O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatini amalga oshirishda huquq ijodkori sifatida namoyon boʻlishi



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə68/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatini amalga oshirishda huquq ijodkori sifatida namoyon boʻlishi
110-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti. Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilikni mustahkamlash, milliy huquq tizimini rivojlantirish, ayniqsa, Konstitutsiya va qonunlarni hayotga tatbiq qilish bilan bogʻliq faoliyati ushbu moddada oʻz aksini topgan.
Sharhlanayotgan modda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash prinsipini oʻzida ifodalar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatini amalga oshirishda huquq ijodkori sifatida namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari farmon, qaror va farmoyish shaklida chiqariladi. Ushbu hujjatlar davlat boshligʻi tomonidan Konstitutsiya va qonunlarga asosan qabul qilinganligi uchun ham umummajburiy ahamiyat kasb etadi va ularning butun mamlakat hududida birdek amal qilishi taʼminlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarining ijrosini taʼminlash tegishli davlat hokimiyati organlariga, mansabdor shaxslarga yuklatiladi.
Har bir organ oʻz vakolatlari doirasida, amaldagi konstitutsiya va qonun normalari asosida oʻzining huquqiy aktlarini chiqaradi. Davlat boshligʻi fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir. Shu nuqtai-nazardan, qonun normalari talabidan kelib chiqqan holda, ularning ijrosini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlar qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining normativ huquqiy hujjatlari uning vakolatlari doirasida qabul qilinadi hamda rasmiy manbalar orqali aholiga yetkaziladi.
111-modda. Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat amal qilishi davrida tarqatib yuborilishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat hokimiyati organlari faoliyatini Konstitutsiya va qonunlar talabi doirasida boʻlishligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi. Ushbu moddada qonun chiqaruvchi hokimiyat tarmogʻining faoliyatida uchrashi mumkin boʻlgan salbiy holatlar va ularning oqibatida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼlum bir chora-tadbirlar koʻrish vakolatlari mustahkamlangan. Zero, jamiyat hayotida siyosiy kurashlarning murosasiz koʻrinishi yuzaga kelmasligining hech qanday kafolati boʻlmaganidek, bunday holat yuz berganida davlat boshligʻi qanday chora koʻrishi mumkinligini belgilash maqsadga toʻla muvofiqdir. Xorijiy davlatlar konstitutsiyalarida ham davlat boshligʻi tomonidan parlamentni yoki uning palatalaridan birini tarqatib yuborish huquqi mustahkamlangan. Masalan: Italiyada Prezident hukumat talabi bilan parlamentning har ikki palatasini tarqatib yuborish huquqiga ega. Polshada faqat quyi palata tarqatilishi mumkin. Shuningdek, Ukraina, Vengriya, Chexiya, Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarda ham parlament turli asoslarga koʻra muddatidan oldin tarqatib yuborilishi nazarda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshligʻi sifatida davlat hokimiyati organlarini oʻzaro bahamjihat ishlashini taʼminlash barobarida, har bir hokimiyat tarmogʻi tizimining ham samarali faoliyat yuritishiga oid masʼuliyat egasi hisoblanadi. Ayniqsa, davlatning qonun chiqaruvchi hokimiyatini amalga oshiruvchi Oliy Majlis palatalarining normal faoliyat yuritishi davlat mexanizmining bir maromda ishlashi uchun xizmat qiladi. Ular faoliyati bilan bogʻliq salbiy holatlarning yuzaga kelishini oldini olish mamlakat boshligʻi zimmasidagi burchdir. Davlat boshligʻi, birinchidan, qonunchilik palatasida yuzaga kelgan ixtiloflar; ikkinchidan, senat tarkibida yuzaga kelgan ixtiloflar; uchinchidan, ikki palata oʻrtasida yuzaga kelgan ixtiloflar qonunchilik hokimiyati - Oliy Majlis oldida turgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarishiga imkon bermasa hamda ushbu ixtiloflarning oldini olish imkoniyati topilmasa, toʻrtinchidan, Oliy Majlis palatalari bir necha bor Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilinganida Oliy Majlis palatalaridan birini yoki har ikkisini ham tarqatib yuborishi mumkin. Buning uchun Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qaror qabul qilishi lozim. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaviy sudning Oliy Majlis palatalarining qabul qilgan qarorlari respublika Konstitutsiyasiga zid deb topilishi yuzasidan bergan xulosasiga yoki ular tarkibida yuzaga kelgan ixtiloflarni bartaraf etishning iloji yoʻq, degan toʻxtamiga asoslanib chora koʻradi.
Davlat boshqaruvida Prezident yetakchilik qiladigan tizim joriy etilgan mamlakatlarda davlat boshligʻi oʻz tashabbusi bilan qonunchilik hokimiyatini yoxud uning birorta palatasini tarqatib yuborishi mumkin emas, shuning uchun ham ushbu qoidaning milliy qonunchiligimizdagi aksi oʻziga xos huquqiy pretsedent hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Oliy Majlisni yoxud uning palatalaridan birini faqat Konstitutsiyaviy sud bilan maslahatlashgan holda tarqatib yuborishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, Oliy Majlisning biror palatasi yoxud har ikki palatasi ham tarqatib yuborilgan taqdirda, yangi saylov uch oy mobaynida tegishincha palata yoki palatalar tarkibini saylash uchun oʻtkazilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senat favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas, chunki favqulodda holatning joriy etilishi bejiz boʻlmaydi, albatta. Aksincha, mamlakat, davlat va xalq oldidagi real xavf yoki muammoning mavjudligi, davlat hokimiyati organlarining yanada jipslashuvini talab qiladi.
112-modda. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti oʻz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida qonunga toʻliq muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkaziladi.
Sharhlanayotgan ushbu modda davlat hokimiyati faoliyatida uzluksizlikni taʼminlash tamoyili talabini oʻzida ifodalab, davlat organlari vakolatini oʻz vaqtida amalga oshirish shartligi nuqtai-nazaridan kelib chiqib, konstitutsiya darajasida davlat boshligʻining oʻz vazifasini betobligi sababli bajara olmay qolganida, bunday holatda vujudga kelish ehtimoli boʻlgan muammolarni bartaraf etish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining betobligi, avvalambor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻshma qaroriga koʻra tuzilgan Davlat tibbiy komissiyasi xulosasi bilan tasdiqlanishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yengil kasalliklarga chalinishi Davlat tibbiy komissiyasini tuzishga asos boʻlmaydi. Davlat tibbiy komissiyasi mazmunan davlat boshligʻining betobligi unga oʻz vakolatlarini amalga oshirishga imkon bermaydi, deb xulosa bergan taqdirda, Oliy Majlis palatalarining favqulodda qoʻshma yigʻilishini oʻtkazish talab etiladi. Ushbu yigʻilish oʻn kunlik muddat ichida oʻtkazilib, har ikki palata aʼzolari, yaʼni deputatlar hamda senatorlar orasidan uch oygacha boʻlgan muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi.
Ushbu qoida demokratik talablar, dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan tamoyillarga toʻla muvofiqdir. Chunki xalq tomonidan saylangan deputatlardan, senatorlardan, yaʼni xalq vakillari ichidan vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchining saylanishi davlat hokimiyatining birdan-bir manbai xalq degan qoidaning yorqin ifodasidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga oʻtkaziladigan umumxalq saylovini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanganidan soʻng, uch oylik muddat ichida oʻtkazish shartligi bejiz mustahkamlanmagan. Bunday holatda bevosita saylovchilar tomonidan Prezidentning saylanishi tamoyili talabidan kelib chiqib, qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga umumxalq saylovi oʻtkazilishi nazarda tutilgan.
Ushbu moddada belgilangan holat xorijiy mamlakatlarning milliy qonunchiligida qanday aks etganini quyidagi misollarda koʻrishimiz mumkin. Masalan, AQSHda davlat boshligʻining oʻz vazifasini amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, uning vazifasi AQSH vitse-prezidenti tomonidan, uning vakolat muddati tugaguniga qadar amalga oshiriladi.
Fransiyada respublika prezidenti vazifasini vaqtincha bajarish parlamentning yuqori palatasi - Senat raisiga yuklatilgan.
Bunday holat, yaʼni aniq bir mansabdor shaxs yoki organga davlat boshligʻi vazifasini bajarish imkoniyatining qonunda nazarda tutilishi bunday imkoniyatni ular tarafidan qoʻlga kiritishga xarakat boʻlmasligi kafolatini bermaydi.
Shuning uchun ham milliy qonunchiligimizda davlat boshligʻi vazifasini vaqtincha bajarish yuzasidan belgilangan qoida konstitutsiyaviy tuzumning barqarorligini taʼminlaydi.
Xorijiy mamlakatlarda prezidentning betobligi tufayli oʻz lavozimidan ozod etilishiga misol qilib, 2000-yilda isteʼfoga chiqqan Xorvatiya hamda Peru davlat rahbarlarini keltirish mumkin.
113-modda. Vakolati tugashi munosabati bilan isteʼfoga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti umrbod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi lavozimini egallaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati tugashi bilan bogʻliq boʻlgan ushbu moddadagi qoida, avvalo, davlat va jamiyat aʼzolarining manfaati nuqtai-nazaridan kelib chiqqan holda mustahkamlangan. Chunki davlat boshligʻi vazifasini bajarib kelgan shaxs davlat va jamiyat boshqaruvida katta tajriba toʻplaydi. Uning siyosat, iqtisod hamda ijtimoiy hayotning barcha soha yoʻnalishlariga tegishli bilimi, mamlakat taqdiri boʻyicha oʻta masʼuliyatli faoliyat tajribasi isteʼfoga chiqqanidan soʻng ham davlat va xalq manfaatlariga xizmat qilishi lozim. Bundan tashqari, ushbu qoidaning mohiyatidan, davlat va jamiyat boshqaruvini maʼlum muddat amalga oshirgan shaxsga hurmat va ehtirom koʻrsatilayotganligini ham anglash mumkin.
Muayyan vaqt davlat boshligʻi vakolatiga ega boʻlgan shaxsda senat aʼzosi boʻlish va umrbod ushbu lavozimda qolish huquqining mavjudligi, sobiq prezidentning shaxsiy daxlsizligiga kafolat sifatida ham namoyon boʻladi.
Eng asosiysi, isteʼfoga chiqqan sobiq davlat boshligʻining davlat organlari tizimida oʻz oʻrniga ega boʻlgan, vakolatining mazmuniga koʻra ham asosiy vazifasi davlat boshqaruvi sohasiga tegishli boʻlgan organ - Senatdan oʻrin olishi jamiyat barqarorligini yanada mustahkamlaydi.



Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin