Buning sababini ikki tomonlama tushuntirishimiz mumkin


RO‘YBERADIGAN JARAYONLARNI FIZIK MODELLASHTIRISH



Yüklə 176,1 Kb.
səhifə4/11
tarix02.01.2022
ölçüsü176,1 Kb.
#43587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
18-amaliy ish

RO‘YBERADIGAN JARAYONLARNI FIZIK MODELLASHTIRISH

Respublikamiz xududida hozirgi davrga qadar juda ko‘p miqdordagi Gidrotexnik inshoatlar majmuasi qurilganligi bizga ma’lum. Aziz o‘quvchi, shuni e’tirof etishimiz kerakki, ushbu majmualar qurilishidan oldin ularning deyarli barchalarini fizik modellari qurilib, ularda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha gidrodinamik jarayonlar oldindan shu modellar yordamidan o‘rganilgan. Bu ishlar asosan, Toshkent shahrida joylashgan ISMITI (SANIIRI),TIQXMMI (Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Muxandislari Instituti),Sankt-Peterburg shahrida joylashgan VNIIG (Butunittifoq Gidrotexnika ilmiy-tadqiqot instituti),Moskva shahrida joylashgan VNIIGM (Butunittifoq Gidrotexnika va Melioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti),MGUP (Moskva Tabiatni muhozafa qilish Istituti),Moskva shahrida joylashgan VODGEO (Butunitfoq Gidrotexnika va gidrogeologiya ilmiy-tadqiqot instituti) kabi ilmiy maskanlarda amalga oshirilgan. Bu fizik modellashtirishning asosini mexanik o‘xshashliklarning qonuniyati tashkilqiladi.

Endi «moddiy fizik modellashtirish» bilan batafsil tanishamiz. Bu jarayonni quyidagi sxema ko‘rinishda ifodalash mumkin: (16. 1-rasm).





16. 1-rasm. Gidravlik modellar

16. 1-rasm.

Ko‘pgina gidravlik formulalar moddiy modellar yordamida o‘tkazilgan tajribalar asosida olinganini biz yuqorida ko‘rib chiqdik. Bunday modellar orqali o‘tkazilgan tajribalar, faqatu yoki bu tajribaviy (eksperimental) hisobiy bog‘liqlikni yoki boshqa umumiy nazariy fikrlarni tekshirish uchungina olib borilmaydi. Ko‘p hollarda, zamonaviy sharoitda matematik-fizik modellashtirishda aniq inshoatga ta’luqli bo‘lgan loyixaviy ma’lumotlarni tuzatishga to‘g‘ri keladi. SHunday murakkab gidrotexnik inshoatlar mavjudki, bu inshoatlar, odatda nazariy hisob-kitobga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, suv olish inshoatlari, gidrouzellar va boshqalar.Bunday inshoatlarni

loyixalashda ko‘pincha «laboratoriya sharoitida loyixalash» usuliga murojaat qilinadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, labaratoriya sharoitida quriladigan ob’ekt modeli qancha katta masshtabda bo‘lsa, shuncha aniq jarayonni o‘rganish imkoniyati mavjudbo‘ladi.

Bunda laboratoriya sharoitida ko‘rilayotgan inshoatning modeli yaratiladi; bu model orqali suv o‘tkazilib, turli ko‘rsatkichlari (bosim, tezlik va h.k. ) o‘lchanadi; model uchun olingan bunday ko‘rsatkichlar natura inshoatga ko‘chiriladi.

Bunday ishni bajarishda juda ko‘p savollar tug‘ilishi tabiiy. Laboratoriyada inshoatning modeli qanday qurilishi kerak (unga qanday o‘lchamlar berilishi, o‘zan modelining devori qanday, g‘adir-budurligi qanday o‘lchamga ega bo‘lishi kerak)?Agar modeldagi inshoat natura inshoatdan bir necha barobar kichik bo‘lsa, tezlik va Q sarfga modelda qanday qiymatlar berish kerak? SHu yo‘l bilan modelda olingan natijalar natura inshoatga qanday holda ko‘chiriladi va x. k. Barcha ushbu savollar bilan fizik modellashtirish nazariyasi (aniqroq aytganda, moddiy fizik modellashtirish) shug‘ullanadi.

Suyuqlik mexanikasiga ta’luqli ushbu modellashtirish asosini fizik kattaliklar ta’limotiga tayanuvchi “o‘xshashlik nazariyasi” tashkil etadi. Shuni nazarda tutib, eng avvalo to‘liqharakatlanadigan muxitlarni o‘zida mujassam qilgan ikki mexanik (gidravlik) sistema (modellar va tabiiy, natura inshoat yoki ob’ektlar)ning mexanik o‘xshashliklarini ko‘rib chiqish lozim.



16. 4. SUV O‘TKAZGICH YOKI TUSHIRGICHLARNI MODELLASHTIRISH

Gidrotexnik inshoatlarni modellashtirishda uning ishlash prinsipiga qarab modellashtirishda ayrim jihatlar inobatga olinishi kerak. Masalan, suv o‘tkazgich yoki tushirgichlarni modellashtirishda oqimning harakatidaog‘irlik

kuchlari asosiy o‘rin tutadi. Shu sababli, tanlanayotgan masshtabda asosan Frud sonlari o‘xshashligi sharti qanoatlantirilishi kerak. Model geometrik o‘lchami qancha kichik bo‘lsa, u shuncha samarador bo‘ladi, lekin bunday hollarda oqim harakatiga sirt taranglik va yopishqoqlik kuchlarining ta’siri kuchayadi. Bu muammoni bartaraf etish uchun etarli darajada geometrik masshtab



Yüklə 176,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin