalan, 3520 o‘rniga 3,52·103, 0,00129 o‘rniga 1,29·10-3 ni yozish.

  6. Sonli javobning to‘g‘riligini baholash. Qator hollarda bunday baholash olingan natijaning xatoligini aniqlash imkonini beradi. Masalan, issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsienti birdan katta bo‘lmaydi, elektr zaryadi elementar zaryad e = 1,6·10-19 C dan, jismning tezligi esa yorug‘likning vakuumdagi tezligidan katta bo‘lmaydi va h.k.

Masala yechish malakasi uzoq va tizimli mashqlar natijasida egallanadi. Masala yechishni o‘rganish va laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish uchun darslikning navbatdagi bo‘limini o‘rganib bo‘lgach, ushbu qo‘llanmadan o‘rin olgan masala yechish namunalarini diqqat bilan o‘rganish, “Mustaqil yechish uchun masalalar” bo‘limidagi masalalarni yechish, shuningdek fizikadan masalalar to‘plamlaridan bir qator masalalarni echish kerak bo‘ladi. Mustaqil yechish uchun masalalar nazorat ishida yechish uchun ko‘zda tutilgan masalalarning elementlarini o‘z ichiga olgan holda tanlangan. Shuning uchun ham bu masalalarni yechish talabani nazorat ishini bajarishga tayyorlaydi.



Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin