O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 44,4 Kb.
səhifə1/9
tarix18.03.2023
ölçüsü44,4 Kb.
#88720
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Narmatova shкаралди Microsoft Word (10)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA ВА PSIXОLOGIYA FAKULTETI
“ PEDAGOGIKA ” KAFEDRASI
“Pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi ” fanidan
Jahon tarbiya kontsepstiyalar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish” mavzusida
KURS ISHI
Bajaradi: 2-OTM 4-kurs “402”guruh talabasi Narmatova.SH.M
Ilmiy rahbar: Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi Adizova.G.M


TOSHKENT-2023
MUNDARIJA
KIRISH.………………………………………………………………………….3
I BOB. JAHON TARBIYA KONTSEPSTIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR TIZIMINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. Jahon tarbiya konsepsiyalarining qiyosiy tahlili…………………………….6

    2. Jahon tarbiya kontsepstiyalar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish pedagogik muammo sifatida……………..15

Bob bo’yicha xulosa…………………………………………………………….17
II BOB. JAHON TARBIYA KONTSEPSTIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR TIZIMINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
2.1.Jahon tarbiya kontsepstiyalar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirishning imkoniyatlari va omillari …………………………….19
2.2. Mutafakkirlar asarlarida milliy qadriyatlar asosida o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish masalalarining yoritilishi……………………...23
Bob bo’yicha xulosa……………………………………………………………...27 Xulosa…………………….......…………………………………………….….....28
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…...…………………………………….....29

Режани бошқа тузиб чиқиш кк ўқувчиларда қадриятлар тизими шакллантирилмайди тўғриланг!




KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Jahon miqyosida so‘nggi davrlarda shaxs va uning ijtimoiylashuvi masalalari dolzarblik kasb etayotgan bo‘lib, shaxs ijtimoiylashuvining turli aspektlari sotsiologiya, jamiyatshunoslik, pedagogika, falsafa, psixologiya, madaniyatshunoslik, siyosiy fanlar tarkibida maxsus o‘rganilmoqda. Shaxs ijtimoiylashuvining ichki va tashqi omillari, ta'sir va aks ta'sir masalalari, ijtimoiylashuvda ma'naviy, axloqiy, diniy, ma'rifiy, madaniy qadriyatlar, ideallar, norma va talablar o‘rni, personalizatsiya va integratsiya, ijtimoiy hayot mezonlarini yangi avlodlarga o‘tkazishning pedagogik-psixologik asoslari katta qiziqish uyg‘otmoqda. Inson ijtimoiylashuvida uning mexanizmlari sifatida irsiyat, oila, maktab, an'analar, madaniy boyliklar, tarix, OAV, ijtimoiy tarmoqlar, milliylik va umumbashariylik mentaliteti kabilar o‘rganiladi. Yurtimizda ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, ta’limiy islohatlar yurt ravnaqi, xalq farovonligiga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab yoshlarni har tomonlama yetuk barkamol shaxs qilib tarbiyalashga bor imkoniyatlarini yo’naltrdi. Umuminsoniy qadriyatlar zamirida ilm - fan, texnika bugungi kunda talab drajasida rivojlanmoqda. Faqatgina uning imkoniyatlaridan samarali foydalanishda ongli yondashuv talab etiladi. O’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni ma’nan yetuk qilib tarbiyalashda ta’lim muassasalaridagi ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat muhim ko’rsatkich hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” va boshqa me'yoriy hujjatlarida ta'kidlaganidek, “Odamlar bilishi kerak, oila muqaddas biz uchun. Oilani saqlab qolmasak, biz o‘zligimizni yo‘qotamiz”. “Bugun zamon shiddat bilan o‘zgariyapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar hozirgi davrning talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. ... Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”. Binobarin, oilaviy tarbiya masalalariga ilmiy yondashish mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab bergan harakatlar strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning shart-sharoitlarini belgilab berish muhim vazifalar qatoridan o‘rin oladi.

Yüklə 44,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin