Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111330
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Boboqulova Sh pdf




Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 
14-12BT-20 guruh talabasi 
_______________________________________________ 
“BOSHLANG‟ICH SINF O‟QUVCHILARIDA 
GRAMMATIKA OID TUSHUNCHALARNI 
SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSI”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
Bajardi: _____________. 
Ilmiy rahbar: _______________. 



M U N D A R I J A 
Kirish ……………………………………………………………………………3 
 I.BOB.Grammatik tushunchalarning mohiyati………………………….……5 
1.1. Grammatik tushunchalarni o„zlashtirishdagi qiyinchiliklar…………….5 
 1.2. Tushunchani o„zlashtirish ustida ishlash jarayoni…………………………..11 
 II BOB.
Grammatik tushunchalarning samarali o„zlashishini ta‟minlaydigan
metodik shartlar………………………………………………………………16
 
2.1. 
Boshlangʻich 
sinf oʻquvchilarining grammatikaga oid tushun-chalarini 
shakllantirishda ta‟limiy o„yinlardan foydalanish metodikasi………………………..16
2.2.Grammatik va so„z yasalishiga oid mashqlar………………………………...27 
XULOSA……………………………………………………………………….35 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati……………………………………………37 



K I R I S H 
Mavzuning dolzarbligi. “Ta‟lim to‟g‟risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturida ko‟rsatilganidek yosh avlodni jismonan sog‟lom, ma‟naviy yetuk, 
yuksak ma‟naviyatli barkamol avlod etib tarbiyalashda barcha ta‟lim sohalari kabi 
ona tili va boshlang‟ich ta‟limning ham muhim ahamiyati bor. Chunki 
o‟quvchilarning ma‟naviy kamol topishi ana shu davrdan e‟tiboran shakllanadi. 
Shunday ekan, o‟quvchilar tafakkurini shakllantirishda ta‟lim va tarbiyaning o‟rni 
muhimdir. 
Ma‟lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‟lmish ilmu-ma‟rifat, 
ta‟lim va tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi 
deb bilgan” - deganida ham ta‟lim va tarbiyaning inson ma‟naviyatidagi o‟rniga 
to‟xtalgan desak mubolag‟a bo‟lmaydi. Ayniqsa, umumta‟lim maktablari 
o‟quvchilarining ma‟naviyat kamolotini o‟stirish, ularni mustaqil fikrlashga 
o‟rgatishda, nutq o‟stirish va noannanaviy dars o‟tishning o‟rni beqiyosdir. Badiiy 
asarlarni, she‟riyatni, hikoya, roman va maqolalarni hamda matnlardagi so‟zlarni 
tahlil qilish, shu asosda matndagi so‟zlarning o‟z o‟rnida qo‟llanishini aniqlash va 
belgilab borish o‟qituvchidan katta bilim va salohiyatni talab etadi. Ishni tahlil 
qilish jarayonida biz darsliklardagi, badiiy asarlardagi, gazeta va jurnallardagi 
hamda she‟riyatdagi matnlarni tahlil qilib, ularga ma‟no va mazmun bag‟ishlagan 
narsa so‟zlar ekanligini ko‟rsatishga harakat qildik. Biz ko‟pgina misollarda 
so‟zlardan va interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalardan foydalanishni 
ham nazariy ham amaliy jihatdan yoritdik. Chunki har bir inson, ayniqsa, talaba va 
o‟quvchilar shaxsning ismini, predmetning nomini (ot so‟z turkumi orqali), rangini 
va sifatini (sifat so‟z turkumi), sonini va sanog‟ini (son so‟z turkumi orqali), 
harakarini va holatini (fe‟l so‟z turkumi orqali) aniqlaydi. Shuningdek, gapda 
ravish, olmosh hamda yordamchi so‟z turkumlarining o‟z va muhim o‟rni bor. 
Bular esa nutq o‟stirishda bevosita ishtirok etadi. Bu esa ishimizning dolzarbligini 
belgilaydi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin