Qiziqishlar xaritasi – ye.A.Klimov tomonidan ishni aniqlashga qaratilgan
psixologik metodika.
O`spirinlarning jismoniy taraqqiyoti Ilk o‟spirinlik yoshi davrida 14-15 yoshdan 18 yoshgacha bo‟lgan o‟quvchilar mansubdir.
Ularda bo‟yning o‟sishi o‟smirlik davriga qaraganda sekinlashadi. Qizlarda 16-17 yoshda,
o‟g‟il bolalarda 17-18 yoshda bo‟yning o‟sishi to‟xtaydi.
O‟spirnilarda muskul kuchining o‟sishi katta odamnikiga yaqinlashadi.
Sportning ko‟pgina turlarida o‟spirinik davri yuksak natijalarga erishish davridir.
O`spirinlarning ijtimoiy holati. O‟spirin 16 yoshda pasport oladi. 18 yoshdan saylash, saylanish, oila qurish huquqiga ega
bo‟ladi. O‟spirinlik davrining yana bir muhim vazifasi – kasb tanlashdir. Bu yoshdagilar maktab
o‟quvchisi bo‟lishdan tashqari kollejda o‟qishi, ishlashlari mumkin. Ularning ba‟zilari bir
vaqtning o‟zida ham o‟qib, ham ishlaydilar.
O`spirinlarning psixologik xususiyatlari Eng muhim psixologik xusuisyati – o‟z ichki dunyosini kashf etadilar.
Ular o‟zlarining kuchli va zaif tomonlarini anglaydilar, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini qiyosiy
baholay oladilar.
Ularning yana bir xususiyati murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch vijdon
hissi, o‟z qadr-qimmatini sezish kabi xislatlardir.
Umuman, o‟z-o‟zini anglash - quvonchli, hayajonli hodisadir.
Ayni vaqtda bu his dramatik xavotirli kechinmalarga ham sabab bo‟lishi mumkin.
O‟spirin kechinmalarida asosiy o‟rinni kelajak haqidagi o‟ylar egallaydi.
O‟spirnilar uchun yana bir muhim kechinma o‟zining tashqi ko‟rinishi haqidagi o‟ylardir.
Juda ko‟pchilik o‟spirinlar o‟z tashqi ko‟rinishini o‟zgartirishni xohlagan bo‟ladilar.
Tashqi ko‟rinishlaridagi ozgina kamchilik ular uchun “fojia” darajasiga ko‟tariladi.
Umuman, refleksiyaning o‟sishi, o‟z “men”iga qiziqishning ortishi barcha o‟spirinlarga
xos xususiyat. Lekin bu kechinmalar shaxs rivojlanishining qiyinchiliklari bo‟lib, o‟tkinchi
xarakterga ega, umuman olganda o‟spirinlik juda baxtli davr sifatida esda qoladi.
O‟spirinlarda refleksiyaning kechishi ko‟pgina ijtimoiy, individual-tipologik,biografik omillarga
bog‟liqdir
.