Biznes va tadbirkorlik



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

 

 

 

 

 

“BIZNES VA TADBIRKORLIK” KAFEDRASI 

 

 “MIKROIQTISODIYOT”  

FANIDAN 

O`QUV-USLUBIY MAJMUA 

 

 

Ta’lim sohasi: 

      230000 – Iqtisod  

 

Ta’lim yo’nalishi:     5111000 – Kasb ta’limi (5230600-Moliya);  

                                    5111000 – Kasb ta’limi (5230700- Bank ishi); 

                                    5111000 – Kasb ta’limi (5230900-Buxgalteriya hisobi va  

                                    audit (tarmoqlar  bo’yicha)); 

                                    5230200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha); 

                                    5230600 – Moliya;  

                                    5230700 – Bank ishi; 

                                    5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish; 

                                    5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar  

                                    bo’yicha); 

                                    5231200 – Sug’urta ishi; 

                                    5231300 – Pensiya ishi; 

                                    5231500 – Baholash ishi; 

                                    5232000 – Davlat budjetining g’azna ijrosi. 



 

 

TOSHKENT – 2018 

 

O`quv-uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim 



vazirligi tomonidan 201__ yil “___”______dagi “___” - sonli buyrug`i bilan  

tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. 

 

Tuzuvchilar: 

   Bakiyeva I. A. 

–  TMI,  “Biznes  va  tadbirkorlik”  kafedrasi,  iqtisod  fanlari 

nomzodi, dotsent  

Xadjaev X.S. 

-TMI, “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi katta o’qituvchisi 

 Fayziyev Sh.Sh.  -TMI, “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi o’qituvchisi 

 

Taqrizchilar:  

Xotamov I. 

–  TDIU,  “Sanoat  iqtisodiyoti”  kafedrasi  mudiri,  iqtisod  fanlari 

nomzodi, dotsent (turdosh OTM) 

Karimov F.Sh  –  TMI  “Biznes  va  tadbirkorlik”  kafedrasi,  iqtisod  fanlari 

nomzodi, professor (ichki). 



 

Fanning O`quv Uslubiy Majmuasi kafedraning 201_ yil __ ________dagi 

__ sonli yig’ilishi  muhokamasidan o’tkazilgan va fakultet Kengashida ko’rib 

chiqish uchun tavsiya etilgan. 

  

Kafedra mudiri 



 

 

 



 

          E.Ergashev 



Fanning  O`quv  Uslubiy  Majmuasi  Byudjet  hisobi  va  davlat 

jamg’armalari  fakulteti  Kengashi  muhokamasidan  o’tkazilgan  va  institut 

Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan. (201_ yil “__”___dagi “__”-

sonli qaror) 

  

       Fakultet dekani  

 

 

            



         O.Kamolov 

Kelishildi: 

 

         O`quv bo`lim boshlig`i                                              T.Baymuradov 

 

         O’quv ishlari  bo’yicha prorektor                         



I. Qo`ziev 

 

Fanning  O`quv  Uslubiy  Majmuasi  institut  o’quv-uslubiy  Kengashining 



201_  yil  “__”___dagi  “__”-  sonli  yig’ilishida  ko’rib  chiqilgan  va  tasdiqlash 

uchun tavsiya qilingan.  

 

Fanning  O`quv  Uslubiy  Majmuasi  institut  Kengashining  201_  yil 

“__”___dagi “__”-sonli majlisi bayoni bilan ma’qullangan. 

 

 

M U N D A R I J A 



 

MA’RUZALAR  MAVZULARI 

Kirish……………………………………………………………………….... 



Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari ………… 



Iqtisodiyotning o`nta tamoyili…………………………………………  16 



Talab, taklif va bozor muvozanati……………………………………..  23 

Elastiklik va uni hisoblanishi ………………………………………… 



42 

Narx ustidan nazorat va bozor faoliyati..................................................  62 



Iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi………  70 

Istemolchi tanlovi nazariyasi…………………………………………..  85 



Bozor va tavakkalchilik………………………………………………..  107 

 Ishlab chiqarish nazariyasi……………………………………………  129 



10 

 Ishlab chiqarish xarajatlari……………………………………………  148 

11 

Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar………………………………...  161 



12 

 Monopol bozorlarda firmaning qaror qabul qilishi…………………...  175 

13 

Monopolistik raqobatlashgan bozor…………………………………...  190 



14 

 Oligopoliya sharoitida firmalar faoliyati……………………………...  206 

15 

Turli bozorlarda narxlarni shakllantirish………………………………  224 



16 

Ishlab chiqarish omillari bozori……………………………………….  236 

17 

Tashqi ta`sirlar va davlat siyosati...........................................................  272 



18 

 Ijtimoyi ne`matlar va umumiy resurslar ……………………………...  287 



AMALIY MASHG’ULOTLAR MAVZULARI 

Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari ……….  



301 

Iqtisodiyotning o`nta tamoyili…………………………………………  305 



Talab, taklif va bozor muvozanati……………………………………..  307 

Elastiklik va uni hisoblanishi …………………………………………  310 



Narx ustidan nazorat va bozor faoliyati..................................................  316 



 



Iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi………  324 

Istemolchi tanlovi nazariyasi…………………………………………..  326 



Bozor va tavakkalchilik………………………………………………..  329 

 Ishlab chiqarish nazariyasi……………………………………………  330 



10   Ishlab chiqarish xarajatlari……………………………………………  331 

11  Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar………………………………...  333 

12   Monopol bozorlarda firmaning qaror qabul qilishi…………………...  335 

13  Monopolistik raqobatlashgan bozor…………………………………...  337 

14   Oligopoliya …………………………….……………………………..  339 

15  Turli bozorlarda narxlarni shakllantirish………………………………  342 

16  Ishlab chiqarish omillari bozori………………………………………..  343 

17  Tashqi ta`sirlar va davlat siyosati...........................................................  346 

18   Ijtimoyi ne`matlar va umumiy resurslar................................................   348 

Asosiy va qo`shimcha adabiyotlar hamda axborot manbalar....................  351 

MUSTAQIL TA’LIM MASHG`ULOTLARI..............................................  354 

Birinchi mustaqil ish  mavzulari ro`yxati……………………………….. 

355 

Ikkinchi mustaqil ish uchun Masala va mashqlari  ro`yxati……………….. 



356 

GLOSSARIY……………………………………………………...

 

365 


FAN DASTURI…………………………………………………… 

384 


FANINING ISHCHI O’QUV DASTURI ………………………. 

399 


TARQATMA MATERIALLAR………………………………… 

407 


TESTLAR………………………………………………………… 

412 


ISHCHI  FAN  DASTURIGA  MUVOFIQ  BAXOLASH 

MEZONLARINI    QO`LLASH  BO`YICHA  USLUBIY 

KO`RSATMALAR……………………………………………… 

 

 437 



 

 

 



 

KIRISH 

Hozirgi  sharoitda  mamlakatimiz  ta’lim  tizimida  yuz  berayotgan  o`zgarishlar 

tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarni jahon talablariga javob beradigan darajada 

bo`lishini  talab  etmoqda.  Ayniqsa,  bu  iqtisodiyot  sohasidagi  mutaxassislarni 

tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassisliklarni 

tayyorlashda oliy ta`lim muassasalarida o`qitiladigan iqtisodiy fanlar muhim o`rin 

tutadi.  

2017-2021  yillarda  O`zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirishning 

Harakatlar  strategiyasidagi  beshta  ustuvor  yo`nalishlarda  ko`zda  tutilgan  ishlab 

chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik va  texnologik  jihatdan  yangilash,  ishlab 

chiqarish,  transport-kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzilma  loyihalarini  amalga 

oshirishga  qaratilgan  faol  investitsiya  siyosatini  olib  borish,  yuqori  texnologiyali 

qayta  ishlash  tarmoqlarini,  eng  avvalo,  mahalliy  xomashyo  resurslarini  chuqur 

qayta  ishlash  asosida  yuqori  qo`shimcha  qiymatli  tayyor  mahsulot  ishlab 

chiqarishni  jadal  rivojlantirishga  qaratilgan  sifat  jihatidan  yangi  bosqichga 

o`tkazish  orqali  sanoatni  yanada  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish, 

iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda 

mahsulot  va  xizmatlar  bozorida  monopoliyani  bosqichma-bosqich  kamaytirish, 

printsipial  jihatdan  yangi  mahsulot  va  texnologiya  turlarini  o`zlashtirish,  shu 

asosda  ichki  va  tashqi  bozorlarda  milliy  tovarlarning  raqobatbardoshligini 

ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom 

ettirish  hamda,  eng  avvalo,  iste’mol  tovarlar  va  butlovchi  buyumlar  importining 

o`rnini  bosish,  tarmoqlararo  sanoat  kooperatsiyasini  kengaytirish,  iqtisodiyotda 

energiya  va  resurslar  sarfini  kamaytirish,  ishlab  chiqarishga  energiya  tejaydigan 

texnologiyalarni  keng  joriy  etish,  qayta  tiklanadigan  energiya  manbalaridan 

foydalanishni  kengaytirish,  iqtisodiyot  tarmoqlarida  mehnat  unumdorligini 

oshirish


1

 kabi  vazifalar  belgilangan  bo`lib,  bu  vazifalarni  muvaffaqiyatli  amalga 

oshirish  ko`p  jihatdan  mamlakatimiz  milliy  iqtisodiyotining  birlamchi  bo`g’ini 

hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va 

tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish 

omillaridan  samarali  foydalanish  yo`llarini  o`rganish  kabi  jarayonlarni  tadqiq 

qilishga bog`liqdir. 

Shunday  jarayonlarni  tadqiq  qiluvchi  fan  sifatida  “Mikroiqtisodiyot”  fani 

qatnashadi.  Talabalarga  mazkur  fan  xususiyatlari  doirasida  mamlakatimizda 

amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini aks ettiruvchi  materiallar, 

qoidalar  va  xulosalarni  puxta  o`zlashtirishlari,  kelgusi  faoliyatida  samarali 

foydalanishlari  hamda  ijodiy  yondoshishlarini  ta’minlash  fanni    o`rganish  oldida 

turgan asosiy vazifalaridan biridir 

                                                           

1

 2017  —  2021  yillarda  O’zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo’nalishi  bo’yicha 



HARAKATLAR STRATEGIYASI 

 


 

“Mikroiqtisodiyot” fanini o`qitishning maqsadi bakalavriat yo`nalishlarida 



ta’lim  oluvchi  talabalarda  alohida  firmalar  faoliyati,  iste’molchilar  hatti-harakati 

hamda  turli  resurslar  va  tovarlar  bozorlari  holatini  alohida  olingan  holda  tahlil 

etish, ular dinamikasini qiyosiy taqqoslash, davlatning firmalar faoliyatiga bog’liq 

siyosatini  muvofiqlashtirgan  holda  qo`llash  va  bu  boradagi  strategiyani  to`g’ri 

asoslay olish ko`nikmasini shakllantirishdan iborat.  

Fanning  maqsadi  va  vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda  mazkur  o`quv 

qo`llanma  talabalarga  mikroiqtisodiyotdan  turli  mavzular,  ularga  oid  masalalarni 

hal etish uchun ko`nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.  

Bu  o`quv  qo`llanmani  tayyorlashda  jahonnning  yetakchi  universitetlarida 

keng  miqyosda  foydalanib  kelinayotgan  adabiyotlar  G.  Menkyuning 

“Mikroiqtisodiyot  tamoyillari”  (N.  Gregory  Mankiw 

“Principles  of 

Microeconomics”)  hamda  R.Pindayk  va  Rubinfeldning  “Mikroiqtisodiyot” 

kitobidan  foydalanilgan  va  ulardagi  asosiy  mavzular  ushbu  o`quv  qo`llanmaning 

asosini tashkil etgan. Mazkur o`quv qo`llanmadan barcha qiziquvchilar: talabalar, 

dars olib boruvchi professor-o`qituvchilar foydalanishlari mumkin

 


 

I BOB. MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI, MAQSADI 



VA VAZIFALARI 

Reja

 

1.1. 

Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash 

1.2. 

Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot 

1.3. 

Mikroiqtisodiyotning ahamiyati 

1.4. 

Bozor va uning vazifasi 

 

1.1.Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash 

 

Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan mikroiqtisodiyot 



jamiyatdagi  cheklangan  resurslardan  alohida  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlar  va 

alohida  iste`molchilar  qay  darajada  foydalanishini  o`rganadi.  Ko`pchilik 

jamiyatlarda,  resurslar  millionlab  iste`molchilar  va  ishlab  chiqaruvchilarning 

birgalikdagi  harakatlari  yordamida  taqsimlanadi.  Shuning  uchun  ham 

mikroiqtisodiyotning  vazifasi  alohida  olingan  sub`ektlar  tomonidan  qaror  qabul 

qilish  jarayoni  va  o`zaro  xatti-harakatlarini  o`rganishdir:  ular  qancha  ishlaydilar, 

ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular qancha sarmoyalarini 

investitsiya  qiladilar.  Shu  sababdan  ham  jamiyatning  resurslarini  boshqarish 

muhimdir,  chunki  bu  resurslar  cheklangan.  Cheklanganlikning  ma’nosi 

jamiyatdagi  resurslar  taqchil  bo`lganligi  uchun,  jamiyat  odamlar  xohlaganday 

hamma tovar va xizmatlar bo`lishini ta’minlay olmaydi. Uy xo`jaligi o`zining har 

bir a’zosiga ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham o`zining 

har  bir  a’zosini  ular  intilayotgan  darajadagi  hayot  tarzining  yuqori  darajasi  bilan 

ta’minlay olmaydi

2

.  


Resurslarni  cheklanganligi  inson,  oila,  jamiyat  oldiga  tanlov  muammosini 

qo`yadi: 

- nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish? 

- qanday texnika va texnologiyani qo`llash? 

- ishlab chiqarilgan kim tomonidan mahsulot iste’mol qilinadi? 

Aynan  shuning  uchun  mikroiqtisodiyot  fanining  e’tibor  markazida  -  ishlab 

chiqarish  uchun  zarur  resurslarning  cheklanganlik  muammolarini  va  ulardan 

oqilona foydalanishni ta’minlash yo`llarini o`rganish turadi.  

   Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini 

har  qanday  hal  etilishi  tanlash  holatini,  ya’ni  insonlarning  turli  ehtiyojlarini 

qondiruvchi  tovar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarish  uchun  bir  resursni  ishlatish 

mumkin emasligini ko`zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech 

nima»  xilidagi  qarorni  qabul  qilmaydi.  Ko`pincha  inson  bir  iqtisodiy  ne’matning 

                                                           

2

 N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 8 bet 



 

ma’lum  miqdorini  olish  uchun  boshqasining  ma’lum  miqdoridan  voz  kechadi. 



Bunday  tanlov  murosali  deb  ataladi.  Murosali  tanlov  asosida  muqobil  qiymat 

tamoyili yotadi. 

Muqobil  qiymat  –  bu  voz  kechilgan  boshqa  iqtisodiy  ne’mat  qimmati  bilan 

o`lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir. 

Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy 

ne’matlarni  tanlash,  boshqa  ehtiyojni  qondiruvchi  iqtisodiy  ne’matlardan  voz 

kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo`lgan 3 metr mato bo`lagidan yo 

ko`ylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato miqdorining cheklanganligi uchun ham 

sizda  ham  ko`ylak,  ham  kamzul  tikish  imkoni  yo`q.  Bu  vaziyatda  tanlash  kerak 

bo`ladi.  Bu  tanlov  yo  ko`ylakdan,  yoki  kamzuldan  voz  kechishni  ko`zda  tutadi. 

Ko`ylakni  tanlash  qarori  kamzulga  ega  bo`lishdan  voz  kechishni  bildiradi,  ya’ni 

yangi ko`ylakning qimmati kamzulga ega bo`lib, olish mumkin bo`lgan foyda va 

quvonchlarga  teng.  Unda  ko`ylakning  muqobil  qiymati  borligi  aytiladi  –  bu 

kamzul. Agar kamzul tanlansa - uning muqobil qiymati ko`ylak bo`ladi. 

Iqtisodiy  ne’matlarni  ishlab  chiqarish  va  taqsimlash  jarayonlarini  o`rganib, 

mikroiqtisodiyot fani oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi. 

Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam 

resurslarni sarflab, o`zining eng ko`p ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir.  Bu 

ko`plab  yo`llar  ichidan  inson  cheklangan  resurslardan  yaxshiroq  foydalanishga 

intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi.  

Agar resurslar mutloq cheklangan bo`lganida, tanlov mumkin bo`lmasdi. Agar 

cheklanganlik  bo`lmaganida,  unda  tanlov  kerak  bo`lmasdi.  Tanlash  muammosi 

cheksiz,  chunki  biz  bitta  qaror  bilan  cheklanmasdan,  ularning  ko`piga  egamiz. 

Tanlov  resurslardan  foydalanishning  eng  yaxshi  yo`llari  o`rtasida  boradi  va 

resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo`li kam xarajatlarda eng yuqori natijani 

ta’minlovchi yo`l bo`ladi.  

Har  qanday  fan singari  mikroiqtisodiyot fani  ham  kuzatilayotgan  voqealarni 

tushuntirish  bilan  shug’ullanadi.  Masalan,  ishlab  chiqarishda  iste’mol  etiladigan 

xomashyo narxi o`zgarganda firmalar nima sababdan ishchilarni ishdan bo`shatish 

yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma 

ularning  qanchasini  bo`shatish  yoki  qabul  qilishi  talab  qilinadi?  Shular 

mikroiqtisodiyotda tushuntiriladi.  

Mikroiqtisodiyot  bu  taxminni  ma’lum  miqdorda  tovar  ishlab  chiqarish 

maqsadida  firma,  ish  kuchi,  kapital  qo`yilmalar  hajmi  va  xomashyoning 

rejalashtirishini  tushuntirib  berish  uchun  qo`llaydi.  Mikroiqtisodiyot  ishlab 

chiqarishning asosiy omillari bo`lgan ish kuchi, kapital va xomashyo narxlarining 

o`zgarishiga,  va  shuningdek,  bo`lg’usi  o`z  mahsulotining  narxiga  ko`ra  firma 

ishlab chiqarishni qanday rejalashtirishini izohlab beradi.  



 

 

 

 

 

1.2. Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot 



 

Mikroiqtisodiyot  fani  firma  va  uy  xo`jaliklarining  qarorlarini  va  ularning 

maxsus bozorlardagi o`zaro aloqalarini, firma va uy xo`jaliklarining iqtisodiy qaror 

qabul  qilishi  va  ularning  bozordagi  o`zaro  aloqalarini,  raqobat  va  ishchilar 

daromadi qanchalik ularning hatti-harakatlariga ta’sir qilishini ham o`rganadi.  

Mikroiqtisodiyot  fani  makroiqtisodiyot  bilan  juda  ham  bog’liqdir,  chunki, 

butun  dunyoda  sodir  bo`layotgan  iqtisodiy  o`zgarishlar  o`sha  alohida  individual 

sub’ektlarning  iqtisodiy  munosabatlarining  mahsulidir.  Makroiqtisodiy  o`sishni 

mikrodarajadagi  munosabatlarning  uyg’unlashuvisiz  tasavvur  qilish  qiyin.  Misol 

qilib  olsak,  makroiqtisodiyotchilar  davlat  miqyosida  tovar  va  xizmatlardan 

olinadigan  daromad  solig’ining  ta’sirini  o`rganishlari  uchun,  ular  har  bir  xo`jalik 

yurituvchilarning  tovar  va  xizmatlarni  ayirboshlashga  bo`lgan  salohiyatini 

bilishlari zarurdir. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot bir biriga aloqador bo`lib 

o`xshab ketsa-da, ammo ikkisi alohida fandir. Chunki, ikkisi turli savollarga javob 

bo`ladi, har bir fanning o`zini alohida usullari mavjud bo`lib, ikkovi ham alohida 

fan sifatida bir biridan ajralgan holda o`rganiladi.  

Mikroiqtisodiyot  ayrim  sub’ektlar  faoliyati  bilan  bog’liq.  Bular  jumlasiga 

iste’molchilar, ishchilar, kapital, yer egalari, firmalar, ya’ni aslida iqtisodiyot amal 

qilishida  muhim  o`rin  tutuvchi  individ  yoki  xo`jalik  sub’ektlari  kiradi. 

Mikroiqtisodiyot  iqtisodiyotning  quyi  bosqichda  qanday  qilib  va  nima  sababdan 

xatti-harakat  amalga  oshirilishini  tushuntirib  beradi.  Masalan,  iste’molchi  nima 

uchun tovar sotib olishga jazm qildi; narx va daromad o`zgarishi tovar tanlashga 

qanday ta’sir etdi; firma ishchilari sonini qanday rejalashtiradi, ular qaerda, qancha 

ishlashi  lozimligini  aniqlaydi,  shu  kabilarni  mikroiqtisodiyot  tushuntirib  beradi. 

Mikroiqtisodiyotning  yana  boshqa  bir  muhim  jihati  tarmoqlarda,  masalan  sanoat 

tarmoqlarida  bozorlardan  tashkil  topgan  eng  yirik  tuzilmalar  hosil  bo`lishida 

iqtisodiyot  sub’ektlarining  o`zaro  munosabatlarini  o`rganishdir.  Mikroiqtisodiyot 

shu narsani, masalan, amerika avtomobil sanoatining tarixiy rivojlanish mantiqini, 

avtomobil  bozorida  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste’molchilar  qanday  o`zaro 

munosabatga kirishishlarini anglab olishga yordam beradi. Bu fan avtomobillarga 

narx  qanday  belgilanishini,  avtomobil  kompaniyalar  yangi  zavodlar  qurilishiga 

qanday  mablag’larni  investitsiya  qilishlarini,  yiliga  qancha  avtomobil  ishlab 

chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot ayrim firmalar va iste’molchilar 

faoliyatini  o`rgangan  holda  sanoat  tarmoqlari  va  bozorlar  qanday  faoliyat 

ko`rsatishini,  bularning  faoliyatiga  boshqa  mamlakatlardagi  iqtisodiy  sharoit  va 

hukumat siyosati qay yo`sinda ta’sir etishini ochib beradi. 

Mikroiqtisodiy nazariyaning ikki ko`rinishi o`zaro farqlanadi: 

a) pozitiv mikroiqtisodiyot

b) normativ mikroiqtisodiyot. 


10 

 

Pozitiv 



mikroiqtisodiyot 

real  iqtisodiy 

hodisalarni 

va  ularning 

aloqadorliklarini o`rganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisalarni tushuntirishni 

bildirsa, normativ tahlil bular qanday bo`lishi kerak, degan savolga javob beradi. 

AQSH  hukumati  avtomobillar  importiga  kvota  belgilaydi,  deylik.  Bunda 

mamlakatda chiqariladigan avtomobillarning narxi, ularning miqdori va sotilishida 

nima  o`zgaradi?  Bu  avtomobillardan  foydalanuvchilarga  va  avtomobil  sanoatida 

ishlovchilarga  qanday  ta’sir  etadi,  degan  savollar  paydo  bo`ladi.  Bu  savollar 

pozitiv  tahlil  doirasiga  kiradi.  Mikroiqtisodiyotda  pozitiv  tahlil  markaziy  o`rin 

egallaydi.  Benzinga  yangi  hukumat  darajasida  soliq  belgilash  ko`rib  chiqilyapti, 

deb faraz qilaylik. Yangi soliq kiritilishi bilan benzin narxi o`zgaradi, bu benzinni 

kam sarflaydigan avtomashinalarga bo`lgan talabni, shuningdek bu mashinalardan 

kundalik  hayotda  foydalanilishi  va  boshqa  narsalarni  o`zgartirib  yuboradi.  O`z 

faoliyatini  oqilona  rejalashtirish  uchun  neft  va  avtomobilsozlik  kompaniyalari 

davlat  soliq  siyosatining  turli  oqibatlari  qanday  bo`lishini  aniqlashlari  kerak 

bo`ladi.  Bu  ishni  avtomobil  uchun  ehtiyot  qismlar  ishlab  chiqaruvchilar,  sayohat 

bilan shug’ullanuvchi firmalar ham bajarishi kerak. Avtomobil kompaniyalari soliq 

qabul  qilingandan  keyingi  maksimal  foydani, katta va  kichik  litrajli  avtomobillar 

ishlab chiqarish hajmini aniqlashni, tejamli avtomobillarni ishlab chiqarish uchun 

zarur bo`lgan kapital qo`yilmalar miqdorini belgilashni xohlaydilar.  

Normativ  mikroiqtisodiyot  esa  qaysi  sharoitlar    yoki  jihatlar  maqbul  yoki 

nomaqbul  ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo`nalishlarini taklif etadi.  

Normativ  tahlil  faqat  iqtisodiy  siyosatning  sifatli  tanloviga  daxldor  emas.  U 

siyosatning  aniq  talqinlarini  ishlab  chiqishni  ham  qamrab  oladi.  Benzin  solig’i 

maqbul  degan  qarorga  kelingach,  uning  miqdori  haqidagi  masala  yuzaga  keladi. 

Biz xarajatlar va daromadlar muvozanatini hisobga olib benzinga solinadigan soliq 

optimal miqdori qanday bo`ladi, degan savolni beramiz. Normativ taxlil ko`pincha 

baho  berish  xususidagi  mulohazalar  bilan  to`ldiriladi.  Masalan,  benzinga  soliqni 

import  qilinadigan  neft  uchun  qo`yilgan  boj  bilan  taqqoslab  shunday  xulosaga 

kelish  mumkin,  garchi  neft  solig’ini  boshqarish  yengil  bo`lsa-da,  bu  kam 

daromadli iste’molchilarga ancha ko`proq ta’sir o`tkazishi mumkin. Bunday vaqtda 

jamiyat  ijtimoiy  adolatni  iqtisodiy  samaradorlik  bilan  qiyoslab  ko`rishi  zarur 

bo`ladi.  Baho  berish  xususidagi  mulohazalar  qo`llanilgan  paytda  mikroiqtisodiy 

siyosatning eng yaxshi variantayo`li nimadan iborat, degan savolga javob berishga 

qodir  bo`lmaydi.  Ammo  mikroiqtisodiyot  omillarning  o`zaro  ta’sirini  ko`rsata 

biladi va bu bilan bahsli munozara oydinlashishiga yordam beradi. 



Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin