Мавзу: Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек адабиёти тараққиётининг асосий босқичлари Режа


-ma'ruza: Sh.Xolmirzayev qissa va romanlari



Yüklə 469,72 Kb.
səhifə39/55
tarix12.06.2023
ölçüsü469,72 Kb.
#129098
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а

20-ma'ruza: Sh.Xolmirzayev qissa va romanlari


SHUKUR XOLMIRZAEV
(1940 - 2005)
Shukur Xolmirzaev ijodi XX asr ikkinchi yarmidagi oʼzbek adabiyotining yorqin va mazmundor sahifalaridan birini tashkil etadi. U oʼzining rang-barang hikoyalari, publitsistik maqolalari, tarixiy esselari, realistik qissalari-yu ajoyib romanlari va dramalari bilan mazkur davr adabiyotida munosib oʼrin egallaydi.
Shukur Xolmirzaev 1940 yil 24 martda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Shahidlar guzari degan qishloqda dunyoga kelgan. Uning otasi Fayzulla Xolmirza oʼgʼli Bulungʼurdan boʼlib, shoʼrolar tuzumining dastlabki davrlarida yuqori lavozimlarda ishlagan. Millatning asl farzandlari qatagʼon qilingan 1937-1938 yillarda u ham shoʼrolar xurujidan qochib, Boysunga ketishga majbur boʼlgan. Bu yurtda u boʼlajak adibning onasiga uylangan hamda oʼsha yerda tuman gazetasida muharrirlik qilgan. Lekin u hukumat changalidan qutula olmagan. 1940 yilning oʼrtalarida qamoqqa olingan Fayzulla Xolmirza oʼgʼli sovugʼi qahrli Magadan oʼrmonlarida ogʼir mehnatdan sillasi qurib ishlagan va 1944 yilda vafot etgan. Shukur Xolmirzaevning onasi ham ishchan va oʼziga yarasha maʼlumotli ayol boʼlgan. Shu bois u uzoq yillar tuman miqyosidagi rahbarlik lavozimlarida ishlagan va bor kuchini oʼgʼliga yaxshi tarbiya berishga sarflagan. Natijada Shukurjon maktabni aʼlo baholar bilan bitirgan va 1958 yilda Toshkent davlat universitetiga oʼqishga kirgan. Shukur Xolmirzaev eslashicha, maktabda oʼqib yurgan chogʼlaridayoq unda adabiyotga havas uygʼongan. Oqibatda Shukur 5-sinfda oʼqiyotgan chogʼidayoq, yaʼni 1953 yilda Boysundagi tuman gazetasida «Shoir boʼlaman» degan birinchi sheʼriy mashqi adabiyot muallimi H.Qulniyozovning «Oq yoʼl»i bilan bosilib chiqqan. 1958 yilda esa yana oʼsha tuman gazetasida uning «Xatarli soʼqmoqda» sarlavhali dastlabki hikoyasi chop etilgan boʼlib, mazkur mashq yosh ijodkorga bitmas-tuganmas ruh va isteʼdodga ishonch baxsh etgan edi. Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetida Shukurjonning adabiyotga boʼlgan havasi yanada ortadi. Xuddi oʼsha yillari Shukur Xolmirzaev badiiy ijod sohasida dastlabki dadilroq qadamlarini qoʼyadi. Uning shiddat bilan ijod yoʼliga kirishida fakultetdagi tanqidchi M.Qoʼshjonov boshchilik qilgan adabiy toʼgarak katta maktab vazifasini oʼtaydi. Sh. Xolmirzaev xuddi shu munaqqidni oʼziga ustoz deb bilgan. Keyinchalik yozuvchi “Bu kishim – ustoz, men – shogird” essesida uning jasoratga toʼla ijodi va faol hayoti haqida iliq fikrlar bildirgan. Dorulfununda Shukur Xolmirzaev jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishib, badiiy ijod sirlarini anglay boshlaydi. U adabiy jamoatchilik orasida 1962 yilda nashr etilgan dastlabki katta asari - «Oq otli» qissasi bilan taniladi. Qissa bolalar uchun yozilgan boʼlib, unda yoshlarning oʼziga xos orzu - oʼylari va hayotga qarashlari aks etgan edi. Birinchi ijodiy qadamlaridan ruhlangan yosh yozuvchi 60-yillarning boshida birin-ketin «Toʼlqinlar», «Oʼn sakkizga kirmagan kim bor?» qissalarini va «Hayot abadiy» nomli hikoyalar toʼplamini eʼlon qiladi. Oʼshanda “Toʼlqinlar” (“Bukri tol”) qissasini (1963) oʼqib, yozuvchi Аbdulla Qahhor muallifga maktub yoʼllagan. Maktubda mashhur adib yosh yozuvchini ilk yutugʼi bilan tabriklab, unga kerakli maslahatlar bergan va oq yoʼl tilagan edi. Jumladan, Аbdulla Qahhor maktubda shunday deb yozgan edi: “Sharq yulduzi”da bosilgan “Toʼlqinlar” povestingizni oʼqidim. Povest yaxshi taassurot qoldirdi. Maʼmurjonni boshda tabassum bilan tasvir etibsiz. Butun asar davomida qisqalikka intilibsiz. Yozuvchilikda koʼzingiz ochilib kelayotgani koʼrinib turibdi. Nazarimda, povestning nomi toʼgʼri emas. Keyingi ishlaringiz baroridan kelsin!”
«Oʼn sakkizga kirmagan kim bor?» qissasida yoshlarning muhabbat yoʼlida chekkan iztiroblari-yu va bu tuygʼuning inson qalbida shakllanish jarayoni taʼsirchan shaklda yoritib berilgan edi. Qissada yosh yozuvchining asar syujetini kitobxon uchun qiziqarli qilib yaratish va yigit-qizlar qalbidagi eng nozik oʼzgarishlarni ham yuzaga chiqarish sanʼati ortib borayotganligi yaqqol sezilgan edi. Yuqoridagi qissalar-u hikoyalar toʼplami Shukur Xolmirzaev ijodiy yoʼlining mashqlar va izlanishlar bosqichini tashkil etgan edi. Koʼpchilik tanqidchilar tomonidan «Oʼn sakkizga kirmagan kim bor?» qissasi bu bosqichning jiddiy samaralaridan biri darajasiga koʼtarilganligi eʼtirof etilgan edi. Shukur Xolmirzaev mazkur povestni eʼlon qildirgandan soʼng oʼtgan qirq yildan ziyodroq davr ichida juda koʼplab hikoyalar, yana bir qancha qissalar va romanlar yozadi. Shukur Xolmirzaev hikoyanavis sifatida qaysi mavzuni qalamga olmasin ,albatta, qandaydir muhim, salmoqdor ijtimoiy fikrni ifodalashga harakat qilardi. Uning bu xususiyati, ayniqsa, keyingi davrlarda yaratilgan «Shudring tushgan bedazor», «Choʼloq turna», «Podachi», «Koʼk dengiz», «Xorun ar-Rashid», «Qadimda boʼlgan ekan», «Tabassum», «Ustoz», «Farzand» kabi hikoyalarda yaqqol namoyon boʼladi. Sh. Xolmirzaev hikoyalarida, asosan,Surxon vohasining kaloriti yorqin sezilib turadi. Ularda surxondaryoliklarning oʼziga xosligi , yorqin va katta xarakterlari, yashash tarzi yaqqol koʼzga tashlanadi. Yozuvchining «Аrpali qishlogʼida» , «Olis y ulduz ostida», «Miltiq otildi», «Kimsasiz hovli», «Ov» kabi hikoyalari, «Soʼnggi bekat», «Qil koʼprik», «Olaboʼji» romanlarida bu koloritni aniq sezish mumkin. Toʼgʼri, Shukur Xolmirzaev dastlabki ijodiy qadamlaridanoq oʼzligini,uslubini topib olgani yoʼq. U tinimsiz izlanishlar, ijodiy anʼanalarni oʼzlashtirish jarayonida shunga erishdi. «Mana, oʼtmishu hozirgi zamon adabiyoti yozish usullaridan ozmi koʼpma oʼrganib, oʼz yoʼlimni topish ustida koʼp oʼylandim, - degan edi yozuvchi, - bu izlanish hatto nuqta, vergulni qaerga qoʼyish borasida ham boʼladi».
Bu uning, xususan, umri oxirlarida yaratgan asarlarida oʼzining yorqin ifodasini topdi. Yozuvchining «Hayot abadiy», «Kulgan bilan kuldirgan », «Ogʼir tosh koʼchsa», «Boychechak ochildi», «Choʼloq turna», «Qariya», «Ot egasi » kabi hikoyalarida katta ijtimoiy maʼnolar oʼz ifodasini topgan. Shukur Xolmirzaev hikoyalarini oʼqir ekanmiz, yozuvchi detallardan qay darajada foydalanganligiga guvoh boʼlamiz. Jumladan, uning “Bulut toʼsgan oy” hikoyasida ham buni yaqqol kuzatish mumkin. Bu hikoyada tabiat hodisalari detal vazifasini bajargan. Hikoyadagi yomgʼir, shamol asar qahramonlari boʼlgan Gulsara va Tavakkallarning ichki dunyosi, xarakterini ochib berishda muhim rol oʼynaydi.
Аdabiyotshunos olim Y.Solijonov oʼzining “Detallar tilga kirganda” maqolasida ushbu hikoyada tafsilotlar qanday rol oʼynaganligini, yozuvchining ulardan foydalanish mahoratini koʼrsatib beradi. Maqoladan quyidagi parchani keltirib oʼtaylik: “28 boʼlimdan iborat bu hikoyada yomgʼir, shamol va bulutlar ortidan chiqishga urinayotgan oy tasviri tez-tez takrorlanib turadi. Bular shunchaki peyzaj tasviri emas, balki pesonajlarning ichki dunyosi, xatti-harakati, kayfiyati bilan chanbarchas bogʼlanib ketgan obraz darajasiga koʼtariladi. Yomgʼir, shamol va oy qahramonlarning holati, oʼzaro munosabati, ruhiyatiga qarab oʼz shiddati hamda shakli-shamoyilini oʼzgartirib boradi. Ular restorandan chiqib, dachaga borishmoqchi boʼlganlarida ham “Yomgʼir hamon tinay demasdi. Shamol esa shashtidan tushganga oʼxshar,biroq turib-turib avj qilib qolar, shunda beixtiyor teskari qarab olardi kishi”. Gulsaraning koʼngli hamon alagʼda, shaxdam, keskir ritsarsifat bu yigitga ishonsa boʼladimi - yoʼqmi? Shu boisdan uning ichidagi yomgʼir hali-hamon tinay demasdi. Tavakkal esa bu ayol endi oʼziniki boʼlishiga ishonch hosil qilib boʼldi. Chunki oʼzining saxiyligini, uning uchun hech narsani ayamasligini koʼrsatib qoʼydi!” (Oʼzbek adabiy tanqidi antologiyasi. T., "Turon-Iqbol", 2011. 210-bet). 
Аnglashiladiki, yozuvchi qahramonlar niyati, ruhiyati, qiyofasini tasvirlashda detallar ham muhim rol oʼynashini isbotlashga muvaffaq boʼlgan.

Yüklə 469,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin