Terapiya va harbiy-dala terapiyasida hamshiralik



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/15
tarix20.07.2020
ölçüsü0,62 Mb.
#32245
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Терапия кулланма

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

TERAPIYA VA HARBIY-DALA TERAPIYASIDA HAMSHIRALIK

ISHI
Ta'lim soxasi – «Sog’liqni saqlash» - 720000


5720600 - "Oliy hamshiralik ishi" ta'lim yo’nalishi uchun darslik

TOSHKENT 2012


Mualliflar : I.S. Razikova professor TTA Хamshiralik ishi kafedrasi

D.Ya. Aliqulova аssistent ТТА Хamshiralik ishi kafedrasi

Q.Q. O’talov аssistent ТТА Хamshiralik ishi kafedrasi

Z.T. Haydarova аssistent ТТА Хamshiralik ishi kafedrasi

Taqrizchilar:

B.T.Хolmatova - TTA Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti dekani,

Tibbiyot fanlari doktori, professor

I.A.Shomansurova - Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutining Pediatriyada

poliklinika va reabilitologiya kafedrasi mudiri: t. f. n. dosent.

Darslik TTA MUHida muhokama qilindi.

«____»________ 2012 yil № ___ bayonnoma

Darslik TTA Ilmiy Kengashida tasdiqlandi.

«____»________ 2012 yil № ___ bayonnoma
TTA Ilmiy Kengashi kotibi

Tibbiyot fanlari doktori, professor Salomova F.U.

MUNDARIJA

Kirish so’zi................................................................................................................5

Hamshiralik jarayoning terapiyada tashkil qilish shartlari........................................6

Ishki klinink kasalliklarining tiykargi alomatlari, diagnoz ozgeshelikleri va

emlew

O`pka nafas yo’llari keselliklerinin alomatlari..........................................................13



O`pkaning yiringli sindiromi...................................................................................14

O`pka pardasi bo`shlig`ida suyuqlik mavjudligi alomatlari....................................15

Atopik bronxial astma.............................................................................................17

O`pka emfizemasi....................................................................................................24

O`pka yetishmovchiligi...........................................................................................25

O`pka - yurak sindromi...........................................................................................27

Yurak-qon tomir sistemasi kasalliklarining tiykargi alomatlari

Qon-tomir tizimining yetishmovchiligi alomatlari..................................................29

Chap qorincha o`tkir yetishmovchiligi alomatlari...................................................32

O`ng qorincha yetishmovchiligi..............................................................................32

Miokardning yallig`lanish alomatlari......................................................................34

Arterial gipertoniya alomatlari................................................................................36

Yurak mushaklari nekrozi sindromi........................................................................37

Revmatik yallig`lanish sindiromi............................................................................39

Oshqozon-ichak trakti kasalliklari sindromi

Oshqozon shilliq pardasining o`tkir yallig`lanish simptomlari.

Oshqozon shilliq pardasi yallig`lanish sindiromida xamshiralik jarayoni.............42

12- barmoqli ichak ning surunkali yallig`lanish sindromi......................................47

Surunkali ingichka ichak yallig`lanish sindiromi - surunkali enterit......................48

Yo`g`on ichakning yallig`lanish sindromi..............................................................50

Oshqozon osti bezlarining surunkali yalig`lanish sindromi-surunkali pankreatit..52

Jigar va safro xaydash yo`llari kasalliklari sindromi..............................................53

Jigar pareximasining surunkali yallig`lanish sindromi...........................................55

Jigar sirrozi..............................................................................................................60

Jigar-xujayralarida yetishmovchilik sindromi ….………………………………...62

Buyrak va siydik chiqqaruvchi sistemalarning kasallik sindromi

Buyrak parenximasining o`tkir yallig`lanish sindromi...........................................64

Buyrak parenximasining surunkali yallig`lanish sindromi.....................................66

Siydik tutilish sindromi...........................................................................................68

Anemiya sindromida hamshiralik jarayoni

Anemiya sindromida hamshiralik jarayoni……………………………………….69

Xarbiy dala terapiyasida hamshiralik ishi

Radiatsiya nurlaridan zararlanish………………………………………………....77

Nur kasalligi………………………………………………………………....……78

O’tkir nur kasalligi ……………………………………………………….……...78

Surunkali nur kasalligi ………………………………………………….………88

Yaradorlarda Ishki a’zolar kasalliklari………………………………….……….90

Portlash to’lqini ta'sirida Ishki a'zolarda kelib chiqadigan kasalliklar……………

Uzoq ezilish holati….……………………………………………………………101

Kuyish kasalligi………………………………………………………………….104

Vaziyatli masalar to’plami………………………………………………...…… 107

Testlar to’plami………………………………………………………...………..121

Amaliyotda o’tkaziladigan amaliy ko’nikmalarni bajarish algoritmi ………….131

KIRISH SO’ZI

Darslic tibbiyot oliygohlarida hamshiralik ishi bo’yicha bakalavr darajasiga

erishish uchun ta'lim olayotgan talabalarga tavsiya etiladi. "Terapiyada hamshiralik

ishi va Harbiy dala terapiyasi" fani hamshiralik ishining zamini bo’lib,

kasalliklarga hamshiralik yondashuvini, parvarishning yangicha usulini, salomatlik

tushunchasi, uning ko’rsatkichlari, salomatlikka ta'sir etuvchi omillar, sog’liqni

saqlashning ustuvor yunalishlari, salomatlikni tiklash choralari kabi masalalarini

o’rgatadi. Bolalar, ayollar, aholining ijtimoiy muxofazaga muxtoj guruhlari bilan

ishlashni ko’zda tutadi, terapiyada hamshiralik ishi bo’yicha hamshiralik jarayonini

bilish nuqtai nazaridan ta'lim beradi, hamshira diagnozi, deontologiya masalalari va

shaxslararo muloqot (kommunikatsiya), sanitariya-oqartuv ishlarining yangi

shakllarini va hamshiralik ishining klinik aspektlarini o’rgatadi.

Darslic oliy ma'lumotli hamshiralar uchun tibbiyot oliygohlari tomonidan tavsiya

etilgan namunaviy dastur asosida yozildi.


Hamshiralik jarayonining terapiyada tashkil qilish shartlari

Hamshiralik jarayoni, bu-Ishki kasalliklar (terapevtik) bilan og’rigan bemorlarni

parvarishi, shifokor belgilagan muolajalar to’liq olinishini nazorat qilishning

tashkiliy to’zilishidir. Bu usul - hamshiralik yordami ko’rsatio’shni tashkil etish

uslubi, odatda, bemor bilan hamshiraning o’zaro muloqotini o’z ichiga oladi. Bu

holatda bemorga qandaydir xastalanish holati emas, balki kasal shaxs sifatida

qaralishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Hamshira puxta bilim egasi, tez fikrlash hamda tahlil qilish qobiliyatiga ega

bo’lishi shart. Shuning uchun ham, hamshiralik ishi - hamshiraning fikrlash

qobiliyati va faoliyatidan iborat bo’ladi.

Hamshiralik ishining 3 ta tiykargi tavsifi - harakteristikasi bor: maqsad, tashkil

qilish, bilim darajasi (hamshiraning ijodiy qobiliyati).

Hamshiralik ishida hamshiraning maqsadi quyidagilardan iborat bo’lmog’i lozim:

1. Bemorni parvarishlash va nazorat qilishda uning muammo va ehtiyojlarini

muvofiqlashtirish;

2. Bemorni parvarishlashda ko’zda tutilgan maqsad va erishilgan samaraning

ahamiyatini aniqlash;

3. Bemorning har xil ehtiyojlarini qondirish borasida hamshiralik mahoratini

qo’llash.

4. Hamshiralik ishining samaradorligini baholash.

Bu jarayonning tashkiliy qismi, ya'ni tibbiy ko’rik, hamshiralik diagnozini

qo’yish, rejalashtirish, rejaning amalga oshirilishi va olingan natijalarni baholash

hamshiralik ishining tarkibiy qismini tashkil etadi. Va nihoyat, uchinchi tasnifi -

hamshiraning bilim darajasi turli qiyinchilik va muammolarni o’z bilim, ko’nikma

va malakasi yordamida yechish imkonini beradi.

Bu jarayonning tarkibiy qismi,bemorni hamshiralik k’o’rigidan otkazish,

uning holatiga diagnoz qo’yish (muammo va extiyojlarini aniqlash), aniqlangan

extiyoj (muammo)larni qoniqtirish maqsadida yordamni rejalashtirish, zaruriy

hamshiralik aralashuvi rejasining amalga oshirilishi va olingan natijalarni

baholash.

a) tibbiy ko’rik, bu - bemorning sog’lig’i haqidagi ma'lumotlar asosida olingan

natijalardir. Ular asosida maqsadli surovlar, ya'ni bemorning hayot tarzi, uning

shikoyatlari, haqiqiy kasalligi, qanday kasalliklar bilan og’rigani, allergik

kasalliklarga moyilligi, shuningdek, bemorni bezovta qilayotgan boshqa

muammolar haqida surishtirishdan iborat.

Bu ma'lumotlarni olishda nafaqat bemorning o’zi, balki uning atrofidagilari,

oila a'zolari, ishxonasidagi hamkasblari hamda tibbiy xodimlar va tibbiy ko’rik

kartalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng tiykargisi - bemor bilan hamshira

o’rtasida o’zaro hamkorlik, hamfikrlilik paydo bo’lishiga urg’u berilishi kerak.

Ko’pchilik hollarda bu ma'lumotlarni olish uchun bemordan yaxshisi topilmaydi,

chunki u bergan ma'lumotlar aniq tashhis qo’yishda muhim ro’l o’ynaydi. Bemor

yosh bola, ruhiy kasal yoki bexush bo’lgan hollarda ma'lumotlar oila a'zolaridan

olinadi.

Tibbiy ko’rik kartasi yoki tibbiy xujjatlar bemorning o’tmishdagi kasalliklari,

uni emlew uslublari va erishilgan natijalar haqida ma'lumot beradi. Bularni

o’rganish esa hamshiraning bilim darajasini oshirishga hamda bemor to’g’risida

ko’proq ma'lumot olishga yordam beradi.

Shundan so’ng bemorni yaxshilab tekshirish, ya'ni uning ruxiy holati, tana

to’zilishi, fe'l-atvori va muloqot saloxiyatini bilib olish zarur. Teri va shilliq

qavatlarni ko’zdan kechirilayotganda, rangi, qayishqoqligi, har xil toshma, chandiq

va tirnalgan joylarga diqqatni qaratish kerak. Shuningdek, teri osti yog’ qatlami,

qorin devori, oyoq tomirlarining varikoz kengayishi, qorin bo’shlig’ida suyuqlik

mavjudligini ham baholash zarur.

Tibbiy ko’rikda, shuningdek, bemorni tekshirishning jismoniy usullarini

qo’llash, ya'ni palpatsiya - paypaslash (kasal joylarni barmoq bilan paypaslab

ko’rish) yordamida ovoz tebranishi, ko’krak qafasining to’zilishi, og’riq nuqtalari;

perkussiya - badanga barmoq bilan urib ko’rib eshitish orqali ko’krak qafasi,

okpe, tana, son suyagi, timpanik, zaiflashgan - timpanik; okpelarning pastki

chegarasi va chekka qismlarining harakatchanligi, tepa qismining balandligi va

Krening maydonining kengligi,tiykargi nafas olish yo’llarini eshitish, bronxial va

vezikulyar nafas olish, o’nga qo’shimcha xirillash, zo’rayish, okpe pardasining

tovushi, Gippokrat shovullashi, tomchilarning tovushi hamda bronxofoniyani

aniqlash zarur.

Bu ma'lumotlarni yig’ib bo’lgandan so’ng hamshiralik diagnozi qo’yiladi.

Hamshiralik diagnozi bu - bemorning hozir ko’rinib turgan va ayni damda yashirin

bo’lsa-da, yo’zaga chiqishi aniq bo’lgan kasalligini aniqlashdir.

Bu bosqichning tiykargi maqsadi quyidagilarni hamrab oladi:

1) yo’zaga chiqqan va ayni damda yashirin ko’rinishda bo’lgan, shuningdek,

bemor tanasining kasallikka qarshi kurashish davrida paydo bo’lgan muammolarni

aniqlash;

2) bu muammolarni keltirib chiqaruvchi omillar;

3) muammolarni hal etishda yoki ular haqida ogoxlantirishda bemor tanasining

kuchli tomoni. Bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, qorin bo’shlig’idagi

og’riq, so’lak ajrashi, ich ketishi, qabziyat, uyqusizlik, nafas siqishi, vaxima,

bezovtalik va boshqalar shular jumlasidandir.

Shuni ham ta'kidlash joizki, hamshiralik diagnozi kasallikni emlew

jarayonida uning kechishiga qarab o’zgarib turishi mumkin.

Hamshiralik diagnozini qo’yish davrida hamshira bemorning ruxiy holati

o’zgaruvchan bo’lib qolishiga ahamiyat berishi lozim: odamovilik, asabiylashish,

tajovo’zkorlik, yig’loqilik, ruhiy siqilish, savollarga javob berishni istamaslik. Bu

holatlarning hammasi hamshiralik diagnozini qo’yishda e'tiborga olinishi shart.

Hamshiralik diagnozini shifokor diagnozi bilan chalkashtirmaslik kerak.

Ularning tafovuti:

Shifokor diagnozi


Hamshira diagnozi


- kasallikni aniqlash;

-kasallik kechishi davomida o’zgarmasligi mumkin; shifokorlik amaliyoti doirasida muolaja tayinlash; -

odatda, organizmda yo’z beruvchi patafizilogik o’zgarishlar bilan bog’liq



-kasallik tufayli organizmning qarshi

kurashga qaratilgan maqsadini amalga

oshirish; - har kuni yoki kun davomida, organizmning kasallikka qarshi kurash davridagi o’zgarishlarga qarab o’zgartiriladi; -hamshiralik vakolati va tajribasi doirasidagi aralashuv; - bemorning o’z sog’lig’i haqidagi tasavvuriga ko’ra


Masalan, shifoxonaga harakati cheklangan bemor keltirildi. Uning dastlabki muammosi - qimirlay olmaslik yoki chegaralangan harakat. Ikkinchi muammo

yashirin holdagi) - yotaverishdan badan uyushib, jonsiz bo’lib qolish xavfi. Ikkala

holatda ham hamshira o’zi uchun amaliy choralarni belgilab oladi, yotoq yarasi

paydo bo’lishi yashirin holat oshkora muammoga aylanmasligi uchun uni nazardan

qochirmaydi. Hamshira aniqlangan diagnozni kasallik varaqasiga yozib boradi. Ularning har

biri bo’yicha alohida chora - tadbirlar rejasi va taktikasi ishlab chiqiladi. Bu

hamshiralik jarayonining uchinchi tarkibiy qismi bo’lib, uning maqsadi xizmat

ko’rsatish birinchi darajadagi ahamiyatga ega bo’lishi, yo’z berishi mumkin

bo’lgan oqibatlarni aniqlash va bemorni parvarish qilish rejalarini ishlab

chiqishdan iborat. Hamshira amalga oshiradigan chora - tadbirlar: bemorni parvarish qilish

choralarini belgilash; bemorni parvarish qilish uchun reja to’zish, kutilgan

natijalarni rejalashtirish; kerakli maslaxatlar berishga tayyorlanish. Reja, bu -

harakatlanish tartibini aniqlab olishdir. Shuningdek, reja asosida yana bemorni

parvarish qilishdagi tadbirlar bemorni qo’shimcha tibbiy kurik usullariga

tayyorlash; laboratoriya tekshiruvlari uchun biologik materiallarni olish; bemorni

shifokor ko’rsatmalari bo’yicha emlew hamda boshqa mutaxasislar bilan

maslaxatlashuvni rejalashtirish va h.k. bu holatda bemor rejaning asosini tashkil

etishi lozim. Hamshiraning tiykargi maqsadi: qisqa muddatli - 7 - 10 ko’nga

mo’ljallangan, davomli - uzoqroq muddatga mo’ljallangan bo’lishi kerak.

Maqsad yozish davrida: harakat, mezon, sharoitni xisobga olish lozim.

Masalan: hamshira bemorga 2 kun davomida o’z – o’ziga insulin in'eksiyasini

qilishni o’rgatishi zarur. Harakat - in'eksiya qilish; Mezon - 2 kun davomida.

Sharoit - hamshira yordamida. Hamma tadbirlarni rejalashtirgan hamshira ularni bajaradi. Bu hamshiralik jarayonining to’rtinchi bosqichidir. Rejaning bajarilishini amalga oshirish harakati.

Bu bosqich maqsadining asosini bemorni kerakligicha parvarishlash bilan birga, shifokor ko’rsatmalari o’z vaqtida bajarilishini ta'minlash, ya'ni bemorni har xil tekshiruvlarga tayyorlash, tekshiruvlar uchun biologik materiallarni olish (qon, peshob, axlat, balg’am, oshqozon ichi suyuqligi), dori-darmonlarni o’z vaqtida tarqatish, har xil in'eksiyalarni qilish, zarur shifokorlar maslaxatlarini tashkil etish, bemorni ko’zatish va parvarish qilish choralarini o’z vaqtida bajarish.

Bu harakatlarni amalga oshirish rejalashtirilgan tadbirlarni bajarib bo’lib, ular

bemorning hayotiy extiyojlarini qondirishga yordam beradi; bemorning oila

a'zolarini uni parvarishlashga o’rgatish va maslaxatlar berish; bemorni parvarish

qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Rejalashtirilgan tadbirlarga bog’liq holda amalga oshirishning 3 ta tiykargi bosqichi mavjuddir: a) nomustaqil - bunda shifokorning kursatmalari talab qilinadi, lekin

hamshiraning bilim va malakasidan foydalanish zarur. Masalan, bemorga

belgilangan dorilarni berish, in'eksiya va tomchi dorilarni yuborish, oshqozon va

o’t pufagi suyuqligini olish uchun zond yuttirish, bemorni maxsus ko’riklardan

o’tishga tayyorlash va h.k.; b) mustaqil - hamshira bevosita faoliyatining bir qismidir. Qoidaga muvofiq, uning harakati hamshiralik amaliyoti bilan tartibga solinadi: soch, ko’z, og’iz

bo’shlig’i, teri parvarishi, harakatsiz yotgan bemorning badani uvishib qolishining

oldini olish, bemorni yuvintirish; v) o’zaro bog’langan - hamshiraning boshqa tibbiyot mutaxasislari bilan qaror va farmoyishlar orqali hamkorlikdagi faoliyati. Qaror, bu – ko’rik davomida hamshiraning bajarilishi lozim bo’lgan muolajalar belgilangan rejasi.

Bemorning yordamga muxtojligi vaqtincha, doimiy yoki sog’liqni tiklab

olgo’ngacha bo’lishi mumkin. Masalan, vaqtinchalik yordam qisqa muddat ichida

(O’NK – o’tkir nafas yo’li kasalligi, ya'ni ORZ) kerak bo’ladi. O’zini boshqara

olmaydigan, ya'ni umurtqa pog’onasining ko’krak qismi jaroxatlangan bemorga

doimiy yordam zarur bo’ladi. Sog’liqni tiklab olgunigacha beriladigan yordam bemor o’zining kundalik

ehtiyojlarini qondirishning yangi ko’nikmalariga ega bo’lib, mustaqil

harakatlanadigan va o’zini parvarishlay oladigan bo’lgunicha ko’rsatilishi talab

qilinadi. Bemorni parvarish qilish tadbirini amalga oshirishda maslahat ham

muhim o’rin tutadi. Aynan maslahat tufayli hamshira bemorning sog’ayishiga

yordam beribgina qolmay, balki bemorlar, ularning oila a'zolari hamda tibbiy

hodimlar o’rtasida samimiy aloqalar urnatilishiga kumaklashadi.

Maslaxat - bu ta'sirchan, aqliy va ruhiy yordamdir. Hamshira bemorni har

qanday kasallik ta'sirida yo’z beradigan va yo’z berishi mumkin bo’lgan

o’zgarishlarga tayyorlashda yaqin ko’makdosh bo’ladi. Bu maslahatlarga ehtiyoj

sezuvchi bemorlar qatoriga sog’lom hayot tarziga qaytayotgan bemorlar, ya'ni

chekishni tashlamoqchi, ozmoqchi bo’lganlar va h.k. ham kiradi. Bemor hayotiga

xavf soluvchi kasalliklar davrida esa uning oila a'zolari har qanday mudxish

holatga tayyor turish uchun dalda beruvchi maslahatga muxtoj bo’ladilar.

Hamshira parvarishi bemorning sog’lig’i borasidagi muammolarni hal etish,

yashirin, ammo yo’zaga chiqishi mumkin bo’lgan muammolarning oldini olish

hamda sog’liqini tiklash uchun kerakdir.

Va, nihoyat, oxirgi bosqich - natijalarni baholash.

Hamshira harakatlarini baholash - berilgan hamshiralik yordamining bemorga

qanday ta'sir qilganida namoyon bo’lib, hamshiralik jarayonini yakunlovchi

bosqichi hisoblanadi, uning maqsadi esa bemorlarni parvarish qilish borasidagi

chora - tadbirlar qay darajada egallanganligini aniqlashdir.

Hamshira bemorni tinchlantirish uchun u bilan suhbatlashgan yoki o’nga og’riq

qoldiruvchi ineksiya qilgan bo’lsa, u holda hamshira bir oz vaqt o’tgandan so’ng

bemorning ahvolidan albatta xabar olishi, qanday o’zgarishlar bo’layotganini

aniqlashi shart.

Hamshiralik ishini umumiy baholash bemorning butunlay sog’ayib ketganida,

boshqa bo’limga o’tkazilayotganida, uzoq muddatli emlewni talab etilganda yoki

bemor vafot etganida amalga oshiriladi.

Bu bosqich 3 ta jihatni o’z ichiga oladi:

1. Bemorning hamshira aralashuviga bergan bahosi. Bu baho mehribon, salbiy,

tajovo’zkor, do’stona va xokazo bo’lishi mumkin.

2. Sog’lig’ining yaxshilanishi uchun qilinadigan aralashuvlar (in'eksiya, tomchi

dorilar va boshqa muolajalar) haqida bemorning fikri.

3. Ko’zda tutilgan maqsadni baholash - bemorning umumiy holati va sog’lig’i

qanchalik tez yaxshilansa, ko’zda tutilgan maqsad shunchalik to’g’ri bo’lib

chiqadi.

Yuqoridagilardan tashqari, hamshira Ishki kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni

to’g’ri yo’nalishda parvarish qilishda kasallik simptomlarining tiykargi belgilarini va

ularning rivojlanish darajasini bilishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, hamshira diagnozi, bu - hamshira tomonidan bemor

salomatligidagi muammolarining aniqlanishidir.

Mualliflar Karlson, Kraft va Makgyure tomonidan 1982 yilda yozilgan

"Hamshiralik ishi" qo’llanmasida: "Hamshira diagnozi bu - hamshira ko’rigi orqali

bemorning umumiy ahvoli (xozirgi sog’liqi yoki yashirin, ammo kasallikdan

kelib chiquvchi holati)ga qo’yilgan va Hamshira - hamshiraning bevosita

aralashuvini talab qiluvchi diagnozdir" degan yangi ta'rif paydo bo’ldi.

Hamshiralik jarayonini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajarish yordam

beradi:


- emlew jarayonini qo’shimcha muolajalarsiz sifatli va qisqa muddatda amalga

oshirish;

- shifokorlarga bo’lgan talabni "Hamshiralik bo’limlari, uylari, Hospis"larini juda kam shifokorlar bilan birga tashkil qilish hisobiga kamaytirish; - hamshiraning emlew jarayonidagi rolini oshirish kerak, bu holat hamshiraning o’z mehnatiga yarasha jamiyatda ijtimoiy mavqeini yanada

balandroq bo’lishiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi;

- hamshiralarning har tomonlama keng ko’lamli ma'lumotga ega bo’lishlariga

ko’maklashish, emlew jarayonini yuqori malakali hamshiralar bilan ta'minlashda

yordam beradi.
Ishki klinik keselliklerdin tiykargi simptomlari, diagnoz ozgeshelikleri ham

emlew. Dem aliw jollari keselliklerinin simptomlari.

Okpe tokimalarinin isiniw sindromi – okpede plazma jinaliwshi

pnevmonia, oshaqli pnevmonia, okpe tuberkwlez keselliklerinde guzetilip, dene temperatwrasinin

koteriliwi, isitmali qaltiraq tutiwi, dem aliw ham jotellewde, okpenin

zararlangan qismida og’riq turishi, buning natijasida bemor yo’tala olmay

qiynalishi va nafas olishning yo’zakiligi ko’zatiladi. 2 kundan so’ng oz miqdordagi

shilimshiq yopishqoq balg’am (gohida qonli) paydo bo’ladi. Eritrotsitlarning

parchalanib ketishi natijasida tez orada balg’am qizqish jigarrang tusga

("zanglagan" balg’am) kiradi. Balg’am ko’chishi ortib boradi, lekin sutkasiga 100

ml.dan oshmaydi.

Kasallik to’zala borgani sari balg’amning yopishqoqligi kamayib, ajralishi

osonlashadi va uning qo’ng’ir rangi yo’qolib boradi.

Bemorni ko’rishning 1 - kunidayoq yo’zning giperemiyasi ko’zatiladi va

zararlangan tomonda ko’proq bilinadi, lablar sianozi, akrosianoz va burun va burun

kataklarida, yo’z va lablarda gerpetik toshmalar paydo bo’ladi.

Ko’pincha, yo’zaki, tez - tez nafas olinishi guzetilip, okpening yallig’langan

qismida harakatlanish chegaralangan bo’ladi. Kasallikning 1 - kunida okpeni

barmoq bilan urib eshitishdayoq kasallangan qismda qisqa ovozning pasayishi

holatlari aniqlanadi. Kasallikning dastlabki davrida ovoz titrashi bir muncha

kuchayadi, avjiga chiqqanda esa aniq kuchayadi.

Dastlabki eshitib ko’rishda susaygan vezikulyar nafas aniqlanadi, 2 -bosqichda

esa bronxial nafas eshitiladi. Aksariyat hollarda kasallikning birinchi kunlaridanoq

krepitasiya holatlari (cripitatio inducs), okpedagi oz miqdordagi tarqoq quruq va

nam xirillash aniqlanadi. Kasallikning okpe pardasiga tarqalishida okpe

pardasining ishqalanish - tebranish shovqini ko’zatiladi.

Kasallikning 2 - bosqichida ko’p hollarda organizmning zaharlanishi

simptomlari; bosh og’rishi, serzardalik, bo’shashish, uyqusizlik, bequvvatlik

ko’zatiladi. Og’ir holatlarda xayajonlanish, ongning xiralashuvi, alaxsirash, ruhiy

holatning o’zgarishi, gallyusinasiya ko’zatiladi. Tananing boshqa a'zolarida ham

o’zgarishlar sodir bo’ladi: taxikardiya, qon bosimining pasayishi, ba'zi hollarda

yurak faoliyatining keskin susayishi (kollaps) holatlari, okpe arteriyasi II to’n

tovushning boshqacha holatlari yo’zaga keladi. Keksaygan va qari kishilarda yurak

va yurak toj tomirlari yetishmovchiligi, ba'zi hollarda yurak urishi maromining

bo’zilishi ko’zatiladi.

Rentgen tekshiruvida okpening ma'lum bir bo’g’inlarida dog’lar ko’zatiladi.

Qonning tahlilida esa neytrofil leykositoz 20 . 109 l gacha, neyrofil yadro

tayoqchalarining chapga surilishi 6 - 30 % atrofida ekanligi ma'lum bo’ladi. Shu

jumladan, nisbiy limfopeniya ham ahamiyatga ega. EChT ning o’sishi, fibrogenlar,

sial kislotasi, seromukoid, plazmalarning yuqoriligi ko’zatiladi. S-reaktiv oqsilga

nisbatan ijobiy reaksiya. Isitmalayotgan davrida peshob (siydik) taxlilida mo’tadil

proteinuriya, tuberkwlezndruriya, kam miqdorda eritrotsitlar aniqlanishi mumkin.

Sog’ayish jarayonida ahvol yaxshilanadi, yo’tal kamayadi, nafas olish

keskinlashib, keyin sekin-asta mo’tadillashadi, bu holatda krepitatsiya eshitiladi,

tekis xirqiragan tovushlar kamayib boradi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin