Asosiy tadqiqot predmeti Shaxs rivojlanishi
Tadqiqot metodlari Klinik vaziyatlar tahlili, erkin assotsiatsiyalar metodi,
tushunchalar tahlili
Asosiy tushunchalari Psixika bosqichlari (ong, ongosti, ongsizlik) shaxs tuzilishi
(Id, Ego, Super Ego) psixologik himoya mexanizmlari,
jinsiy energiya (libido), jinsiy instinkt, hayot
instinkti, o‘lim instinkti, psixojinsiy rivojlanish bosqichlari,
erogen zonalar, qoniqish tamoyili, reallik tamoyili,
edip kompleksi, elektra kompleksi, tenglashtirish
Asosiy g'oyalar Bola va tashqi dunyoni azaldan kelishmasHgi individni
ijtimoiy dunyoga moslashuvi sifatida shaxs rivojlanishi.
Shaxsning psixojinsiy rivojlanishi. Shaxs rivojlanishi 1-5
yillikda jadal jinsiy yetilish tugashi bilan yakunlanadi.
Shaxs rivojlanishi bosqichlari o‘zgarmas, biologik yetilish
ketma-ketligida oral, anal, faollik, latent, genital
Rivojlanish omillari Ichki (biologik yetilish miqdorning o‘zgarishi va jinsiy
energiyaning yo‘nalganligi) va tashqi (ijtimoiy jamiyatni
ota-onalar bilan qo‘shilishi)
Afzalligi Rivojlanishning dinamik konsepsiyasi, insonning
ma’naviy dunyosini birligi, bolalikning ahamiyati, otaona
ta’sirining muhimligi va doimiyligi ko'rsatilgan. Bolaning
ichki dunyosiga munosabatda aniq diqqat g'oyasi
Kamchiligi — afsonaviyligi;
— tadqiqotning talab qilinayotgan shakliy metodlarining
yo'qligi;
— statistik ma’lumotlarning yo‘qligi;
— tekshirishning murakkabligi;
— o‘smirlik yoshi chegaralaridan tashqarida rivojlanish
imkoniyatlariga qarashlarning pessimistligi.
30.Yosh inqirozlari tushunchasi.
Umuman inqiroz bola taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bunda turli buzilishlar kuzatiladi: bioritmning buzilishi
(masalan, tetiklik va uyqu); hayotiy ehtiyojlarni qondirishning
buzilishi (ochlik hissi); emotsional anomaliyalar (yig‘loqilik, tez
xafa bo‘lish).
Tushunadigan ota-onalar mustaqillikka intilayotgan bolaning
faolligini kerakli tomonga yo‘naltira olishadi. Bolaning maksimal
xavfsizligiga g‘amxo‘rlik qilish doimiy cheklovlar va ≪mumkin
emas≫ so‘zini kamroq ishlatishga harakat qilish zarur. Uydagi
fazo mumkin va mumkin emasga aniq ajratilishi lozim. Bu mumkin
bolganda cheklovlarni boshqa alternativ xulq-atvor bilan almashtirish
lozim: uydagi predmetlarni yaxshilab qarab chiqib,
bola istayotgan predmetni xavfsizrog‘i bilan almashtirish zarur.
L.S.Vigotskiy fikriga ko'ra, inqirozlar faqatgina salbiy emas, balki
shaxsiy ijobiy ahamiyatga ham ega. Rivojlanishning eski ijtimoiy
holatidan voz kechish va yangisini hosil bolishi inqiroz davrining
asosiy mazmunini tashkil etadi. 0 ‘zida buzuvchi va yaratuvchi
yondashuvlarni uyg'unlashtirgan inqiroz — bu ontogenezning
me’yoridir. L.S.Vigotskiy tomonidan tuzilgan davrlashtirish quyidagi
davrlarni o'z ichiga oladi: yangi tug'ilgan chaqaloq inqirozi;
go‘daklik (2 oylikdan 1 yoshgacha); 1 yosh inqirozi; ilk bolalik
(1—3 yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbiya yoshi (3—7
yosh); 7 yosh inqirozi; maktab yoshi (8—12 yosh); 13 yosh inqirozi;
Pubertat yosh (14—17 yosh); 17 yosh inqirozi.
Egotenglikning bir shaklidan boshqasiga o‘tish tenglik inqirozini
uyg‘otadi. E.Erikson bo‘yicha inqirozlar — bu shaxsning
kasalligi, nevrotik buzilishlar ko‘rinishi emas, balki ≪progress (istiqbol)
va regress (inqiroz), integratsiya va sustlik o‘rtasidagi tanlov
lahzalari≫, ≪aylanish punktlari≫dir.
31.Yosh inqirozlari va ularning sabablari.
D.B.Elkonin bolalikdagi psixologik yoshlar ketma-
ketligini quyidagicha taqsimlagan: chaqaloqlik davri inqirozi;
go£daklik (2 oylikdan 1 yoshgacha); kattalar bilan bevosita
emotsional muloqot; 1 yosh inqirozi; ilk bolalik (1—3 yosh); vositali
— predmetli (predmetli — harakatli) faoliyat; 3 yosh inqirozi;
maktabgacha tarbiya yoshi (3—7 yosh); rolli o£yin; yetti yosh
inqirozi; kichik maktab yoshi (8-12 yosh) o£quv faoliyati; 11-12
yosh inqirozi; o£smirlik yoshi (11—15 yosh) tengdoshlar bilan intim
(jinsiy) shaxsiy munosabat; 15 yosh inqirozi. Faoliyat ichida
psixologik yangi tuzilmalar yuzaga keladi va rivojlanadi. Bir yetakchi faoliyatning boshqasi bilan almashinuvida inqiroz sodir
bo‘ladi (masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘yin faoliyatini
kichik maktab yoshidagilar uchun xos bo'lgan o'quv faoliyati bilan
almashinuvi). Mazmun-mohiyatidan (tuzilishidan) bog'liqlikda
munosabatlar inqirozi (3—11 yosh) va dunyoqarashlar inqirozi
(1—7 yosh) farqlanadi.
32.Ontogenezda eng yorqin namoyon bo`ladigan inqirozlar.