Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#177566
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
o\'tkir pielonefrit



 
Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik 
yallig‘lanish kasalliklari 
Siydik–tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklaridan eng 
ko‘pini, barcha urologik kasalliklarning qariyb 2/3 qismini pielonefrit tashkil 
qiladi. Nospetsifik yallig‘lanish kasalliklariga yana pionefroz, paranefrit, qorin 
parda orti fibrozi (Ormond kasalligi), sistit, paratsistit, uretrit, prostatit, vezikulit, 
epididimit, orxit, balanit, balanopostit va kavernit kiradi. 
Pielonefrit.
Pielonefrit deganda buyrakning interstitsial to‘qimasi va 
kanalchalaridagi nospetsifik infeksiyali yallig‘lanish jarayoni tushunilib, bir 
vaqtning o‘zida yoki ketma–ket buyrak parenximasi va jomni zararlaydi. 
Kasallikning oxirgi bosqichlarida u qon tomirlarga va kalavalarga tarqaladi. 
SHunday qilib, pielonefrit interstitsial nefritning bakterial turidan iboratdir.
Avval mavjud bo‘lgan «pielit» atamasi hozirgi vaqtda, buyrakning yuqoriga 
ko‘tariluvchi yo‘l bilan infeksiyalanishida kasallikni boshlang‘ich davrining 
rivojlanishini belgilash uchun ishlatiladi, chunki birinchi bosqichda kosacha–jom 
tizimi zararlanadi. Lekin jomdagi yallig‘lanishga o‘xshagan xuddi shunday jarayon 
hamma vaqt parenximada birga sodir bo‘ladi va aksincha. SHuning bilan birga 
pielonefritda buyrak parenximasi yoki jomi ko‘proq zararlanishi mumkin (jom 
zararlanganda kasallik engilroq kechadi). 
Pielonefrit har qanday yoshdagi guruhlarda eng ko‘p uchraydigan 
buyraklar kasalligidir.
Pielonefrit bolalarda uchrashi bo‘yicha nafas a’zolari 
kasalliklaridan keyin 2–3 o‘rinni egallaydi. U davolanayotgan barcha bolalarning 
4–5% ni kasalxonaga yotqizilishiga sabab bo‘ladi. O‘tkir pielonefrit homilador 
ayollarning 3–5% da kuzatiladi. Pielonefrit ko‘pincha onalari homiladorlik paytida 
o‘tkir pielonefritni boshidan kechirgan bolalarda paydo bo‘ladi (10% hollarda). 
Katta yoshdagi odamlarning 100.000 nafarida 100 nafarda, bolalarning esa 480–
560 nafarida uchraydi. 
Patalogoanatomik statistik ma’lumotlar bo‘yicha vafot etganlarni yorib 
ko‘rilganda 8 – 20% da pielonefrit aniqlanadi. Lekin bu tashxis ularning hayotlik 


davrida faqat ¼ qismiga qo‘yiladi. 60 – 75% hollarda bu kasallik 30 – 40 yoshlarda, 
ayniqsa, ayollarda ko‘pincha defloratsiyadan keyin, homiladorlikda, tuqqandan 
keyingi davrida rivojlanadi. Bolalarda pielonefrit tashxislanishining avjiga chiqishi 
2 – 3 yoshgacha to‘g‘ri keladi. Pielonefritning uchrashi yosh kattalashishi bilan,
ayniqsa qizlarda o‘sib boradi. YOsh ayollar pielonefrit bilan erkaklarga qaraganda 
4 – 5 marta ko‘p kasallanadi. Bu ayollarda siydik chiqarish kanalining anatomik 
xususiyati bilan bog‘liq: u erkaklarnikiga qaraganda ancha kalta, qinga yaqin 
joylashgan, bu esa qovuqqa infeksiyaning yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l bilan
osonroq kirishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shuning uchun qizlarda asimptomatik 
bakteriuriya o‘g‘il bolalarga qaraganda 10 marta ko‘proq kuzatiladi. Qizlarda 
vulvovaginit siydik yo‘llari kasallanishining eng ko‘p sababi bo‘ladi. SHamollash 
yoki infeksion kasalliklarni boshdan kechirishi sababli bola organizmining himoya 
kuchi pasayganda asimptomatik bakteriuriya ham o‘tkir pielonefritga olib kelishi 
mumkin. Gormonal o‘zgarishlar va homilador bachadoni bilan siydik naylarining 
qisilishi natijasida siydik yo‘llarining tonusi pasayishi qo‘shilib kelganda
asimptomatik bakteriuriya 5–10% homiladorlarda o‘tkir pielonefrit yoki surunkali 
pielonefritning zo‘rayishi paydo bo‘lishi bilan asoratlanadi.
O‘spirin va o‘rta yoshdagi erkaklarda pielonefrit ko‘proq – siydik – tosh 
kasalligi, surunkali prostatit, siydik chiqarish kanalining torayishi, buyraklar va 
siydik yo‘llarining har xil anomaliyalari bilan bog‘liq. Keksa yoshdagi erkaklarda 
siydik yo‘llarida siydik oqimini qiyinlashtiruvchi prostata bezi xavfsiz 
giperplaziyasi (adenoma) borligi sababli pielonefrit ko‘p uchraydi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin