O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə1/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ABDURAHMONOV Q.X. ABDURAMANOV X.X.
DEMOGRAFIYA
O'zbekislon Respublikasi 01 iy va o'rla maxsus tu'lim vazirligi
tomonidan 5A340114 - "Mehnal iqtisodiyoti"
magistralura bosqichi talubalari uchun
o'quv qo'Uanma sifatida tavsiya etilgan
«NOSHIR» Toshkent - 2011
y/lK 31(075) BBK 60.7n»73 A15
60-7 Abdurahmonov, Qalandar Xo'jayevich: Demografiya: O'quv
Al~ qo'llanma 5A340114 - «Mehnat iqtisodiyoti» magistratiira mu-
taxassisligi talabalariga mo'ljallangan/Q.X.Abdurahmonov,
X.X.Abduramanov; O'zR Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi.
-T.: Noshir, 2011.296-b.
t. Abduramanov, Xamid Xudaybergenovich.
yRK 31(075) BBK 60.7flsi73
llshbu o'quv qo'llanmada demografiyaning fan sifatida shakllanishi, demografik jarayonlanii o'rganish manbalari, tug'ilish, o'lim, nikoh va qjralishning demografik mohiyati, aholining son va sifat xususiyatlari, aholining lakror barpo bo'lish qonuniyatlari, aholining jins, yosh. nikoh va oilaviy tarkibi, oilaning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati, aholi migratsiyasi, demografik prognozlas/Uirish va demografik siyosai masalalari yoritilgan.
O'quv qo'llanma 5A340109 - «Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti» magistratiira mutaxassisligi talabalariga mo'ljallangan.
Taqrizchilar:
Ubaydullaeva Ra'no Axatovna, O'zbekiston Rcspublikasi FA akademigi. iqtisod fanlari doktori, professor;
Ortiqova Dilorom Abdirahimovna, iqtisod fanlari doktori, professor
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Oliy o'quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan oliy o'quv yurtlarining iqtisodiy ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-353-46-6 © «Noshif nashriyoti, 2011 y.
KIRISH
O'zbekistonda iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bugungi kunda o'zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlami amalga oshirish, ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar asosida qayta jihozlash, aholi daromadlarining o'sishini ta'minlash, qulay investitsion muhitni shakllantirish, kichik biznes, xususiy tabirkorlik, xizmat ko'rsatish va servis sohasini barqaror rivojlantirishda sezilarli yutuqlar qo'lga kiritildi. Albatta, bunda mamlakat demografik rivojlanishining o'mi kattabo'lib, ijtimoiy manfaatlarga yo'naltirilgan iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishda aholi, uning o'sishi, joylashishi. demografik tarkibi kabi jihailarini bozor munosabatlariga o'tish davri nuqtai nazaridan o'rganish katta ahamiyatga ega. Chunki, aholi ham asosiy ishlab chiqaruvchi kuch, ham iste'molchi sifatida jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Respublikadagi barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllan-tirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar markazida demografik vaziyat turadi. Chunki, O'zbekistonda aholining o'sish sur*atlari ynqori hisoblanadi. So'nggi yillarda aholining tabiiy o'sishi birmuncha kamaygan bo'lishiga qaramay, u hali ham ayrim mamlakatlarga nisbatan olib qaraganda eng yuqori darajadadir.
Mazkur fan aholi to'g'risidagi ma'lumotiarni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish, aholining rivojlanish nazariyasini ishlab chiqish, demografik jarayonlar qonuniyatlarini nazariy asoslash va baholash, demografik siyosat va demografik prognozlash-tirishning nazariy asoslarini ishlab chiqishni o'z oldiga vazifa qilib qo'yadi.
Demografiya fani demografik jarayonlar hisoblanmish tug'ilish, oiim, nikoh va ajraiishni, aholining son va sifat xususiyatlarini aholining takror barpo bo'lish qonuniyatlarini, aholining jins
yosh, nikoh va oilaviy tarkibini, oilaning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyaiini, aholi migratsiyasini, demografik prognoz-lashtirish va demografik siyosatni o'rganadi.
O'quv qo'llanmaning har bir bo'limi nafaqat nazariyani, balki hozirgi holatning tahlilini ham o'z ichiga oladi. Bo'limlarning bunday tuzilishi nazariy bilimlarning mohiyatini va ma'nosini chuqur tushunishga hamda ulardan amaliyotda samarali foyda-lanishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu o'quv qo'llanma 5A340I09 — «AhoIishunoslik va mehnat iqtisodiyoti» magistratura mutaxassisligi magistrlari uchun mo'ljallangan «Demografiya» fanining namunaviy dasturiga asosan tayyorlangan.
Shuningdek, o'quv qo'llanmadan boshqa yo'nalish va mutaxassislikJarda ta'lim olayotgan talabalar ham foydalanishi mumkin.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin