Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/29
tarix26.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#135205
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Misol (namuna) «Muammo» texnologiyasi 
Muammo
Yuzaga kelish 
sababi 
Salbiy oqibatlar
Hal etish yo‗llari 
Shaxsan men nima 
qilshim mumkin? 
Suvsizlik
Toza 
ichimlmk 
suvidan 
tarbibsiz 
foydalanish, 
korxonalarning 
ko‗payshi 
va 
boshqalar. 
Suvsizlik 
muammosi 
kasalliklarning 
ortishi 
va 
boshqalar 
Tejamkorlik bilan 
foydalanish suvga 
nisbatan befarq 
bo‗lmaslik va 
boshqalar
Suv jumraklarini xar 
doim yopman, 
bekorga 
ifloslantirmayman 
va boshqalar
UYGA VAZIFA 
Tabiatshunoslik daftaringizga: O‗zbekiston tabbiy xaritasidan qanday daryo 
buloq va suv omborlar borligni aniqlang va ularning hajmi umumiy xolatini 
yozing. 


60 
Umumiy xulosa. 
Adabiyotlarni tahlil qilish va tajribalarni o‗rganish asosida o‗quv kuni 
integratsiyasining uchta modelini ajratish mumkin. Birinchi modelning mohiyati 
shundan iboratki, bir kunning o‗zida umumiy kompleks muammoni hal qilish 
orqali birlashgan, darslararo aloqalari mavjud bo‗lgan bir necha dars o‗tkaziladi. 
O‗quv kunining bunday tashkil qilinishi o‗quvchilar bilimining sintezlanishiga
turli fan o‗qituvchilari harakatining o‗quvchilar bilimini shakllantirishdagi 
birlashuviga yordam beradi. Bu esa, o‗z navbatida, o‗qituvchilarning darslarga 
tayyorgarlik ko‗rish jarayonida hamkorlik qilishlari natijasida ta‘minlanadi. 
Integrallashgan kun boshqa modelining o‗ziga xos xususiyati shundaki, o‗quv 
kuni davomida nazariya va amaliyot birga qo‗shib o‗qitiladi. Bunda birinchi 
navbatda 6 soatlik bitta mashg‗ulot davomida maxsus texnologiya va ishlab 
chiqarish ta‘limining birgalikda qo‗shib olib borilishi haqida so‗z yuritilmoqda. 
Bunday ta‘lim shaklining boshqacha nomi binar darsdir. O‗quv kuni 
integratsiyasining uchinchi modeli ―sho‗ng‗ish‖ (―konsentratsiya‖) deb ataladi. 
Bunga ko‗ra, bir o‗quv kunida bittadan uchtagacha fan o‗qitiladi. Bu esa bitta fan 
bo‗yicha qatorasiga bir necha dars o‗tilishi hisobiga erishiladi.
O‗quvchilarning o‗rganilayotgan materialning nisbatan tugallangan yaxlit 
bloklarini chuqur va mustahkam o‗zlashtirishlari ta‘minlanadi. 
O‗quvchilarni faoliyatning turli-tuman ko‗rinish va shakllariga jalb qilishga
faoliyatni tashkil etishning frontal, guruh va individual shakllarini maqbul tarzda 
birga qo‗shib olib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Pedagog va o‗quvchilarning birgalikda ijod qilishlariga keng imkoniyatlar 
yaratiladi, 
o‗quv jarayonida hamkorlik, o‗zaro yordam, ta‘limning 
insonparvarlashuvi namoyon bo‗ladi.
Pedagog 
ta‘limni tashkil etishning, komplekslashtirishning turli-tuman 
shakllaridan, ularni o‗quv kuni doirasida o‗quv jarayonida o‗quvchilar faolligini 
ta‘minlaydigan va qo‗llab-quvvatlab turadigan shakllarga ( masalan, guruhlarda 
dars-suhbat-ma‘ruza-mustaqil ish) integratsiya qilish imkoniga ega bo‗ladi.
O‗quvchilarni majburlab o‗qitish yo‗qoladi.


61 
Ta‘limni haqiqiy differensiatsiyalash, o‗quvchilarning yosh, aqliy, jismoniy 
xususiyatlarini hisobga olish uchun shart-sharoitlar yuzaga keladi. 
Darslarda ko‘proq ularni qiziqtirish uchun innovastion texnologiyalardan 
foydlanish maqsadga muvofiqligini ko‘ramiz. Ayniqsa, hamkorlikka asoslangan 
o‘quvchilarning faolligini oshirishga mo‘ljallangan o‘quvchilarni boshqarish 
fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar manfaati bilan hisoblashish
ularga o‘rgatish, ta‘sir qila olish, o‘zining va boshqalarning ―men‖ligini sezish, 
his qilish, o‘zini boshqarish fikrini aniq, lo‘nda va puxta bayon eta olishga 
o‘rgatishdan iboratdir. Ayniqsa, biz yuqorida ko‘zda tutgan o‘qish darsida 
innovastion texnologiyalardan foydalanamiz. O‘qitish nutqiy, aqliy, fikriy 
holatlarni rivojlantirish, ularda bilim, ko‘nikma, kategoriyalarni tez shakllanadi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin