10-mavzu: Inson resurslarini boshqarishda yetakchilik.
Reja:
1. Yetakchilik nazariyasi asoslari.
2. Yetakchilik uslublari.
3. Zamonaviy rahbar sifatlari.
1. Yetakchilik nazariyasi asoslari.
Personalni boshqarishda yetakchilik muhim ahamiyatga ega. Iqtisodchi olimlar ta’rifiga ko’ra: “Etakchilik alohida shaxslar va insonlar guruhiga maqsadga erishish uchun ularni mehnat qilishga safarbar eta olish qobiliyatidir”.1
Sharqda, xususan O’zbekistonda yetakchilik, xalq yetakchisiga munosabat umumiy madaniyat, an’analar, qadriyatlardan kelib chiqadi. Eng avvalo, yetakchiga katta hurmat bilan munosabatda bo’linadi, uning jamiyat oldidagi o’rni, nufuzi, mas’uliyatiga katta baho beriladi. O’zbek xalq maqolida “O’n qushchiga bir boshchi” deyilishi ham shundan. Ko’hna va boy tariximiz millatning haqiqiy yetakchilarining mislsiz fidoyiliklari, xalqparvar va adolatparvarliklari, jasur va mardliklari, qatьiy irodalaridan guvohlik beradi. Buyuk Soqibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Spitamen va To’maris, Najmiddin Kubro kabi bu mo’’tabar nomlarni davom ettirish mumkin.
Bugungi kunda ham yetakchidan sharqona vazminlik, yuksak axloq va odob, shijoat va qat’iyat, odamlar boshini qovushtirish xislatlari qatori tashabbuskorlik va tadbirkorlik, mas’uliyatni o’z zimmasiga olish talab etiladi.
Boshqaruvda yetakchilikning quyidagi turlari farqlanadi:
Samarasiz yetakchilik. “Xo’jayin–tobe” shaklidagi munosabatlar asosiga qurilgan bo’lib, bunda yetakchi – “xo’jayin” hokimiyati mutlaqdir. Yetakchilikning bu turi tarixan quldorlik va feodal jamiyatlariga taalluqli bo’lgan.
Avtoritar boshqaruv. “Boshliq–bo’ysunuvchi xodim”, an’anaviy munosabatlar asosiga qurilgan bo’lib, bu usulda yetakchi–“boshliq” hokimiyati ma’muriy tizimni me’yoriy hujjatlar (nizom qarorlar, qoidalar, yo’riqnomalar, buyruqlar) orqali ta’minlaydi. Ushbu usul yetakchi tomonidan belgilab qo’yilgan maqsadlarga erishishda samarali hisoblanadi, chunki boshliqqa bo’ysunuvchi xodim amalda uning “chizgan chizig’idan chiqmaydi”, biroq bu holda xodimlarning ishlab chiqarishni boshqarishdagi ishtiroki juda past darajadadir.
Dostları ilə paylaş: |