Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə208/212
tarix14.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#178810
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
Navoiy davlat pedagogika instituti tasdiqlayman -www.hozir.org

Birinchi qismida 
tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uni fan va amaliyot uchun
ahamiyati; muammoning ishlanganlik darajasi ochib beriladi; tadqiqotning ob’ekti,
predmeti, maqsadi, farazi, vazifalari ko’rsatiladi; dissertatsiyaning metodologik bazasi
va ishlatilgan metodlar bayon qilinadi; olingan natijalarning haqqoniyligi asoslanadi;
ishning ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati ko’rsatiladi; himoyaga olib
chiqilayotgan holatlar asoslanadi va bayon qilinadi; dissertatsiyaning tarkibiy tuzilmasi
keltiriladi.
Ikkinchi qismida
dissertatsiyaning asosiy mazmuni, uning tarkibiga mos tarzda
bayon qilinadi. Bu yerda, muammoning nazariy asoslanishini, natijalarni qanday
olinganligini, tadqiqot qanday olib borilganligini, foydalanilgan metodlarning
mohiyatini bayon qilish hamda ularning aniqligi va qiyinligini ko’rsatish, tajriba – sinov
ishlarining shartlari va bosqichlarini ko’rsatish, muhimdir.
Avtoreferat asosiy qismining oxirida, odatda, nisbatan ixcham xulosa keltirilib, unda
ko’pchilik mualliflar qiladigan, dissertatsiyaning umumiy xulosalarini sanab o’tmasdan
va takrorlamasdan, bajarilgan ishga umumlashgan yakuniy baho berish maqsadga
muvofiqdir.
Uchinchi qismida
dissertatsion tadqiqot bo’yicha muallifning mavzu bo’yicha nashr
qilingan ishlarining ro’yxati keltiriladi.
Tipografik usulda bosilgan avtoreferat, dissertatsion kengashga dissertatsiya bilan
birgalikda taqdim qilinadi.
Avtoreferatning titul varag’i 1 – namunada, titul varaqning orqasi esa – 2 –
namunada ko’rsatilganday rasmiylashtiriladi.
Magistrlar, avtoreferat nima ekanligini va qanday yozilishini o’zlashtirish
darajasini bilish uchun, ularga quyidagi savollar beriladi:



298
6.


Dissertatsiya avtoreferati deganda nimani tushunish kerak?
7.
Avtoreferatning birinchi qismida nimalar bayon qilinishi zarur?
8.
Dissertatsiya avtoreferatining ikkinchi qismining mazmuni qanday?
9.
Avtoreferatning uchinchi qismida nimalar bayon qilinishi lozim?
10.
Avtoreferatning hajmi qanday bo’lishi maqsadga muvofiq?
Adabiyotlar 
1.Muslimov N.A., Salayeva M.S., Qo’ysinov O.A., Ismoilova A.A. Magistrlik
dissertatsiyalarini tayyorlash bo’yicha metodik tavsiyanoma. –T.: TDPU, 2010. – 60
b.
2.Muxitdinov M.M., Potapov A.I. Podgotovka i zashita dissertatsii. /Nauchno-
metodicheskoye posobiye.-VAK RUz., 2005.- 176 s.
3. Abduqodirov A.A., YUnusov R. Magistrlik dissertatsiyasi. Metodik qo’llanma. –
T.: TDPU nashriyoti, 2000. – 30 b.
4.Mambetakunov E. Metodologiya i kachestvo pedagogicheskix issledovaniy. –
Bishkek, KNU im. J.Balasagыna, 2006. – 108 s.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin