O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


IV-BOB  INSTITUTSIONALIZM METODOLOGIYASI



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/60
tarix16.03.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#88223
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
d380ad7beebecac402bf5ec519e0cd12 INSTITUTSIONAL NAZARIYALAR

IV-BOB 
INSTITUTSIONALIZM METODOLOGIYASI 
4.1. Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional 
tahlilda boshlang`ich nuqta masalasi. 
Hozirgi 
paytda 
neoinstitutsional 
yondashuvdan 
nafaqat 
iqtisodchilar va sotsiologlar, balki yuristlar va siyosatshunoslar ham 
foydalanmoqda. Bu ko`proq ham jahon xo`jalik tizimini, ham alohida 
olingan milliy iqtisodiyotni tadqiq etishga taaluqli, chunki fundamental 
tahlilni, hoh u iqtisodiy nazariya, siyosatshunoslik, sotsiologiya, huquq 
bo`lsin, bir fan doirasida olib borib bo`lmaydi.
Hozirgi bosqichda iqtisodiy imperializm iqtisodiy fanning deyarli 
barcha oqimlariga xos, biroq neoinstituttsionalizmda u yaqqol namoyon 
bo`ladi, bu boshqa metodologik asoslardan voz kechmagan va 
neoklassikaning ―qat`iy negizini‖ o`zgartirmagan holda jamiyat haqidagi 
boshqa fanlar – psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik fanlarining 
ishlanmalaridan foydalanish imkonini beradi, bu tahlil sohasini sezilarli 
darajada keng-ayttirib, uni boyitadi va aniqlikka yaqinlashtiradi. 
Neoinstitutsionalizm ikkita umumiy asosdan kelib chiqadi, 
birinchidan, ijtimoiy institutlar ahamiyatga ega, ikkinchidan ular 
neoklassik nazariya vositalari yordamida tadqiq etiladi. Ushbu ikki 
taraflama xususiyat neoinstitutsionalizmni ―eski‖ institutsionalizm va 
neoklassik nazariyadan ajratib turadi. Neoinstitutsionalizm neoklassik 
nazariyasidan insonning ko`paytiruvchi hatti-harakati va metodologik 
individualizm tamoyillarini meros qilib olgan holda o`tgan asrning 50-
60 yillarga kelib shakllandi.
Neoinstitutsionalizmning 
ayrim 
variantlarida 
o`yinlar 
nazariyasidan 
foydalaniladi. 
ayrim 
neoinstitutsionalistlar 
o`z 
tadqiqotlarida evolyutsion nazariya qoidalariga tayanadi. Biroq, ularning 
o`xshashligiga qaramay neinstitutsional va neoklassik yondashuvlarning 
metodologik xususiyatlarini belgilab beruvchi bir qator farqlarni ajratish 
mumkin.
Neinstitutsional nazariya ijtimoiy jarayonining real faoliyat 
ko`rsatuvchi ishtirokchilari sifatida guruhlar yoki tashkilotlarni emas, 
balki alohida individlarni o`rganadi. SHu tariqa tashkilotlar ichida 


41 
individlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlar turli tashkiliy 
tuzilmalarning mavjud bo`lishini izohlash uchun hal qiluvchi omil 
hisoblanib, neoinstitutsional nazariyani o`rganish ob`ekti sanaladi.
Ayni paytda neoklassik nazariyada firma ―qora quti‖ sifatida ko`rib 
chiqildi. Firmaning paydo bo`lishi masalalari ham neoklassiklar 
nazaridan chetda qoldi, ayni paytda neoinstitutsional yo`nalish 
vakillarining ko`plab ishlari, shu jumladan R.Kouz ishlarining [5, c. 
470] maqsadi ―firmaning mavjud bo`lishini izohlash va uning faoliyati 
ko`lamlarini belgilab beruvchi sabablarni qidirib topishdan iborat 
bo`ldi‖.
Ta`kidlash lozimki, metodologik individualizm bir 
qator 
jarayonlarni tadqiq etish uchun ancha jiddiy cheklovlarni belgilaydi. 
Masalan davlatni yagona, uyg`unlashgan tarzda faoliyat ko`rsatuvchi, 
bo`linmas organizm sifatida aniq tasavvur qilishga to`liq tayangan 
tadqiqotni amalga oshirish ancha muammoga aylandi; davlatning 
maqsadli funktsiyasini ko`paytirishga, individlar funktsiyalarining qismi 
(agregati) hisoblanmaydigan o`ziga xos ―ijtimoiy ne`mat funktsiyasi‖ga 
asoslangan yondashuvlardan foydalanish ham qiyindek tuyiladi. 
Ikkinchi tomondan, bunday asos tadqiqot natijasida olinadigan 
xulosalarning maliyot nuqtai-nazaridan ahamiyatini yanada oshiradi, 
chunki ular real ma`lumotlarga asoslanadi. Individlar va institutlarning 
o`zaro bog`liqligini tahlil etishda boshlang`ich nuqtaga nisbatan ikkita 
tamoyil mavjud.
Birinchi tamoyilda institutlar individlarning manfaatlari hamda 
hatti-harakatlari orqali tushuntiriladi va metodologik individualizm deb 
nomlanadi. YA`ni, individ institutlarni tahlil qilishda boshlang`ich nuqta 
hisoblanadi. Masalan, davlatni tavsiflashda uning fuqarolarining 
manfaatlari va o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqiladi.
Metodolik 
individualizmi 
tamoyilining 
davomi 
spontan 
evolyutsiya kontseptsiyasidir. Ushbu kontseptsiyaga ko`ra, institutlar 
insonlarning harakatlari natijasida paydo bo`ladi degan taxmin ilgari 
suriladi. YA`ni individlar birlamchi, institutlar esa ikkilamchi o`rin 
tutuvchi to`g`risidagi taxmin neoklassiklar qarashlarida aks etgan.


42 
Aksincha tahlil uchun boshlang`ich nuqta sifatida individlar emas, 
balki institutlar belgilanishi ikkinchi tamoyiliga asos bo`ladi. shu tariqa 
ikkinchi tamoyilida xolizm metodologiyasidan foydalaniladi. Boshqacha 
aytganda individlar institutlarning ta`rifidan kelib chiqib tavsiflanadi. 
Institutlar esa o`zlari makrodarajada munosabatlar tizimini takror ishlab 
chiqarishda bajariladigan funktsiyalar orqali izohlanadi.
Endi fuqarolar o`z hukumatini emas, balki hukumat ma`lum 
xildagi fuqarolarning shakllanishiga ko`maklashadi. So`ngra spontan 
evolyutsiya kontseptsiyasiga institutsional determinizm tezisi qarshi 
turadi va muhim barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Institutlar – 
o`tmishda sodir bo`lgan ―jarayonlar natijasi‖ bo`lib, ular o`tmish 
holatlariga moslashgan va shuning uchun ijtimoiy mo`rtlik, psixologik 
mo`rtlik omili hisoblanadi va barcha keyingi rivojlanish ―doiralarini‖ 
belgilab beradi. SHunday qilib, xolizmda individlarring manfaatlari va 
hatti-harakatlari ularning o`zaro hamkorligini oldindan belgilab beruvchi 
institutlarning tavsifi orqali tushuntiriladi, ya`ni institutlar birlamchi, 
individlar esa ikkilamchi o`rin tutadi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin