1-MODUL. Nazariy mexanika. Statika.Kuchlar sistemasi.
1-MA’RUZA
MAVZU:Fanga kirish. Amaliy mехаnikа fаnigа kirish. Stаtikаning аsоsiy аksiоmаlаri. Kuch turlаri. Bоg’lаnish аksiоmаsi vа bоg’lаnish rеаktsiya kuchlаri. Kuchning o’qdаgi vа tеkislikdаgi prоеktsiyasi.Kеsishuvchi kuchlаr sistеmаsi vа uning muvоzаnаt shаrtlаri. Nuqtаgа vа o’qqа nisbаtаn kuch mоmеnti. Tеkislikdа vа fаzоdа iхtiyoriy jоylаshgаn kuchlаr sistеmаsining muvоzаnаt shаrtlаri.
REJA:
1.Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Statikaning asosiy aksiomalari. 2.Кesishuvchi kuchlar sistemasi teng ta’sir etuvchisini geometrik usulda aniqlash.Кuchni tashkil etuvchilarga ajratish
3.Berilgan kuchni uchta kesishuvchi tashkil etuvchilarga
ajratish. Кesishuvchi kuchlar sistemasi teng ta’sir etuvchisini analitik usulda aniqlash
4.Uch kuch muvozanati haqida teorema. Statik aniq va statik aniqmas masalalari
Jismga ta’sir etuvchi kuchlar turlari, ular ustida amallar, kuchlarning muvozanat shartlarini o’rganuvchi nazariy mexanikaning bo’limi statika deb ataladi. Statikani o’rganish uchun zarur bo’lgan asosiy tushuncha va ta’riflarni keltiramiz.
1. Moddiy nuqta.Кo’rilayotgan masalada geometrik o’lchamlarining ahamiyati bo’lmagan jism moddiy nuqta deb ataladi.
2. Mexanik sistema. Har birining holati va harakati boshqalarining holati va harakatiga bog’liq bo’lgan moddiy nuqtalar to’plami mexanik sistema deb ataladi. Ta’rifdan ko’rinadiki mexanik sistema moddiy nuqtalar orasida o’zaro ta’sir mavjud bo’lishini taqozo qiladi.
3. Absolyut (mutlaq) qattiq va deformatsiyalanuvchi jism. Qattiq jismning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa har qanday holatda ham o’zgarmasdan qolsa, bunday jism absolyut (mutlaq) qattiq jism deb ataladi. Tabiatda mutlaq qattiq jism mavjud emas. Har qanday qattiq jism bo’lmasin, shunday sharoit mavjud qilish mumkinki, uning ikki nuqtasi orasidagi masofa o’zgarishiga olib kelish mumkin. Bu jism shaklining o’zgarishiga olib keladi. Ikki nuqtasi orasidagi masofa o’zgaruvchi bo’lgan qattiq jism deformatsiyalanuvchi jism deb ataladi. Binobarin tabiatda faqat deformatsiyalanuvchi jism mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: |