Tok zararkunandalari tok kanasi Eriophyes vitis Nal



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə1/15
tarix05.06.2022
ölçüsü42,32 Kb.
#60670
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5 6210799670982083854


4. TOK ZARARKUNANDALARI
Tok kanasi
Eriophyes vitis Nal.
Zarari. Bu kana ba’zan juda ko‘payib ketadi, tok barglarini so‘rib, uning novdasini ancha quvvatdan ketkazadi, natijada uzum hosili kamayadi va sifati pasayadi. Odatda bu hasharot kam bo‘lib, ikkinchi darajali ahamiyatga egadir.
Tarqalishi. Tok kanasi Markaziy Osiyo, Kavkazda, Ukrainaning janubiy viloyatlarida, O‘rta va Janubiy Yevropada, Yaqin Sharq mamlakatlarida, Kaliforniyada uchraydi.
Ta’rifi. Kana oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan darajada mayda (mikroskopik) bo‘lib, kattaligi 0,14-0,16 mm keladi; gavdasi cho‘ziq, uchida uzun qillari bor, oyog‘i ikki juft. Tokda kana borligi barglardagi yassi g‘uddalar shaklidagi gallarga qarab bilinadi, ular bargning orqa tomonini qoplab oladi, chuqurchalari yaltiroq parda bilan o‘ralgan bo‘ladi. Yangi hosil bo‘lgan gallarning ichki tomoni oq, kumush rangda, eskilarniki qo‘ng‘ir-zang tusdadir.
Hayot kechirishi. Kana tok kurtaklari yonida qishlab, ko‘klamda bu kurtaklar barg yozishi bilanoq unga o‘rmalab chiqadi. 1960 yil avgustda Venada bo‘lib o‘tgan XI Xalqaro entomologik kongressning qishloq xo‘jaligi entomologiyasi seksiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek (Xarpas va Bernshteyn), tok kanasining maxsus biologik turi ham bor ekan. U tokning barglariga emas, balki kurtaklariga yopishib, eng ahamiyatli birlamchi kurtaklarni nobud qiladi, shundan keyin ikkilamchi va uchlamchi kurtaklar rivojlanadi.
Qarovsiz qoldirilgan tokzorlarda, begona o‘tlar bosgan, ayniqsa yog‘ochga yoki ishkomga olinmay yerda qoldirilgan, yoki aymoqi tokda kana hammadan ko‘proq bo‘ladi. Yog‘ochga yoki ishkomga olingan tok kananing rivojlanishi uchun noqulaydir.
Kana uzumning Kavkaz va Yevropa navlariga qaraganda Osiyo navlariga ko‘proq zarar yetkazadi.
Tok kanasi yoz bo‘yi bir necha nasl beradi va o‘suv davrining oxirigacha barglarda turaveradi.
Kurash choralari. Tok kanasiga qarshi eng asosiy oldini olish chorasi-tokni yog‘ochga yoki ishkomga olishdir. Kanani yo‘qotish uchun tokka kolloid oltingugurtning ikki foizli suspenziyasi yoki 1° li ohak-oltingugurt qaynatmasi purkaladi (gektariga 1000 l hisobidan), shuningdek oltingugurt guli yoki mayda qilib tortilgan qalamcha oltingugurt (ishkomga olinmagan toklarning gektariga 15 kg va ishkomga olingan toklarning gektariga 30 kg hisobidan) changlanadi. Sof oltingugurt o‘rniga 1 va 2-sort oltingugurt konsentratlarini ishlatish mumkin, ayni vaqtda konsentratdagi oltingugurt miqdoriga qarab dozirovka oshiriladi.



Yüklə 42,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin