O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining vakolatlari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə66/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining vakolatlari.
109-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining, Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora- tadbirlar koʻradi;
2) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi;
3) muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;
4) oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
5) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
6) Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;
7) vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi;
8) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
10) qoʻmitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari rahbarlarini qonunchilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan maslahatlashuvlardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan ozod etadi;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkiblariga nomzodlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarini va rais oʻrinbosarlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
15) viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim shaʼni va qadr- qimmatiga dogʻ tushiradigan xatti- harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz qarori bilan lavozimidan ozod etishgahaqli;
16) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning hujjatlarini toʻxtatadi, bekor qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
17) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va eʼlon qiladi; qonunni oʻz eʼtirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qoʻyish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18) Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdigʻiga kiritadi;
19) alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashni koʻzlab, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi;

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin